Moliya / Banklar va boshqa kredit muassasalari. Kreditlar]


-bob. Iste’molchilarning murojaatlarini ko‘rib chiqishga qo‘yiladigan talablar


Download 52.44 Kb.
bet6/9
Sana07.02.2023
Hajmi52.44 Kb.
#1174483
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
3262 30.06.2020 (1)

5-bob. Iste’molchilarning murojaatlarini ko‘rib chiqishga qo‘yiladigan talablar
48. Kredit tashkiloti iste’molchilarning murojaatlarini ko‘rib chiqish tartibiga ega bo‘lishi kerak. Bunda, iste’molchilarning murojaatlarini ko‘rib chiqish tartibi mazkur Nizomga va qonunchilik hujjatlariga muvofiq bo‘lishi kerak.
(48-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
49. Kredit tashkiloti tomonidan murojaatlarni ko‘rib chiqish tartibi to‘g‘risidagi ma’lumotlar kredit tashkilotining stendlarida va rasmiy veb-saytida (mavjud bulsa) joylashtirilgan bo‘lishi lozim.
50. Iste’molchining talabiga muvofiq kredit tashkiloti iste’molchiga murojaatlarni ko‘rib chiqish tartibini tushuntirib berishi kerak.
Kredit tashkiloti murojaatlarni o‘z vaqtida va xolisona ko‘rib chiqilishini ta’minlaydi hamda uning natijalari bo‘yicha murojaat etuvchilarni xabardor qiladi.
51. Kredit tashkiloti iste’molchining murojaat qilish huquqini cheklashga haqli emas. Kredit tashkiloti tomonidan iste’molchilarning murojaatlarini ko‘rib chiqish bepul amalga oshiriladi.
Kredit tashkiloti tomonidan murojaatni qabul qilishni rad etishga yo‘l qo‘yilmaydi.
52. Kredit tashkiloti o‘zining rasmiy veb-sayti (mavjud bo‘lsa) orqali iste’molchilarning elektron murojaatlarini qabul qilishni tashkillashtirishi lozim.
53. Iste’molchilarning barcha yozma va elektron murojaatlari o‘sha kunning o‘zida, ish vaqti tugaganidan keyin kelib tushgan taqdirda esa, keyingi ish kunida ro‘yxatdan o‘tkazilishi kerak.
54. Iste’molchilarning murojaatlari kredit tashkilotiga kelib tushgan kundan e’tiboran o‘n besh kundan kechiktirmay, qo‘shimcha o‘rganish va (yoki) tekshirish, qo‘shimcha hujjatlarni so‘rab olish talab etilganda esa bir oygacha bo‘lgan muddatda ko‘rib chiqilishi va yozma yoki elektron shaklda javob berilishi kerak.
55. Quyidagi murojaatlar ko‘rib chiqilmaydi:
anonim murojaatlar;
jismoniy va yuridik shaxslarning vakillari orqali berilgan murojaatlar, ularning vakolatini tasdiqlovchi hujjatlar mavjud bo‘lmagan taqdirda.
Jismoniy va yuridik shaxs vakilining vakolatini tasdiqlovchi hujjatlar mavjud emasligi sababli murojaatlar ko‘rmay qoldirilganligi to‘g‘risida murojaat qiluvchi tegishli tartibda xabardor qilinadi.
56. Telefon orqali murojaat etilganda, ushbu murojaatni keyinchalik ko‘rib chiqishda foydalanish maqsadida iste’molchini oldindan xabar qilgan holda suhbat maxsus (audio) texnika vositalari orqali yozib olinishi mumkin.
57. Kredit tashkiloti xodimining harakati yoki harakatsizligi ustidan kelib tushgan murojaat, shu xodimning o‘ziga ko‘rib chiqish uchun topshirilishi mumkin emas.
58. Iste’molchining murojaati asosli deb topilgan hollarda, kredit tashkiloti kamchiliklarni bartaraf etish, iste’molchining qonuniy manfaatlari va huquqlarini tiklash yuzasidan tegishli choralarni ko‘rishi zarur.
59. Kredit tashkiloti muntazam ravishda:
iste’molchilarning murojaatlarini monitoring qiladi, unda qayd etilgan masalalarni hamda murojaatlar dinamikasini tahlil etadi, umumlashtiradi;
iste’molchilarning murojaatlari bilan ishlashni takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqadi;
aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va kelgusida kredit tashkiloti faoliyatida bunday kamchiliklar takrorlanmasligini ta’minlash lozim.

Download 52.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling