Молекуляр биология” фани бўйича малакавий имтиҳон топшириш учун саволлар
-БИЛЕТ Нуклеин кислоталар: кимёвий таркиби ва аҳамияти
Download 1.08 Mb.
|
Молекуляр биология билет
8-БИЛЕТ
Нуклеин кислоталар: кимёвий таркиби ва аҳамияти. Nuklein kislotalarni o`rganish tarixi va ularning umumiy tavsifi. Nuklein kislotalar yangi biologik modda sifatida 1868 yili shveytsariyalik biolog olim Fridrix Misher tomonidan kashf etilgan. U yiringlash jarayonini sababchisi bo`lgan qon elementi – leykotsitlar yadrosidan ajratib olingan fosforga boy birikmaga ―nuklein‖ nomini beradi. Keyinchalik kislota xossasiga ega bo`lgan bu modda ―nuklein kislota‖ deb ataldi. 1891 yilda nemis olimi Kossel nuklein kislotasini gidrolizlab, uning 3 xil komponentdan: purin yoki pirimidinlar qatoriga kiruvchi geterotsiklik azot asoslari, uglevod va fosfat kislotasidan tashkil topganligini, shuningdek, kislotalarning 2 turi mavjudligini aniqladi. Ular tarkibida uglevod komponenti – pentozaning riboza yoki dezoksiriboza bo`lishiga qarab ribonuklein kislota(RNK) va dezoksiribonuklein kislota(DNK) nomini oldi. 3¹ 5¹ - fosfodiefir bog`lari yordamida bog`lanib, mononukleotidlar zanjiridan tashkil topgan yuqori molekulyar moddalarga nuklein kislotalar yoki polinukleotidlar deyiladi. DNK va RNKning hujayra tarkibidagi umumiy miqdori uning funktsional holatiga bog`liq. Masalan, urug` hujayralarida (spermatozoidlar)da DNK hujayra quruq massasining 60% ini, ko`pchilik hujayralarda 1-10 % gacha, muskullarda esa 0,2 % ga to`g`ri keladi. RNK miqdori odatda DNK ga nisbatan 5-10 marta ko`proq. Jigar, oshqozon osti bezi, embrional to`qimalar kabi faol oqsil sintezlovchi to`qimalarda RNK/DNK nisbati 4 dan 10 gacha. Yadrosi shakllanmagan bakteriyalar (prokariotlar) da DNK molekulasi sitoplazmaning maxsus zonasi – nukleoidida joylashgan. Agar u bakteriyaning hujayra membranasi bilan bog`lansa – mezosoma deb aytiladi. Kichik o`lchamli DNK bo`laklari xromosoma tashqarisida joylashgan bo`lsa, bakteriyalarda bunday qismlar – plazmidalar deyiladi. 137 Yadrosi to`la shakllangan hujayralar (eukariotlar) da DNK yadro bilan yadrocha oralig`ida – xromosomalar tarkibida hamda yadrodan tashqari organoidlar (mitoxondriya va xloroplastlar)da bo`ladi. Hujayra DNK sining taxminan 1-3 % yadrodan tashqarida, qolgan qismi esa yadro ichiga joylashgan. DNK ga nisbatan RNK hujayrada bir tekisda taqsimlangan. Bu esa RNK vazifasining turli-tuman ekanligini ko`rsatadi. Yuqori rivojlangan organizmlar hujayrasida RNK miqdorining 11 % i yadroda, 15 % i mitoxondriyada, 50 % i ribosomada va 24 % i gialoplazmada joylashganligi aniqlangan. DNK ning molekulyar massasi tirik organizm qurilishining murakkablik darajasiga bog`liq. Odam va boshqa yuksak organizm hujayralaridagi xromosomalarda DNK giston va giston bo`lmagan oqsillar bilan bog`lanib, hosil qilgan kompleksiga – dezoksiribonukleoproteidlar (DNP) deyiladi. DNK ga nisbatan RNK ning molekula massasi ancha kichik. Bajaradigan vazifasi, molekula og`irligi va nukleotidlar tarkibiga qarab RNK ning quyidagi asosiy turlari farq qilinadi: informatsion yoki matritsali (mRNK), transport (tRNK) va ribosomal (rRNK). Nuklein kislota komponentlari. Ajratib olinib, tozalangan DNK va RNK maxsus sharoitda kislota (DNK) va ishqor (RNK) ta’sirida gidrolizlanadi; ko`pincha gidrolizlanish polinukleotidlardagi fosfodiefir bog`larini uzadigan maxsus fermentlar – nukleazalar ishtirokida bajariladi. Gidroliz natijasida nuklein kislotalarning struktura monomerlari – azot asosi, pentoza va fosfat kislota qoldiqlaridan iborat bo`lgan mononukleotidlar ajralib chiqadi. Azotli asoslar. Nuklein kislotalarining azotli asoslari kimyoviy tuzilishiga ko`ra 2 guruhga – purin va pirimidin asoslariga bo`linadi. Ularning orasida siyrak (minor) purin va pirimidinli asoslar mavjud. Eng muhim purin asoslariga – adenin (A) va guanin (G); pirimidinlarga esa – sitozin (S), uratsil (U) va timin(T) kiradi. DNK tarkibiga A,G,S,T; RNK tarkibiga esa timindan bo`lak asoslarning hammasi va uratsil kiradi. Minor asoslar asosan tRNK va rRNK da uchraydi. Ularga qo`shimcha metillangan purin va pirimidinli asoslar kiradi. Download 1.08 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling