Molibden ajratib olish Indiy ajratib olish Pirometallurgiya usuli


Download 50 Kb.
bet2/3
Sana25.01.2023
Hajmi50 Kb.
#1122901
1   2   3
Bog'liq
Volfran

Molibden ajratib olish

Molibden yer po‘stlog‘ining 0,001 foizini tashkil etadi. Uni 1778 yilda Sheele topgan. Molibdenning 7 ta tabiiy izotopi ma’lum, 11 ta sun’iy izotopi olingan. Molibdenning minerallari orasida eng muhimi va eng ko‘p uchraydigani molibdenit MoS2 (molibden yaltiroqdir). MDH molibden rudalari Xakasiya, Qozog‘iston va O‘zbekistonda uchraydi. Chet mamlakatlardan AQSH, Norvegiya va Marokashda molibden minerallari ko‘p. Molibdenning 20 dan ortiq minerali mavjud bo‘lib, sanoat ahamiyatiga ega bo‘lganlari – molibdenit MoS2, povelit SaMoO4, molidit Fe2(MoO4)2 7ЅH2O. Sof molibden olish uchun MoS2 kuydirilib,


MoO3 hosil qilinadi:
2MoS2 + 7O2 = 2MoO3 + 4SO2.
Keyin MoO3 vodorod bilan qaytarilib, Mo olinadi. Aluminotermiya usuli bilan ham molibden olish mumkin.
Hozirgi vaqtda molibden konsentratlarini parchalashda asosan
pirometallurgik va gidrometallurgik usullar qo‘llanib kelinmoqda. Ularga quyidagi usullar kiradi:
1. Sulfidli molibden boyitmalarini oksidlovchi kuydirish.
2. Molibdenit minerallarini kislotalar bilan parchalash.
3. Molibdenitning kislorod bilan ishqorli eritmalarini bosim ta’sirida oksidlash.
4. Gipoxlorat natriyni ishqorli eritmasi bilan ishlov berish.


Indiy ajratib olish

Indiy yer po‘stlog‘ining 2–10–5 foizini tashkil etadi. Indiy birinchi marta 1863 yilda olingan; uning spektrida indigo (nil) rangiga o‘xshash ko‘k chiziq bo‘lgani uchun indiy deb atalgan. Indiy birikmalari metall sulfidlarda qo‘shimcha holda uchraydi va shu metallarni ajratib olishda qolgan chiqindilardan yig‘iladi. Indiy eritmasining 2 ta tabiiy va 35 ta sun’iy izotopi bor. Indiy birikmalarini elektroliz qilish yoki oksidlaridan vodorod yordamida qaytarish yo‘li bilan olinadi.


Indiyning asosiy xomashyolari

Tabiatda indiyning asosiy minerallari uchramaydi, lekin sulfidli rux minerallarida hamda rux va qo‘rg‘oshin sulfostanat va sulfoantimonat holida uchraydi. Quyidagi boshqa moddalarni minerallarida indiy eng ko‘p miqdorda: klendrit – Pb6Sb2Sn6Sr da


0,1–1 foizgacha, frankeitda – Pb6Sb2SnS12 da 0,1 foiz va staninda CuFeSnS4 da 0,1 foiz bo‘ladi.

Indiy ishlab chiqarishning asosiy xomashyo bazasi, turli ishlab chiqarish chiqindilari va yarimishlab chiqarish mahsulotlari hisoblanadi. Bularga asosan rux va qo‘rg‘oshin ishlab chiqarish korxonalari chiqindilari va yarimmahsulotlari kiradi. Rux konsentratlarini 850–950 °C da uydirilganda indiyning asosiy qismi rux quyindilari tarkibida qoladi. Ular ikki usulda – pirome-tallurgiya va gidrometallurgiya usulida ajratib olinadi



Download 50 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling