Molekulasida uch bor tutuvchi, tarkibi C


Download 55.17 Kb.
bet2/4
Sana09.05.2023
Hajmi55.17 Kb.
#1447390
1   2   3   4
Bog'liq
Alkinlar

Laboratoriya ishlari
Asbob va idishlar: probirkalar, probirka tutqich, spirt lampa yoki gaz gorelkasi, asbet to`r, tomizgich voronka, yumaloq kolba (100 ml).
Reaktivlar: kalsiy karbid (CaC2), fenolftalein (spirtdagi 1% li eritmasi), KMnO4 eritmasi (ozroq ishqor qo`shilgan 1% li eritma), bromli suv, NH3 (kons.), AgNO3 (0,1 n), CuCl2 (0,1 n), HC1 eritmasi (1:4 suyultirilgan), HgO, yodning ozroq ishqor qo`shilgan kaliy yodiddagi eritmasi.

  1. Atsetilenning olinishi va xossalari. (Tajriba mo`rili shkafda o`tkaziladi.) Atsetilen olish uchun ham metan yoki etilen olish asboblaridan foydalanish mumkin. Bitta probirkaga KMnO4 ning ozroq ishqor qo`shilgan eritmasidan, ikkinchisiga bromli suvdan 2 ml, uchinchisiga esa shuncha suv soling.

Gaz chiqarish nayi o`rnatilgan probka bilan jihozlangan katta
probirkaga 3-4 bo`lak kal’tsiy karbid soling va unga 2 ml suv qo`shib, probirkaning og`zini tezda gaz chiqarish nayli probkasi bilan
zich qilib bekiting. Gaz chiqarish nayining og`ziga yonayotgan gugurt
cho`pini tuting. Atsetilenning etilenga nisbatan ravshanroq alanga
berib yonishini (nima uchun?) kuzating. Gaz chiqarish nayining uchini
bromli suv solingan probirkaga tushiring va biroz kuting. eritma
rangsizlanadi. So`ngra gaz chiqarish nayining uchini KMnO4 eritmasiga botirib, uning ham rangsizlanishini kuzating. Uchinchi suvli probirkaga ham atsetilen yuboring va probirkaga KMnO4 eritmasidan tomizing, eritma rangsizlanadimi?
Atsetilenning hosil bo`lishi:

Kal’tsiy karbid solingan probirkaga 1 tomchi fenolftalein eritmasidan tomizib, reaktsiyada haqiqatan ham kal’tsiy gidroksid hosil bo`lganini isbotlash mumkin.
Atsetilenning yonishi:
2C2H2 + 5O2  4CO2 + 2H2O (to`la yonish).
Etilen molekulasidagiga qaraganda atsetilen molekulasida vodo­rod atomlari kam bo`lgani uchun atsetilen ravshan alanga berib yonadi. Bromning birikishi:
HCCH + Br2  CHBr=CHBr + Br2  CHBr2-CHBr2
trans-brometilen simm-tetrabrometan
Atsetilenning KMnO4 bilan oksidlanishi:

dial’degid oksalat kislota
(glioksal’)

Atsetilen yuborilgan suvli probirkada KMnO4 eritmasining rangsizlanmasligiga sabab atsetilenning suvda erimasligidir.


Atsetilen ajralib chiqishi to`xtasa, probirkaga suv yoki karbid soling.

Download 55.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling