2. Metall atsetilenidlarning hosil qilinishi va xossalari. a) Kumush oksidning ammiakdagi eritmasidan probirkaga 2-3 ml olib, eritmaga atsetilen yuboring. Oq cho`kma tushishini kuzating:
HCCH + 2 [Ag(NH3)2]OH AgCCAg + 4NH3+ 2H2O
b) Probirkaga 2 ml mis(I) xloridning ammiakdagi eritmasidan* quyib unga atsetilen yuboring. Qizil cho`kma tushadi:
HCCH + 2 [Cu(NH3)2]Cl CuCCCu + 4NH3+ 2HCl
2NH3 + HCl 2NH4Cl
* 1 g mis xloridni 2 ml. konts. ammiak eritmasi hamda 10 ml suvda eritib, boshqa probirkaga quyiladi va uning tagiga mis yoki mis sim bo`laklari tashlab saqlanadi. eritmaga 20% li gidroksilamin eritmasidan 2 - 3 tomchi qo`shish zarur, CHunki Si+ havoda oksidlanib, Si+2 ga aylanadi. Gidroksilamin Si++ ni Si+1 gacha qaytaradi:
4 Cu++ + 2NH2OH 4Cu+ + 4H+ + N2O + H20
Eslatma. Atsetilenidlar quritilganda juda portlovchi moddalardir, ular bir oz qizdirilsa yoki biron narsa bilan urilsa tezda portlaydi. Shuning uchun ular bilan ishlashda juda ehtiyot bo`ling.
v) Kumush atsetilenid cho`kmasini ehtiyotlik bilan fil’trlab olib
suvda yuving. Fil’trdagi nam atsetilenidni quruq fil’tr qog`oz orasiga olib quriting va kichkina kristalini asbest to`r ustiga qo`yib qizdiring. Portlash sodir bo`ladi:
AgCCAg + O2 CO2 + Ag2O
Kumush atsetilenidning qolganini fil’tr qog`oz bilan birga (shuningdek mis atsetilenidni ham) 1:4 suyultirilgan xlorid kislotaga solib qo`ying. Chunki kislotalar ta`sirida atsetilenidlar parchalanadi.
AgCCAg + HCl HCCH + 2AgCl
3. Atsetilenga suvning birikishi (Kucherov reaktsiyasi). Kolbaga 3-4 g kal’tsiy karbid solib, unga tomizgich voronka orqali tomchilatib osh tuzining suvdagi eritmasidan (reaksiyani sekinroq olib borish uchun) quying. Probirka A ga 0,2 g sariq simob (II)- oksid, 4 ml suv va 2 ml konts. sul’fat kislota soling. Simob oksidi kislotada erib ketsin. Probirka B ga 3 ml suv (ozroq muz qo`shilgan) solinadi. Kolbada atsetilen hosil bo`la boshlagach, probirka A ni issiq suvli stakanga botiring. Bunda hosil bo`lgan sirka al’degid haydalib, probirka B yig`gichga o`tadi.
HCCH + H2O CH3CHO
Yig`gich-probirkadagi suyuqlikdan olib, unga yodning ozroq ishqor qo`shilgan kaliy yodiddagi eritmasidan tomizing. Sariq rangli yodoform cho`kmasi hosil bo`lishini kuzating:
I2 + NaOH NaI + NaIO
3NaIO + CH3CHO CI3CHO + 3NaOH
CI3CHO + NaOH CHI3 + HCOONa
Sirka al’degidni «kumush kuzgu» reaktsiyasi yordamida aniqlash ham mumkin. Buning uchun hosil qilingan sirka al’degid eritmasidan bir necha tomchi olib, unga kumush oksidning ammiakdagi eritmasidan qo`shing. Probirkani isiting. Probirka devorlarida yaltiroq kumush hosil bo`lishiga e`tibor bering:
2 [Ag(NH3)2]OH + CH3-CHO CH3-COOH + 2Ag + 4NH3+H2O
Do'stlaringiz bilan baham: |