Allotropiya (yun. allos – boshqa va tropos – burilish, yo‘nalish) – kimyo-viy elementning tuzilishi va xossalari turlicha bo‘lgan ikki yoki undan ortiq od-diy modda holida mavjud bo‘la olishi. Bu allotropik modifikatsiya deb ataladi. Masalan, uglerod tabiatda olmos, grafit yoki ko‘mir holida uchraydi. Umuman hozir ma’lum bo‘lgan kimyoviy elementlar soni yuzdan ortiq, bularning allotropik shakl o‘zgarishlari bo‘lgan oddiy moddalar soni esa 400 ga yetadi. A. hodisasiga modda molekulasidagi atomlar soni (masalan, O2 – kislorod, O3 – ozon) yoki moddaning kristall panjarasi turlicha bo‘lishi sabab bo‘ladi (masalan, oq va kulrang qalay).
Xulosa
"Modda miqdori" so‘zidagi "modda" so‘zini, ishlatishda qulay bo‘lishi uchun, ta'kidlanayotgan moddaning maxsus nomlar bilan almashtirib, masalan Vodorod xlorid HCl miqdori, yoki Benzol C6H6 miqdori kabi tarzida qo‘llanilishi mumkin. Nazarda tutilayotgan moddaning empirik kimyoviy formulasi keltirish orqali, struktur elementni alohida ta'kidlab aytish muhim (Mol ta'rifning ikkinchi qismida aytilganidek). Garchi "miqdori" so‘zining asosiy lug‘aviy ma'nosi ancha keng bo‘lsa ham, uni "modda miqdori" so‘zining qisqartirilgan shakli sifatida qo‘llashga ruxsat etiladi. Bu qoida shuningdek, "modda konsentratsiyaning miqdori" kabi, keltirib chiqarilgan miqdorlar uchun ham tegishli bo‘lib, uni ham, shunchaki "konsentratsiya miqdori" sifatida qo‘llash mumkin.
Adabiyotlar:
1. Raximov X.R. Anorganik kimyo. II nashr. T. “o‘qituvchi”. 1984.
2. Axmerov K.M., Jalilov A., Ismoilov A. Umumiy va anorganik kimyo. T. “o‘qituvchi. 1988.
3. Axmetov N.S. Anorganik kimyo. Vыsshaya shkola. 1975.
Do'stlaringiz bilan baham: |