Молекулалар реакцион +обилиятларининг кимёвий тузиллишларига бо/ЛИ+лиги
Download 480.5 Kb.
|
okk
- Bu sahifa navigatsiya:
- Andijon 2004 Тaqrizchi: k.f.n. S.K.Karimov Тo‘xtaboyev N.Х.
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi andijon davlat universiteti Тo‘xtaboyev N.Х. Organik kimyoda kataliz Oliy o‘quv yurtlari 5440400-Kimyo ta’lim yo‘nalishi uchun o‘quv qo‘llanmaAndijon 2004 Тaqrizchi: k.f.n. S.K.Karimov Тo‘xtaboyev N.Х. Organik kimyoda kataliz: Oliy o‘quv yurtlari 5440400-Kimyo ta’lim yo‘nalishi uchun o‘quv qo‘llanma -Andijon.:ADU AТM., 2004.-32 b. O‘quv qo‘llanma oliy o‘quv yurtlari kimyo ixtisosligi uchun tayyorlangan bo‘lib, “Organik kimyoda kataliz” maxsus kursi Dasturi bo‘yicha organik kimyoda katalitik jarayonlar, zamonaviy organik sintezda katalizdan foydalanish muammolari xaqida qisqacha tushunchalarni o‘z ichiga olgan. Ushbu “Organik kimyoda kataliz” kursidan ma’ruzalar matni asosida tayyorlangan o‘quv qo‘llanmasi kafedra qaroriga asosan ADU o‘quv uslubiy hay’ati tomonidan (2004 yil 4 sentabr) qo‘llanishga tavsiya etilgan. SO‘ZBOSHI Organik kimyo ko‘p masalalar bilan shug‘ullanadi. Тayyorlanadigan mutaxassislar shu ko‘p qirrali fan sirlarini to‘la o‘zlashtirgan holdagina to‘la qonli mutaxassis sifatida shakllanadilar. Shu tufayli umumkasb predmetlari bilan bir qatorda maxsus fanlar o‘qitilishi shu yo‘nalishda o‘z kasbini chuqur o‘zlashtirgan mutaxassis kadrlar yetishtirishga imkon yaratadi. So‘nggi yillarda oliy ta’lim soxasiga doir mamlakatimiz prezidenti va xukumatining bir qator farmoyish hamda qarorlari, “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi” bu soxadagi olg‘a siljishga katta turtki berdi. Dunyo standartlari asosida mutaxassislar tayyorlash tizimiga o‘tilib, bakalavr va magistratura bosqichlari kiritildi. Bu bosqichlar uchun tegishli o‘quv rejalari yaratildi va shu bilan birga bir qator yangi fanlarni o‘qitish yo‘lga qo‘yildi. “Organik kimyoda kataliz” kursi ham shunday mutaxassislik fanlaridan hisoblanadi. Bu kurs maxsus fan tariqasida zamonaviy organik kimyoda kataliz jarayonlaridan foydalanish yutuqlari, xususan, organik sintezning turli yo‘nalishlarida katalizni qo‘llash maqsad va vazifalari hamda organik sintezda katalitik jarayonlar muammolari, selektiv kataliz usullari bilan bir qatorda yangi sintez qilingan birikmalardan amaliy foydalanish yo‘llari bilan tanishtiradi. Qisqa shaklda bayon etilishiga qaramasdan nafaqat ilmiy ma’lumotlarni o‘zlashtirish, ilmiy tadqiqotlarda foydalanish yo‘nalishidagina emas, balki pedagogik faoliyatda ham qiziquvchilarga yetarli darajada yo‘llanma bera oladi deb o‘ylaymiz. Download 480.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling