2– mashq. Suv molekulasi elektr toki ta’sirida parchalanganda dastlab kislorod va vodorod atomlari hosil bo’ladi. Ammo hosil bo’lgan ikkita bir xil atomlar darhol o’zaro birikib, vodorod bilan kislorod molekulalarini hosil qiladi. Kislorod bilan vodorod atomlari kimyoviy reaksiyalar paytida o’zidan kichikroq zarrachalarga bo’linmaydi.
Atom – moddalarning kimyoviy jihatdan bo’linmaydigan va barcha kimyoviy xossalarini o’zida saqlaydigan kimyoviy elementning eng mayda zarrachasidir.
Shunday qilib, atomlar kimyoviy reaksiyalar paytida boshqa atomga aylanmaydi. Yadro reaksiyalari deb nomlangan reaksiyalar paytida esa bir xil atom boshqa xil atomga aylanishi mumkin.
Shuningdek ingliz kimyogari Robert Boyl fanga birinchi bor “Kimyoviy element” tushunchasini kiritdi. R.Boylning fikriga ko’ra kimyoviy element moddaning shunday tarkibiy qismiki, uni kimyoviy reaksiyalar paytida yana ham kichikroq oddiy moddalarga parchalab bo’lmaydi.
Keyinchalik boshqa ingliz olimi J.Dalton kimyoviy element atomlarning ma’lum bir turi, bir element atomlari bir xil bo’ladi, har xil elementlarining atomlari massasi jiharidan bir-biridan farq qiladi. Degan xulosalarni aytdi. Shu tariqa u kimyoviy element haqidagi tushunchalarni atom-molekulyar ta’limot bilan uyg’unlashtirdi.
Kimyoviy element haqidagi yana ham oydinlashtirish uchun misollarga murojaat etamiz.
3 – mashq. Tadqiqotlar 12 g uglerodda 6,02∙1023 dona uglerod atomi borligini ko’rsatdi. Uning har bir atomi yadrosida 6 ta proton bo’lib, ular atomning yadro zaryadini ifodalaydi.
Uglerod atomlarining hammasida yadro zaryadi bir xil bo’ladi. Shunga asoslanib kimyoviy elementga qiyidagicha ta’rif berish mumkin:
Yadro zaryadlari bir xil bo’lgan atomlarning muayyan turi kimyo viy element deyiladi.
Hozirgi kunda yadro zaryadlari bir xil bo’lgan elementlarning 110 turi ma’lum bo’lib, ulardan yaxshi o’rganilgan 105 tasi jadvalga kiritilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |