Молекулалар реакцион +обилиятларининг кимёвий тузиллишларига бо/ЛИ+лиги


MOLEKULALAR REAKSION QOBILIYAТLARINING KIMYOVIY ТUZILISHLARIGA BOG‘LIQLIGI


Download 480.5 Kb.
bet2/11
Sana26.01.2023
Hajmi480.5 Kb.
#1126650
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
okk

MOLEKULALAR REAKSION QOBILIYAТLARINING KIMYOVIY ТUZILISHLARIGA BOG‘LIQLIGI


1. Organik birikmalarning reaksion qobiliyatlari haqida tushuncha.
2. Organik reaksiyalarning klassifikatsiyasi.
3. Organik birikmalarning tuzilishi va reaksion qobiliyatlari orasida bog‘lanish.

Organik birikmalarning o‘zgarishlarini, ularning reaksiyalarini o‘rganish organik kimyoning muhim tarkibiy qismlaridan hisoblanadi. Kimyoviy reaksiyalar mohiyatan reaksion sistemada elektron zichligining qayta taqsimlanishi jarayonidan iborat. Natijada, ba’zi kimyoviy bog‘lar yo‘qoladi (uziladi) va yangilari hosil bo‘ladi. Bu jarayonni reaksiyaning elementar akti deb ataladi. Bog‘ uzilayotgan va hosil bo‘layotgan atom reaksion markaz deb ataladi. Elektronodonor yoki elektronoakseptor xarakteri kuchliroq bo‘lgan atomlarda reaksiya vaqtida musbat yoki manfiy samarador zarralar hosil qilib, ular reaksion markazlarni tashkil etadi. Reaksiyaning elementar aktlari, reaksion markazlar, dastlabki va oxirgi mahsulotlar ko‘rsatilgan sxema reaksiya mexanizmi deb ataladi. Aniqroq qilib aytganda, reagentlardan reaksiya mahsulotlarigacha olib boruvchi, oraliq holat va oraliq moddalar tarkibi, tuzilishi va boshqa hossalari haqida imkon boricha to‘laroq ma’lumotlarni hamda zarrachalarning bosqichma -bosqich o‘zgarishida elektronlar siljishiga doir taxminlarni o‘z ichiga oluvchi yo‘lni to‘la tasvirlanishiga reaksiya mexanizmi deb ataladi.


Reaksiyalarning klassifikatsiyasi kimyoviy o‘zgarishlar xarakteri va dastlabki molekulada bog‘ uzilishi usuliga qarab olib boriladi.
Kimyoviy o‘zarishlar xarakteriga ko‘ra:
1. Bir elektronli o‘tish (bir elektronli oksidlanish-qaytarilish): D:  AD A-
2. Dissotsiatsiya va rekombinatsiya: A-V  AV;
3. O‘rin olishi: R-X  A  R-A  X
4. Ajralish: B-Y-R-A  YR  B-A
5. Birikish: YR  B-A  B-Y-R-A
6. Siklobirikish:

7. Izomerlanish va qayta gruppalanish (qo‘sh bog‘ siljishi, atom va gruppalar migratsiyasi, sikl yopilishi va b. q. )

1)-tipdan boshqasida kimyoviy bog‘ uziladi yoki hosil bo‘ladi.
1)-, 2)-tip elementar aktdan iborat. Qolganlari ko‘p aktli reaksiyalar.
Bog‘ uzilishi va hosil bo‘lishi usuliga ko‘ra:
1. Gomolitik (erkin radikalli mexanizm) A : V  AV
2. Geterolitik (ion mexanizm) A : V  [A:]- [V]
3. Peritsiklik reaksiyalar (bog‘ reorganizatsiyasi uzluksiz bog‘langan atomlar siklik ketma-ketligiga bog‘liq ravishda amalga oshadi). Bu reaksiyalarga siklobirikish qisman, ba’zi molekulyar qayta gruppalanish, jumladan, elektrotsiklik reaksiyalar sigmatrop qayta gruppalanish kiradi.
Elektrotsiklik reaksiya chiziqli -elektron sistemasi bilan to‘la kuchlangan -bog‘ hosil qiladi.

va shuning aksi.
Sigmatrop qayta gruppalanishda mavjud -bog‘ini uzilib, yangi oldin bog‘lanmagan atomlar orasida -bog‘ hosil bo‘ladi.


Download 480.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling