Molekula, atom va kimyoviy element


Download 57.37 Kb.
bet1/6
Sana08.01.2022
Hajmi57.37 Kb.
#242292
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
2- Маъруза. Атом ва модда тузилиши. Даврий қонун.


Molekula, atom va kimyoviy element
Molekula va atomlar haqidagi tasavvurlarning shakllanishi mashhur ingliz kimyogari R.Boyl (1627 – 1691 y), rus olimi M.V.Lomonosov (1711 – 1765 y), ingliz kimyogarlari J. Dalton (1776 – 1844 y) va J.Pristli (1733 – 1804 y), italyan olimi A.Avagadro (1776 – 1856 y) nomlari bilan bog’liq. Ular kimyo tarixida birinchi bor molekula va atomlarning moddiy zarrachalar sifatida mavjudligini, ularning tabiati va xilma – xillik sabablarini tajriba yo’li bilan isbotlab berdilar.

Atom yadrosi – atomning markaziy qismi bo’lib, u atomning asosiy massasini tashkil etuvchi protonlardan (Z) va neytronlardan (N) tashkil topgan.

Yadro zaryadi – musbat bo’lib, kattalik jihatdan yadrodagi protonlar soniga yoki neytral atomdagi elektronlar soniga teng va elementning davriy sistemadagi tartib raqami bilan tengdir. Atom yadrosidagi protonlar va neytronlar yig’indisi massa soni deyiladi A = Z + N.

Kimyoviy formula - modda tarkibini kimyoviy belgilar (1814 yilda Y.Berselius taklif etgan) va indekslar (indeks – simvol o’ng tomondan pastdagi turgan son bo’lib molekuladagi tegishli atomlar sonini ko’rsatadi) yordamida shartli ifodalashdir. Kimyoviy formula molekulada qanday kimyovit elementlar atomlari va qanday nisbatlarda o’zaro birikkanligini ko’rsatadi.

Atrofimizda mavjud bo’lgan moddalar va ulardan tashkil topgan jismlar nima uchun xilma – xil? Ular xossalar jihatdan bir – biridan farq qilishi-ning sababi nimada? Nima uchun bir xil moddalarning kimyoviy o’zgarishi uchun bir xil, boshqa xil moddalarning shunday o’zgarishi uchun boshqa xil sharoit kerak? Bu savollarga moddaning tarkibini bilmasdan javob berish qiyin.

Qattiq muzning suyuq suvga aylanishi, suyuq suvning isiganida bug’lanishi, suv bug’i yozning issiq kunlarida ko’zga ko’rinmasligi, kuz paytida daryolar, ko’llar va zovurlar suvi ustida bug’, tuman paydo bo’lishi va boshqa omillar suvning ko’zga ko’rinmaydigan juda mayda zarrachalar – molekulalardan tashkil topganligi haqida dalolat beradi.

1 – mashq. Qoramtir – pushti rangli kaliy permanganat tuzi kristallari suvda eritilib tomoqni chayqash, yaralarni yuvish uchun qo’llanishini bilamiz. Demak, bu qattiq modda suvda eritilganda uning zarrachalari (molekulalari) butun eritma hajmiga tarqalib, uni pushti rangga bo’yaydi. Shu eritmani sekin bug’latib, qaytadan qattiq modda olish mumkin. Tuz eriganda uning molekulasi boshqa modda molekulasiga aylanmaydi.

Bunday tajribani osh tuzi va shakar bilan ham o’tkazish mumkin. Xulosa qilib aytganda: Moddaning xossalarini o’zida saqlaydigan uning eng mayda zarrachasi molekula deyiladi. Fizikaviy hodisalar paytida modda molekulasi o’z xossalarini saqlab qoladi, chunki u boshqa moddaga aylanmaydi.

Atom tushunchasini izohlash uchun oddiy bir suv parchalanishini misol olsak bo’ladi.


Download 57.37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling