4 - masala. Natriy atomining o’rtacha mutlaq (absolyut) masasini hisoblang.
Yechish. m (Na) = 22,990 • 1,66057 • 10-24 = 38,177 • 10-24 g.
Masalalar
-
Quyida keltirilgan nomlardan fizik jismlarning va kimyoviy moddalarning nomlarini ikkita ustunga alohida-alohida yozing: koptok, oltin, plastmassa, mix, mis, stakan, rezina, bo’r.
-
Quyidagilardan: a) shishadan; b) alyuminiydan; v) rezinadan; g) po’latdan tayyorlangan buyumlarga misollar keltiring.
-
Agar osh tuzi bilan shakar hovonchaga solib alohida – alohida qo’yilsa, ikkala modda tashqi ko’rinishidan bir – biriga juda o’xshash bo’ladi. Ularni qanday xossalariga ko’ra bir–biridan farqlash mumkin? (Moddalarni totib ko’rish yaramaydi!)
-
Po’lat, cho’yan va temirni qanday xossalariga ko’ra bir – biridan farqlash mumkin? Ulardan qanday buyumlar tayyorlanadi?
-
Osh tuzi, ichimlik soda va tish poroshogi qaysi jihatdan o’xshash va xossalari bir – biridan qanday farq qiladi?
-
Quyida ko’rsatilgan moddalar orasida kimyoviy toza (individual) moddalar bormi: a) namdan va changdan tozalangan havo;
b) filtrlangan daryo suvi; v)gazli suv? Javobingizni izohlab bering.
-
Quyida ko’rsatilgan moddalardan qaysilari aralashmalar, qaysilari esa toza moddalar: a) granit; b) shakar; v) osh tuzi; g) distillangan suv?
-
Kukun qilib tuyilgan quyidagi aralashmalarni qanday qilib tarkibiy qismlarga ajratish mumkin: a) bo’r va osh tuzi; b) qum, shakar va ko’mir?
-
Uchta moddaning: mis qirindilari, qipiq va temir qirindisidan iborat aralashmani tarkibiy qismlarga ajratish rejasini tuzing.
-
5 g biror kukun qaynayotgan suvning kichik hajmida eritildi. Sovitilganda eritmadan 3 g kristall tushdi. Ular fitrlab olindi va yana shuncha hajmdagi qaynayotgan suvda eritildi; shundan keyin sovitilganda 2,9 g kristall tushdi. Dastlabki kukun toza modda bo’lganmi yoki aralashmami?
-
20 sm3 vodorod bilan 10 sm3 toza kislorodni aralashmasi portlatilganda 3 sm3 hajmda gaz qoldig’i qoldi. Vodorod toza bo’lganmi? Javobingizni izohlang.
-
Tarkibida oltingugurt, temir kuporosi, mis (II) oksidi va temir qi-rindilari bor sun’iy aralashmadan individual moddalarni qanday ajratib olish mumkin? Javobingizni izohlab bering.
-
Ham atom, ham molekula deb atash mumkin bo’lgan zarrachalarga misollar keltiring. Bu hollarda “molekula” degan tushuncha bilan “atom” degan tushuncha bir – biriga nima uchun mos keladi?
-
Tabiatda qaysi elementlar ko’proq ma’lum: metallarmi yoki metalmaslarmi? 109 ta elementdan taxminan qanchasi metallar va qanchasi metalmaslarga kiradi?
-
Metalni metalmasdan qaysi alomatlariga va xossalariga ko’ra farqlash mumkin? Ular orasida keskin chegara (farq) bormi?
-
Ma’lumotnomalarda 100 g tuxum sarig’ida 8,6 mg temir bo’ladi de-yilgan. Bu yerda “temir” deganda oddiy moddani tushunish kerakmi yoki kimyoviy elementnimi?
-
Simob (II) oksid murakkab modda ekanligini qanday isbotlash mumkin? U qaysi elementlarning atomlaridan tarkib topgan?
-
Qaysi jumlada oddiy modda sifatidagi kislorod haqida gap boradi: a) baliq suv tarkibidagi kislorod bilan nafas oladi; b) kislorod ko’pchilik minerallar tarkibiga kiradi?
-
Tarkibida kislorod bo’lishiga qaramay, qaynagan suvda baliq nima uchun nafas ololmaydi?
-
Quyidagi modalardan qaysilari oddiy va qaysilari murakkab: tuz, suv, bo’r, oltingugurt, shakar, grafit, malaxit?
-
Bo’r qizdirilganda so’ndirilmagan ohak bilan karbonat angidridga ajraladi. Bo’r qanday kimyoviy elementlardan tarkib topgan?
-
Bir modda kislorodda yondirilganda karbonat angidrid, azot va zuv hosil bo’ladi. Bu shu modda tarkibida qanday kimyoviy elementlar borligidan dalolat beradi?
-
Bitta oddiy moddadan boshqa oddiy modda hosil qilish mumkinmi? Yangi modda hosil bo’lganligining isboti sifatida qanday misollar keltirish mumkin?
-
Quyidagi ko’rsatilgan moddalardan qaysilari oddiy va qaysilari murakkab moddalar: apatit, olmos, soda, kvars, ohak, temir, uran, kislorod, benzol, marmar, yoqut, parafin, polietilen.
-
Bitta murakkab moddadan sifat va miqdoriy tarkibi xuddi shunday boshqa murakkab hosil qilish mumkinmi?
-
Alkimyogarlar o’rta asrlarda bitta elemntni boshqa elementga, masalan, misni oltinga, simobni esa kumushga aylantirish uchun behuda uringan edilar. Bitta kimyoviy elementning boshqa kimyoviy elementga aylanishini bilasizmi?
-
Quyidagilarning qaysi birining massasi katta: a) uglerod atominikimi yoki suv molekulasinikimil; b) suv molekulasinikimi yoki magniy ato- minikimi; v) yod atominikimi yoki kislorod molekulasinikimi?
-
Azot molekulasining massasi krypton atomining massasidan necha marta kichik?
-
Argon atomining massasi vodorod molekulasi massasidan necha marta katta?
-
Quyidagi moddalarning nisbiy molekulyar massalarini hisoblab to-ping: a) karbonat angidrid; b) sulfat kislota; v) ichimlik soda; g) sirka kislota.
-
Uglerod vodorod bilan reaksiyaga kirishganda nisbiy molekulyar massasi kislorodning nisbiy atom massasiga teng bo’lgan birikma hosil qiladi. Shu birikmaning formulasini yozing.
-
Yer qobig’ida kislorod, kremniy, aluminiy va kalsiyning miqdori massa jihatidan tegishlicha 47,00 %, 29,50 %, 8,05 % va 2,96 % ga teng. Keltirilgan ma’lumotlarga asoslanib, bu elementlarni ularning hissasiga to’g’ri keladigan atomlar soniga qarab bir qatorga joylashtiring.
-
Nisbiy molekulyar massalari ikkita birikmaning nisbiy molekulyar massalarining yig’indisidan iborat bo’lgan sizga ma’lum moddalarning nomini ayting.
-
Azot bilan uglerodning nisbiy molekulyar massalari bir xil bo’lgan oksidlarining formulasini yozing.
-
0,5 mol uglerodda taxminan nechta atom bo’ladi?
-
0,25 mol temir nehcta atomga to’g’ri keladi?
-
2 mol misda nechta atom bo’lsihini hisoblab toping.
-
Suv molekulalarining 10 mol moddaga to’g’ri keladigan sonini aniqlang.
-
Moddaning miqdori 1,5 mol bo’lishi uchun karbonat angidrid CO2 molekulalaridan taxminan nechta olish kerak?
-
Quyidagilarning qaysi birida moddaning massasi ko’p: a)1 mol alyuminiy atomlari; b) 1 mol temir atomlari; v) 1 mol simob atomlari?
-
4 mol uglerod atomlariga to’g’ri keladigan modda massasini hisoblab toping.
-
0,5 mol suv molekulalarining massasi qanchaga teng?
-
Karbonat angidrid molekulalarining 1 molida taxminan nechta atom bo’ladi?
-
Quyidagilarning qaysi birida moddaning massasi ko’p: a) 3 mol uglerod atomlari; b) 2,5 mol suv molekulalari; v) 2 mol karbonat angidrid molekulalari; g) 0,5 mol simob atomlari?
Do'stlaringiz bilan baham: |