“Moliya” bakalavriat ta’lim yo‘nalishi 4-kurs mm-51 guruh talabasi Karimov Ulug’bek Muhamad o’g’lining malakaviy amaliyot daftari toshkent-2023


Korxona (muassasa, tashkilot) rahbari


Download 444.5 Kb.
bet5/13
Sana21.06.2023
Hajmi444.5 Kb.
#1641168
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Улуғбек 4 курс. 121332

Korxona (muassasa, tashkilot) rahbari ____________________________ ________
(nasl nomasi va ismi) (imzo)


(muhr o‘rni)


4-mavzu. Amaliyot obyektining moliyaviy hisoboti
3-mavzu. Amaliyot obyektining moliyaviy hisobotlari bilan tanishish
2022-yil 30-iyun holatiga AT “Aloqabank” xususiy aksiyadorlik banki moliyaviy holatini, shuningdek, konsolidatsiyalangan daromadlari. Xalqaro moliyaviy hisobot standartlariga (“IFRS”) muvofiq ushbu sanagacha yakunlangan olti oy uchun hisobotlar yoki zararlar va boshqa to‘liq daromadlar, pul oqimlari va kapitaldagi o‘zgarishlari taxlili.
Moliyaviy holat to'g'risidagi oraliq konsolidatsiyalangan hisobot:










Aktivlari








Pul mablag'lari va ularning ekvivalentlari

5

3500 084 538

3 194 999 519

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankidagi hisobvaraqlardagi majburiy zaxiralar

6

61 101 232

26 403 417

Boshqa banklardagi mablag'lar

7

517 353 443

118 517 072

Mijozlarga kreditlar va avanslar

8

5250 034485

2 003 478 196

Investitsion moliyaviy aktivlar

9

1 548 775 246

1 166 233 816

Assotsiatsiyaga investitsiyalar

10

415 692007

156 706 4549

Daromad solig'i bo'yicha avans to'lovlari


3 004 756

256478

Kechiktirilgan soliq aktivi


37 457 343

26600100

Asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar

11

323 492 124

259746 156

Sotish uchun mo'ljallangan uzoq muddatli aktivlar


320456149

14545725

Boshqa aktivlar

12

85 032 435

52 161 416

Jami aktivlar


12 062 483 758

8 430 000 644









Majburiyatlar








Boshqa banklar mablag'lari

13

71 564 000

201 146 745

Mijoz mablag'lari

14

5 146 124 710

3 623 632 415

Boshqa qarz mablag'lari

15

117 452 163

314 954 632

Boshqa majburiyatlar

16

53 715 103

23 745 896

Jami Majburiyatlar


5 388 855 976

4 163 479 688









Kapital








Ustav kapitali

17

623 799 865

482 317 415

Qo'shilgan kapital

17

389 485 956

117 285 562

Taqsimlanmagan foyda va mablag'lar


516 768 745

689 413 798

Jami kapital


1 530 057 566

1 289 016 775

Jami majburiyatlar va o'z kapitali


6 918 913 542

5 452 496 463



Bankning 2021 yildagi faoliyati natijalari bankning asosiy koʼrsatkichlari dinamikasi boʼyicha:
Tahlil qilinayotgan davrda АT “Аloqabank”ning yuqorida qayd etilgan daromad, xarajatlardagi oʼzgarishlar bankning “daromadlarining xarajatlarga nisbati” meʼyoriy koʼrsatkichiga taʼsir koʼrsatib, 2017 yil yakunlariga koʼra bu 124,5 foizni, rentabellik (jami xarajatlarning jami daromadga nisbati) koeffitsienti 80,3 foizni tashkil qildi.
2020 yil yakunlariga ko‘ra, bank balansida ta’minlanmagan kreditlar mavjud emas. Shuningdek, AT “Aloqabank”da muammoli kreditlar miqdori 4,6 mlrd. so‘m bo‘lib, jami kredit portfelidagi ulushi 0,1 foizni tashkil qilgan. Bu esa xalqaro standartlarda belgilangan me’yoriy ko‘rsatkichdan sezilarli darajada past ekanligini ko‘rsatadi. Bankda jami aktivlar bo‘yicha ehtimoliy yo‘qotishlarni qoplash zaxiralari 2017 yilga nisbatan 130 foizga kamayib 4,4 mlrd. so‘mni tashkil qilgan. AT “Aloqabank”ning kredit portfeli iqtisodiyot sohalari bo‘yicha nisbatan yaxshi diversifikatsiyalangan deb baholanadi. Shu bilan birga, bank kredit portfelining asosiy qismini sanoat (27,6%), savdo va umumiy ovqatlanish (18,7%), transport va kommunikatsiya (18,2%), qurilish (7,5%), qishloq xo‘jalik (3,0%), jismoniy shaxslarni kreditlash (20,4%) va boshqa sohalarga berilgan kreditlar tashkil etadi.


Korxona (muassasa, tashkilot) rahbari ____________________________ ________
(nasl nomasi va ismi) (imzo)


(muhr o‘rni)

5-mavzu. Amaliyot obyektini soliqqa tortish

O‘zbekiston tijorat banklari yangi tahrirda tasdiqlangan Soliq kodeksida yirik soliq to‘lovchilar toifasiga kiritildi. 


Bu ma'lumot “O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonuniga asosan Soliq kodeksi yangi tahrirda qabul qilinishi munosabati bilan 14 yanvar kuni Markaziy bankda bank tizimi mas'ul xodimlari, shuningdek, Davlat soliq qo‘mitasi va Moliya vazirligi vakillari ishtirokida o‘tkazilgan seminarda ta'kidlab o‘tildi.
Anjumanda Soliq kodeksiga kiritilgan yangi o‘zgartirish va qo‘shimchalarning mohiyati va ahamiyati yuzasidan ma'lumot va tushuntirishlar berib o‘tildi. Jumladan, tijorat banklari yirik soliq to‘lovchilar toifasiga kiritilganligi hamda ularning alohida bo‘linmalari hisobga olinib, Soliq kodeksining 20-moddasiga asosan banklar (Bosh bank) markazlashgan holda soliq hisobotini taqdim etishi va belgilangan tartibda soliqlarni (yig‘imlarni) to‘lashi qayd etildi.
AT “Aloqabank” ning soliq solinadigan daromadi (foydasi) jismoniy shaxslarning muddatli omonatlari, plastik kartochkalar bo‘yicha omonatlari va joylashtirilgan jamg‘arma sertifikatlari hajmlarining ko‘paygan summasiga, mazkur mablag‘larning yuqorida ko‘rsatilgan omonatlar bo‘yicha foiz stavkalarini oshirishga maqsadli yo‘naltirilishi sharti bilan kamaytiriladi.
Bunda jismoniy shaxslarning muddatli omonatlari, plastik kartochkalar bo‘yicha omonatlari va joylashtirilgan jamg‘arma sertifikatlari hajmining ko‘payishini hisoblab chiqarish uchun bazis davri sifatida hisobot yilining boshi qabul qilinadi va ko‘payish 20406, 20606, 22618 va 23604 hisobvaraqlar bo‘yicha hisobot davri (chorak, yarim yil, 9 oy, yil) boshi va oxirining farqi sifatida aniqlanadi.
Mazkur imtiyozni qo‘llash uchun tijorat banklari ko‘payish summasini yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan omonatlar bo‘yicha foiz stavkalarini oshirish uchun maqsadli foydalanilgan holda alohida hisob raqamda aks ettirishi kerak.
Daromad (foyda) solig‘i hisob-kitobiga Jismoniy shaxslarning muddatli omonatlari, plastik kartochkalar bo‘yicha omonatlari va joylashtirilgan jamg‘arma sertifikatlari hajmining ko‘payishi hisobiga imtiyozlarni qo‘llash hisob-kitobi ma’lumotnomasi ilova qilinadi.
Barcha tijorat banklari kabi “Aloqabank” uchun ham soliq solish obyekti bo‘lib, qonunchilikka muvofiq qo‘shimcha qiymat solig‘i solinadigan aylanmalar hisoblanadi.
Tovarlar, xizmatlar (ishlar)ni sotish bo‘yicha soliq solish obyektining miqdori sotilgan tovarlar, ko‘rsatilgan xizmatlar (ishlar) qiymati asosida, shartnomada aks ettirilgan qo‘llanilgan narxlar va tariflardan kelib chiqib, ularga qo‘shilgan qiymat solig‘ini kiritmasdan belgilanadi.
Qo‘shilgan qiymat solig‘i bo‘yicha budjet bilan hisob-kitoblarning buxgalteriya hisobi “Hisoblangan boshqa soliqlar” balans hisobvaraqda (tijorat banklari va mikrokredit tashkilotlari uchun 22504 balans hisobvarag‘i, kredit uyushmalari uchun 22422 balans hisobvarag‘i) “Qo‘shilgan qiymat solig‘i” alohida shaxsiy hisobvaraqda yuritiladi.



Download 444.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling