Molekulaning tuzilishi va kimyoviy bog’lanish. Kovalent, ion, metall, vodorod boglanishlar. Kovalent bog’lanish xossalari


Download 233.1 Kb.
bet6/11
Sana01.04.2023
Hajmi233.1 Kb.
#1317222
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
MOLEKULANING TUZILISHI VA KIMYOVIY BOG

Masala va mashqlar

  1. HI dissotsilanish energiyasi 298,4 kJ/mol ga teng. Ultrabinafsha nurlar (λ=2·10-7) bilan HI ni elementlarga parchalash mumkinmi? 5·10-3 g HI ni parchalash uchun qanday energiya Sarflanishi lozim?

  2. Agar N2 va H2 dissotsilanish energiyalari tegishlicha 945,6 va 435,9 kJ/mol ga teng bo’lsa, ½ N2 + 3/2 H2 = NH3 – 46,19 kJ/mol sistemaad N – H bog’lanish o’rtacha energiyasini aniqlang.

  3. Agar oddiy moddalardan asetilen hosil bo’lish standart issiqligi 226,75 kJ/mol ga teng bo’lsa, asetilen molekulasida C≡C karrali (σ va 2π) bog’lanish energiyasini hisoblang. Grafit haydalish energiyasi +715,88 kJ/mol ga, vodorod dissotsilanish energiyasi +435,9 kJ/mol ga teng. C – H bog’ energiyasi – 402,9 kJ/mol ga teng.

  4. Agar HBr molekulasi dipol uzunligi 0,18·10-10 m ga teng bo’lsa, molekula qutbliligini aniqlang.

  5. H2S molekulasi elektr dipol momenti 0,31·10-29 , H2Se niki – 0,08·10-10 m ga teng. Har ikkala molekulaning dipoli uzunligini aniqlang.

  6. PH3 molekulasi elektr dipol momenti 0,18·10-29 Kl·m ga teng. PH3 molekulasi dipol uzunligini aniqlang.

  7. Agar molekula dipol uzunligi 0,03·10-10 m ga teng bo’lsa, p(AsH3) molekula dipol momentini nechaga tengligini aniqlang.

  8. Nitrobenzol C6H5NO2 molekulasi dipol uzunligi 0,82·10-10 m ga teng. Molekula uchun p ni hisoblang.

  9. Agar HCl molekulasi pamal qiymati 3,4·10-30 Kl·m, H–Cl bog’ uzunligi 1,27·10-10m ga teng bo’lsa, qutbli kovalent bog’ hosil qilgan vodorod va xlor atomlari effektiv zaryadlarini aniqlang.

  10. HBr molekulasida vodorod atomi effektiv zaryadi (pamal) qiymati δ= +0,115. Vodorod bromid molekulasi elektr dipol momentini hisoblang.

  11. Agar HF molekulasi elektr dipol momenti pamal = 6,4·10-30 Kl·m, ftor atomi effektiv zaryadi – 0,435 bo’lsa, vodorod ftorid molekulasida H–F bog’lanish uzunligini aniqlang.

  12. Qaysi birikmaning molekulasida bog’lanish qutbliligi eng ko’p ifodalangan: vodorod sulfid, xlor, metan, fosfin, vodorod xlorid?

  13. Oltingugurt bilan selenning davriy sistemadagi o’rnini va ularning elektromanfiyligini hisobga olib, S – H va Se – H bog’lanishlardan qaysi biri puxtaroq ekanligini ko’rsating.

  14. Formulalari NH3, PH3, HCl, SiH4, H2S bo’lgan birikmalarda azot, fosfor, xlor, kremniy va oltingugurtning valentligi qanchaga teng?

  15. Formulalari ZnS, Cu2S, Al2S3, SnS2, P2S5 bo’lgan birikmalarda elementlarning valentligi qanchaga teng?

  16. Quyidagi birikmalarda: a)bir valentli; b)ikki valentli; v)uch valentli; g) to’rt valentli; d) besh valentli bo’lgan elementlarning nomini ayting. Na2O, HCl, PH3, Fe2O3, MgO, ZnO, CO2, P2O5, CaO.

  17. Quyidagi elementlarning vodorod bilan hosil qilgan birikmalarining formulalarini yozing: a) azot (III); b) kremniy (IV); v) oltingugurt (II); g) brom (I).

  18. KsenOH bir valentli ftor bilan hosil qilgan birikmalarida ikki, to’rt va olti valentli bo’ladi. Shu birikmalarning formulalarini yozing.

  19. Kremniyning kislorod bilan hosil qilgan birikmasida 16 g kislorodga 14 g kremniy to’g’ri keladi. Kremniyning nisbiy atom massasi 28. Shu birikmaning formulasi va undagi kremniyning valentligi qanday?

  20. Azot oksidlarining birida 16 g kislorodga 14 g, boshqa oksidda esa – 7 g azot to’g’ri keladi. Azotning nisbiy atom massasi 14 bo’lsa, uning oksidlarida bu birukmalarining formulalari va ularda azotning valentligi qanday?

  21. Fosfor xlor bilan tarkibi PCl3 va PCl5 bo’lgan birikmalar hosil qiladi. Fosforning valentlik qiymatlari xlor bilan hosil qilgan birikmalaridagi kabi bo’ladigan oksidlarining formulalarini yozing.

Quyidagi birikmalarda elementlar valentligini aniqlang: a) rux nitrat; b) alyuminiy sulfat; v) ammoniy dixromat; g) kalsiy gidroortofosfat.



Download 233.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling