Molekulaning tuzilishi va kimyoviy bog’lanish. Kovalent, ion, metall, vodorod boglanishlar. Kovalent bog’lanish xossalari


Download 233.1 Kb.
bet11/11
Sana01.04.2023
Hajmi233.1 Kb.
#1317222
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
MOLEKULANING TUZILISHI VA KIMYOVIY BOG

Yechish. Reaksiya termokimyoviy tenglamasini yozamiz:
;
tenglamadan ni olib uni yechSak ga teng.
Kimyoviy reaksiya ichki energiya va gibbs energiyasi o’zgarishi. Entropiya.
O’zgarmas bosimda sodir bo’ladigan jarayonlarni harakatga keltiruvchi kuch – sistemada isobar potensialining o’zgarishi deb ataladi, uni ΔG bilan ifodalanadi. Bu kattalik Gibbs energiyasi ham deyiladi va quyidagi formula bilan aniqlanadi:
ΔGº = ΔH – TΔS
Bu yerda ΔH reaksiyaning entalpiya faktori, TΔS esa uning entropiya faktori deyiladi. Ular bir-biriga qarama-qarshi harakatlarni ifodalaydi. ΔH sistemadagi tartibsizlik darajasini kamaytiradi. TΔS – tartibsizlik darajasini ko’paytiradi. ΔGº = 0 bo’lganda entalpiya faktori uning entropiya faktoriga teng bo’ladi: ΔH = TΔS
Bu sharoitda sistema muvozanat holaitga keladi. O’z-o’zicha boradigan reaksiyalar uchun ΔGº < 0 bo’ladi. Bu yerda uchta muhim holat bo’lishi mumkin.
1.Reaksiyaning entalpiya faktori ΔHº ham, ΔS ham reaksiyalarning borishiga yordam beradii: buning uchun ΔHº<0 va ΔS>0 bo’lishi kerak. Bunda asosiy vazifani entalpiya faktori bajaradi.
2.Reaksiyaning borishiga faqat reaksiyaning entalpiya faktori ΔHº yordam beradi. Bu holda ΔHº ning issiqlik qiymati katta bo’ladi. U manfiy qiymatga ega bo’ladi:-ΔH<0.
3.ΔHº>0 bo’lib, entropiya faktori ΔHº dan ancha katta bo’lganida ham reaksiya o’z- o’zicha borishi mumkin. Demak, ekzotermik reaksiyada entalpiya faktori ΔHº ning kamayishi entropiya faktori TΔS ning ortuvini “bosib ketadi” (qoplaydi). Endotermik reaksiyalarda (yuqori haroratlarda) entalpiya faktori entropiya faktorini boCa olmaydi.
1 – masala. Kimyoviy reaksiyada ichki energiya oz’garishini hisoblash. Quyidagi sistema uchun ΔHº298 va ΔU larni aniqlang: 2Cl2 + 2H2O (g) = 4HCl (g) + O2. ΔHº298(H2O) = -241,84 kJ/mol, ΔHº298(HCl) = 92,3 kJ/mol.
Yechish. Ichki energiya ΔU va entalpiya ΔH quidagicha munoCabatda bog’liq:
ΔU = ΔH – ΔnRT,
bu yerda Δn – gazsimOH reaksiya mahsulotlari va boshlang’ich moddalar mol sonining o’zgarishi (Δn = ∑nmahs. – ∑nbosh.mod.);
ΔH = 4ΔHº298 HCl(g) - 2ΔHº298 H2O (g) = 4 (-92,3) – 2(-241,84) = -369,2 + 483,68 = 114,48 kJ; Δn = 5 – 4 = 1; R = 8,3144 J/(mol·K); T = 298K.
Reaskiya uchun ichki energiya o’zgarishini topSak:
ΔU = 114,48 - 1·8,3144·298·10-3 = 112,0 kJ.
Demak sistema ichki energiyasi 112,0 kJ ga oshadi.
2 – masala. Fazaviy o’tishda ichki energiyaning o’zgarishini hisoblash. 250 g suvni 20ºC da bug’lanishida ichki energiya o’zgarishini aniqlang. Bunda suv bug’i ideal gaz qOHinlariga amal qiladi. Suyuqlik hajmini bug’ hajmiga nisbatan hisobga olinmasligi mumkin. Suv bug’i hosil bo’lish nisbiy issiqligi 2451 J/g.
Yechish. Suv bug’langan H2O (s)  H2O (g) holat uchun Δn=1. Suv bug’i hosil bo’lish issiqligi ΔH ni topSak: 2451 J/g * 18g/mol = 44118 j/mol = 44,12 kJ/mol.
Ichki energiya o’zgarishini aniqlashda bug’lanayotgan suv mollar soni (250/18=13,89) hisobga olinadi: ΔU = (44,12 - 1·8,3144·293·10-3)13,89 = 579,0 kJ.
Demak, sistema ichki energiyasi 579,0 kJ ga oshadi.
3 – masala. Gibbs energiyasi oz’garish qiymatiga asoslanib kimyoviy reaksiya borish yo’nalishini aniqlash. Agar reaksiyaga kirishuvchi moddalar standart sharoitda olingan bo’lsa, quyidagi reaksiya qaysi yo’nalishda boradi: SiO2(q) + 2NaOH(e) = Na2SiO3(q) + H2O(s),
kJ/mol; kJ/mol; kJ/mol; kJ/mol?
Yechish. Gibbs energiyasini o’zgarishini aniqlash uchun mahsulotlar ΔGºf qiymatlari yig’indisidan reaksiyaga kirishuvchi moddalar uchun tegishli ΔGºf qiymatlari yig’indisini ayriladi.


tenglamadan ΔGº298= + – –2 =–1427,8+(–237,5)–(–803,75)–2(–419,5)=22,55kJ.
Agar ΔG < 0 bo’lsa, ko’rsatilgan sharoitda kimyoviy reaksiya borishi mumkin. Agar ΔG = 0 bo’lsa, sistema kimyoviy muvozanat holatida bo’ladi. Agar ΔG > 0 bo’lsa, berilgan sharoitda kimyoviy reaksiya faqatgina teskari tomonga (yo’nalgan) borishi mumkin. Bu masalada ΔGº298 = -22,55 kJ; ΔGº298 < 0. Demak standart sharoitda kechishi mumkin.
4 – masala. Kimyoviy reaksiyalarda entropiya o’zgarishini aniqlash. Standart sharoitda quyidagi kimyoviy reaksiya uchun entropiya o’zgarishini aniqlang: 2C (grafit) + 3H2 (g)  C2H6 (g). Kimyoviy reaksiyada ishtirok etadigan moddalar entropiyalari: , va .
Yechish. Kimyoviy reaksiyada entropiya o’zgarishini aniqlash uchun mahsulotlar entropiya qiymatlari yig’indisidan reaksiyaga kirishuvchi moddalar uchun tegishli entropiya qiymatlari yig’indisini ayriladi:
.
Reaksiya uchun:
ΔSº298 = 2 –3 =229,5–2·74–3·130,6= –173,78 J/K.
5 – masala. Fazaviy o’tishda entropiyaning o’zgarishini aniqlash.
Qo’rg’oshinning suyuqlanish nisbiy issiqligi 23040 J/kg ga teng. Uning suyuqlanish harorati 327,4ºC. 250 g qo’rg’oshinning suyuqlanishida entropiya o’zgarishini toping.
Yechish. Moddaning bir agregat holatdan boshqasiga o’tishida entropiyaning o’zgarishi quyidagicha aniqlanadi: ΔS = ΔH/T, bu yerda ΔH – teskari fazaviy o’tish issiqligi; T – fazaviy o’tish mutlaq (absolyut) harorati.
Entropiya o’zgarishini aniqlashda fazaviy aylanishga uchrayotgan moddaning massasini hsiobga olish zarur. 250 qo’rg’oshinning suyuqlanish issiqligi: 23040·0,25 = 5760 J. Suyuqlanish mutlaq (absolyut) issiqligi: 327,4 + 273,0 = 600,4 K.
Qo’rg’oshinning 250 g massasi suyuqlanishida entropiyaning o’zgarishi:
ΔS = 5760/600,4 = 9,59 J/K.

Masalalar.



  1. Vodorod, uglerod va benzolning yonish issiqliklari ma’lum bo’lsa, benzolning (C6H6 (s)) standart hosil bo’lish issiqligini aniqlang.

  2. Quyidagi sistemada ishtirok etayotgan uglerod disulfidi (CS2) standart hosil bo’lish issiqligini tping: CS2(s) + 3O2 = CO2 (g) + 2SO2 (g); ΔHºp = -1075 kJ/mol.

  3. Quyidagi sistemada ammoniy xlorid uchun ΔHº298 qiymatini aniqlang: NH3 (g) + HCl (g) = NH4Cl (q); ΔHº298 = -176,93 kJ/mol.

  4. Agar BiCl3 (g) uchun ΔHº298 qiymati – 270,70 kJ/mol ga, BiCl3 (q) uchun haydalish issiqligi esa 113,39 kJ/mol ga teng bo’lsa, BiCl3 (q) uchun ΔHº298 qiymatini aniqlang.

  5. Natriy metalining 5 g miqdori suv bilan ta’sirlashganda 40,25 kJ issiqlik ajraladi, 10 g natriy oksid suv bilan ta’sirlashganda esa 36,46 kJ issiqlik ajraladi. Na2O uchun ΔHº298 qiymatini aniqlang.

  6. 16 g CaC2 suvda eritilganda 31,3 kJ issiqlik ajraladi,. Ca(OH)2 ning standart hosil bo’lish issiqligini aniqlang.

  7. Agar 2Fe + Al2O3 = Fe2O3 + 2Al reaksiyada har 80 g Fe2O3 ga 426,5 kJ issiqlik yutilishi to’g’ri kelCa, Fe2O3 uchun ΔHº298 qiymatini aniqlang.

  8. Quyidagi reaksiya uchun issiqlik effekti -234,5 kJ ga teng: SO2 (g) + 2H2S (g) = 3S (romb) + 2H2O (s). H2S ning standart hosil bo’lish issiqligini aniqlang.

  9. Ammiak oksidlanishi quyidagi tenglama bo’yicha boradi: 4NH3 (g) + 3O2 (g) = 2N2 + 6H2O (s); ΔHºr = -1528 kJ. Agar NH3(g) ning suvda erish issiqligi – 34,65 kJ ga teng bo’lsa, NH3(g) va NH3·H2O larning standart hosil bo’lish issiqliklarini aniqlang.

  10. Agar C12H22O11+12O2 = 12CO2+11H2O (s) reaksiyaning issiqlik effekti – 5694 kJ ga teng bo’lsa, Caxarozaning (C12H22O11) standart hosil bo’lish issiqligini hisoblang.

  11. Agar quyidagilar ma’lum bo’lsa ZnSO4 uchun ΔHº298 qiymatini aniqlang:

2ZnS + 3O2 = 2ZnO + 2SO2, ΔHºr = - 890,0 kJ; 2SO2 + O2 = 2SO3, ΔHºr = - 196,6 kJ;
ZnSO4 = ZnO + SO3, ΔHºr = + 234,0 kJ.

  1. Qo’rg’oshin dioksidining vodorod bilan qaytarilishi quyidagi tenglama bo’yicha kechadi: PbO2 + H2 = PbO + H2O (g); ΔHºr = - 182,8 kJ. PbO2 ning standart hosil bo’lish issiqligini hisoblang.

  2. Agar benzoy kislotaning standart yonish issiqligi – 3227,54 kJ/mol ga teng bo’lsa, C6H5COOH (q) ning standart hosil bo’lish issiqligini hisoblang.

  3. Agar reaksiyaga kirishuvchi moddalarning standart hosil bo’lish issiqligi ma’lum bo’lsa, ushbu reaksiya issiqlik effektini toping: Al2O3(q)+3SO2(g)->Al2(SO4)3 (q).

  4. Etan, metan va vodorodning standart yonish issiqliklarini bilgan holda, quyudagi reaksiya uchun ΔHºqiymatini aniqlang: C2H6 (g) + H2 (g) = 2CH4 (g).

  5. Reaksiyaga kirishuvchi moddalar ΔHº298 qiymatlaridan foydalanib, qo’rg’oshin dioksidining oksidgacha uglerod mOHoksidi bilan uglerod dioksidi hosil qilib qaytarilish reaksiyasining issiqlik effektini aniqlang.

  6. Moddalarning standart yonish issiqliklari bo’yicha quyidagi sistema uchun ΔHº298 ni hisoblang: C2H5OH (s) + CH3COOH (s) = CH3COOC2H5 (s) + H2O; ΔHºyon.(CH3COOC2H5)= -2254,21 kJ/mol. YONish mahsulotlari CO2 va suyuq suv.

  7. Agar ΔHºNaH(q) = -56,94 kJ/mol, ΔHºNaOH(e) = -469,47 kJ/mol bo’lsa, reskiyada ishtirok etadigan moddalarning standart hosil bo’lsih issiqliklari bo’yicha quyidagi reaksiyaning issiqlik eggektini aniqlang: NaH (q) + H2O (s) = NaOH (e) + H (g).

  8. Reaksiyaga kirishuvchi moddalrning standart hosil bo’lish issiqlik qiymatlaridan foydalanib quyidagi reaksiya issiqlik effektini aniqlang:2PbS+3O2 = 2PbO+2SO2.

  9. Nitrat kislotani KNO3 dan olishda ushbu reaksiyalar kechadi:KNO3(q)+H2SO4(e)= KHSO4(q) + HNO3(g) (a); 2KNO3(q) + H2SO4(e) = K2SO4(q) + 2HNO3(g) (b). Agar 80% HNO3 (ΔHº(HNO3(q))=133,90 kJ/mol) reaksiya (a) hosil bo’lsa 1 kg nitrat kislota olishda qancha issiqlik ajraladi (yoki yutiladi)?

  10. Sudraluvchi simobning portlaganda parchalanishi quyidagi tenglama bo’yicha kechadi: Hg(OHC)2 = Hg + 2CO + N2, ΔHºr = -364,2 kJ. 1,5 kg Hg(OHC)2 porlatilganda ajraladigan issiqlik miqrodini va gazlar hajmini (n:sh) aniqlang.

  11. Agar P2O5 + H2O = 2HPO3 reaksiyaning issiqlik effektlari quyidagicha bo’lsa: 2P+5/2 O2 = P2O5, ΔHºr= -1549,0 kJ; 2P+H2 +3O2 =2HPO3, ΔHºr= -1964,8 kJ; 50g fosfat angidridining suv bilan o’zaro ta’sirlashuvidan qancha issiqlik ajralishini aniqlang.

  12. Agar B2O3(q) va B2H6(g) lar uchun ΔHº298 qiymatlari tegishlicha -1264 va +31,4 kJ/mol ga teng bo’lsa, 20 l diboran yonishida ajralib chiqadigan issiqlik miqdorini aniqlang.

  13. Agar grafitning standart yonish issiqligi – 393,51 kJ/molga, C(grafit)C(olmos) fazaviy o’tish issiqligi esa 1,88 kJ/molga teng bo’lsa, olmosning yonish issiqligini hisoblang.

  14. Agar ΔHºP(qizil)= -18,41, ΔHºP(qora)= -43,20kJ/mol bo’lsa 1 kg qizil fosfor qora fosforga aylangan da qanday miqdordagi issislik ajraladi?

  15. Agar quyidagi reaksiyalar issiqlik effektlari ma’lum bo’lsa: Na2CO3 + SiO2 = Na2SiO3 + CO2, ΔHºr=+819,29 kJ; Na2O + SiO2 = Na2SiO3, ΔHºr=-243,5 kJ; 200 g Na2CO3 ni parchalash uchun qancha issiqlik Sarflanadi?

  16. Agar quyidagi reaksiyalar issiqlik effektlari ma’lum bo’lsa: CH4+2O2=CO2+2H2O ΔHºr= -892,0 kJ; 2CH3Cl (g) + 3O2 = 2CO2(g) + 2H2O(s) + 2HCl, ΔHºr= -1374 kJ, 2H2O(g)+O2(g)=2H2O(s), ΔHºr=-571,7 kJ; H2(g)+Cl2(g)=2HCl(g), ΔHºr=-185,0 kJ Ushbu CH4(g)+Cl2(g)=CH3Cl(g)+HCl(g) reaksiyaning issiqlik effektini aniqlang.

  17. Agar = -1273,0 kJ/mol, = -277,6 kJ/mol va = -393,5 kJ/mol bo’lsa, C6H12O6(q) = 2C2H5OH(s) + 2CO2(g) reaksiya bo’yicha 54 g glyukoza parchalanganda qancha issiqlik ajraladi?

  18. Xrom (III) oksidning alyuminiy bilan qaytarilish reaksiyasi issiqlik effektini aniqlang.

  19. 9,3 g fofor yonganda 229,5 kJ issiqlik ajraladi. Fosfor (V) oksid uchun ΔHº298 ni aniqlang.

  20. Agar etanolning bug’lanish nisbiy issiqligi 857,7 J/g ga, qaynash haroratidagi bug’larining nisbiy hajmi 607x10-3 l/g ga teng bo’lsa, 50 g etil spirtining bug’lanish haroratida bug’lanishidagi ichki energiya o’zgarishini hisoblang.

  21. Vodorod va kislorodning suv hosil qilib ta’sirlashuvida (20ºC da) 1 mol vodorodga nisbatan 286,2 kJ issiqlik ajraladi. Sistema uchun ΔU qiymatini toping.

  22. Agar suvning bugl’anish issiqligi 2110 kJ/kg bo’lsa, 1 kg suvning (T=423K da) bug’anishida ΔU ni hisoblang. Bug’ni ideal gaz deb hisioblang va suyuqlik hajmi inobatga olmang.

  23. Benzolning bug’lanish molyar issiqligi 30,92 kJ/mol. 200 g benzol (t=20ºC) bug’langanda ichki energiya o’zgarishini aniqlang. Benzol bug’lari ideal gaz qonunlariga amalqilishini hisobga oling. Suyuqlik hajmi bug’ hajmiga nisbatan qiymatsiz va uni inobatga olmassa ham bo’ladi.

  24. Suv bug’lari ideal gaz qonunlariga bo’ysunishini va suyuqlik hajmi bug’ hajmiga nisbatan qiymatsizligini hisobga olib 20ºC da 100 g suv bug’lanishidagi ΔU ni aniqlang. Suv bug’ining hosil bo’lish nisbiy issiqligi 2451 J/g.

  25. 1 mol ruxni 20ºC da suyultirilgan sulfat kislotada eritilsa 143,1 kJ issiqlik ajraladi. Shu bilan birga 1 mol vodorod ajralib, tashqi bosimga qarshi ish ham bajariladi. Ichki energiya o’zgarishini aniqlang.

  26. 90 g suv 100ºC da bug’langanda ichki energiya 188,1 kJ ga oshdi. Suv bug’ining nisbiy hajmi 1,699 l/g ga, bosimi esa 1,0133·105 Pa (1 atm) ga teng. Suv bug’ining hosil bo’lish issiqligini (kJ/mol) aniqlang.

  27. Benzol bug’lari ideal gaz qonunlariga amalqilishini hisobga olib, 100g benzol qaynash harotatida (80,2ºC) bug’lanishidagi ΔU ni toping. Benzolning bug’lanish issiqligi 394 J/g. Suyuqlik hajmi hisobga olinmasin.

  28. Quyidagi sistema uchun ΔHº298 va ΔU larni aniqlang: 4NH3(g) + 3O2 (g) = 2N2 (g) + 6H2O (s)

  29. Fe (q) + Cl2 (g) = FeCl3 (q) sistema ichki energiyasi o’zgarishi -334,0 kJ ga teng. Reaksiya uchun ΔHº298 ni aniqlang.

  30. Quyiadgi ma’lumotlardan foydalanib: ammiak hosil bo’lish issiqligi 46,0 kJ, azot (II) oksidi hosil bo’lish issiqligi 90,4 kJ ga, suv bug’larining hosil bo’lish issiqligi esa 242,0 kJ ga teng bo’lsa, ammiak oksidlanish reaksiyasining issiqlik effektini hisoblang: 4NH3 + 5O2 = 4NO + 6H2O.

  31. 1 kg etil spirti yonganda qancha issiqlik ajraladi. Etil spirtining yonish reaksiya tenglamasi quyidagicha: C2H5OH + 3O2 = 2CO2 + 3H2O + 1379,2 kJ.

  32. Agar suv bug’i hosil bo’lish issisligi 242,0 kJ ga teng bo’lsa, 8,4 l (n:sh) qaldiroq gaz portlatilganda qancha issiqlik ajraladi?

  33. Ammiak va vodorod xlorid oz’aro ta’sirlashuvini quyidagicha ifodalash mumkin: NH3 + HCl = NH4Cl + 37,3 kJ. 100 g ammOniy xlorid hosil bo’lishida qancha issiqlik ajraladi?

  34. Ohak so’dirilish jarayonini quyidagi termokimyoviy tenglama bilan ifodalash mumkin: CaO + H2O = Ca(OH)2 + 67 kJ. Tarkibida reaksiya issiqlik effektiga ta’sir qilmaydigan 20 % qo’shimcha moddalalar bo’lgan, 1 t ohak so’ndirilishida qancha issiqlik ajraladi?

  35. Quyiadgi ma’lumotlardan foydalanib: asetilen hosil bo’lish issiqligi – 226,8 kJ, uglerod (IV) oksidi hosil bo’lish issiqligi – 393,5 kJ ga, suv bug’larining hosil bo’lish issiqligi esa – 242,0 kJ ga teng bo’lsa, asetilen yonish reaksiyasining issiqlik effektini hisoblang: C2H2 + 2,5O2 = 2CO2 + H2O(bug’).

  36. Agar etilen, uglerod (IV) oksidi va suv bug’larining hosil bo’lish issiqliklari tegishlicha – 52,3 kJ, 393,5 kJ va 242 kJ ga teng bo’lsa, etilenning yonish reaksiyasi issiqlik effektini aniqlang: C2H4 + 3O2 = 2CO2 + 2H2O.

  37. Metanning yonishi quyidagi tenglama bilan ifodalanadi:CH4 + 2O2 = CO2 + 2H2O + 802,9 kJ. Uglerod (IV) oksidi va suv bug’larining hosil bo’lish issiqliklari bo’yicha (oldingi masalaga qarang) metan hosil bo’lish issiqligini aniqlang.

  38. Agar uglerod (II) oksidi hosil bo’lish issiqligi 110,5 kJ ga, uglerod (IV) oksidi hosil bo’lish issiqligi – 393,5 kJ ga teng bo’lsa, CO2 + C = 2CO + Q reaksiyaning issiqlik effektini aniqlang.

  39. Azot (I) oksid bilan chog’langan ko’mir ta’sirlashuvi quyidagi reaksiya tenglamasi bilan ifodalanadi: 2N2O + C = CO2 + 2N2 + 556,7 kJ. Agar uglerod (IV) oksidi hosil bo’lish issiqligi 393,5 kJ ga teng bo’lsa, azot (I) oksid hosil bo’lish issiqligini aniqlang.

  40. Agar kremniyni qumdan magniy bilan qaytarilish reaksiyasi issiqlik effekti 362,2 kJ, magniy oksid hosil bo’lish issiqligi esa – 601,2 kJ bo’lsa, kremniy dioksidining hosil bo’lish issiqligini aniqlang.

  41. Agar ammiak hosil bo’lish issiqligi 46,2 kJ, vodorod xloridniki 92,3 kJ bo’lsa, azot, voorod va xlordan ammOniy xlorid hosil bo’lish issiqligini aniqlang. Shuningdek ammiakning vodorod xlorid bilam ta’sirlashuv termokimyoviy tenglamasi: NH3 + HCl = NH4Cl + 179,6 kJ.

  42. Teng hajmda bir xil sharoitda olingan vodorod va asetilen yondirildi. Qaysi holatda ko’proq issiqlik ajaraladi?

  43. Metallarni ularning oksidlaridan olishda quyidagi qaytaruvchilar ishlatiladi: ko’mir (uglerod (II) oksidgacha oksidlanadi), vodorod va uglerod (II) oksidi. Agar temir (III) oksid qaytarilishga uchratilsa, har qaysi jarayon uchun issiqlik effektini aniqlang. Uglerod (II) oksid hosil bo’lish issiqligi 110,5 kJ, suv bug’iniki 242,0 kJ, uglerod (IV) oksidniki 393,5 kJ, temir (III) oksidniki esa 821,3 kJ ga teng.

  44. Agar uglerod, vodorod va etil spirtining yonish issiqliklari tegishlicha: - 393,51; 285,84; -1366,9 kJ/mol ga teng bo’lsa, etil spirtining hosil bo’lish standart issiqligini aniqlang.

  45. Agar reaksiyaga kirishuvchi moddalar standart yonish issiqliklari ma’lum bo’lsa, HC≡CH(g)+CO(g)+H2O(s)CH2=CH–COOH(s) akril kislotasi sintezi reaksiyasining issiqlik effektini (298K da) aniqlang: ΔHºY, 298, HC≡CH (g) =-1299,63 kJ/mol ΔHºY, 298, CO (g) = -282,5 kJ/mol; ΔHºY, 298, H2C=CH - COOH (s) =-1370 kJ/mol.

  46. Agar CH3COOH suyuqlanish harorati 16,6ºC, suyuqlanish issiqligi 194 J/g bo’lsa, 3 mol sirka kislotasining suyuqlanishida entropiyaning o’zgarishini hisoblang.

  47. Agar suvning molyar issiqligi 25ºC haroratda 44,08 J/mol ga teng bo’lsa, shu haroratda 250 g suv bug’lanishida entropiyaning o’zgarishini hisoblang.

  48. Brombenzolning 429,8 K da bug’lanish issiqligi 241,0 J/g ga teng. 1m25 mol brombenzollning bug’lanishida ΔS ni aniqlang.

  49. 100 g misning suyuqlanishidagi entropiyaning o’zgarishi 1,28 J/K ga teng. Agar misning suyuqlanish harorati 1083ºC bo’lsa, misning suyuqlanish nisbiy issiqligini aniqlang.

  50. Muzning nisbiy suyuqlanish issiqligi 33480 J/kg. Muz suyuqlanishidagi molyar entropiya o’zgarishini aniqlang.

  51. H2(g) + S(q) = H2S(g) sistemasi uchun ΔSº298 ni aniqlang.

  52. Agar = 142,97 J/(mol·K), = 82,68 J/(mol·K) bo’lsa, bertole tuzining parchalanish reaksiyasi uchun ΔSº298 ni aniqlang.

  53. Naftalining (C10H8) suyuqlanish issiqligi 149600 J/kg, suyuqlanish harorati 80,4ºC ga teng. 3,1 mol naftalin suyuqlanishida entropiyaning o’zgarishini hisoblang.

Download 233.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling