“Moliya” bakalavriat ta’lim yo‘nalishi 4-kurs mm-51 guruh talabasi Karimov Ulug’bek Muhamad o’g’lining malakaviy amaliyot daftari toshkent-2023


AT “Aloqabank” aksiyalari davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi (Р0021-27-sonli aksiyalar chiqarilishi qarori)


Download 444.5 Kb.
bet8/13
Sana21.06.2023
Hajmi444.5 Kb.
#1641168
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
Улуғбек 4 курс. 121332

AT “Aloqabank” aksiyalari davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi (Р0021-27-sonli aksiyalar chiqarilishi qarori) AT “Aloqabank” Kengashining 2022 yil 11 avgsutdagi yig‘ilishi hamda O'zbekiston respublikasi Moliya vazirligi tomonidan 2022 yilning 15 sentabrida P0021-27-son bilan davlat ro‘yxatiga olindi. AT “Aloqabank” Kengashining 2019 yil 21 noyabrdagi yig‘ilishi Qarori 70-sonli bayonnomasi asosida qo’shimcha chiqarilgan AT “Aloqabank”ning hujjatsiz shakldagi egasining nomi yozilgan nominal qiymati 121 so‘m bo‘lgan 575 206 611 dona oddiy aksiyalari Kapital bozorini rivojlantirish Agentligi tomonidan 2019 yilning 10 dekabrida P0021-26-son bilan davlat ro‘yxatiga olindi AT “Aloqabank” Kengashining 2020 yil 8 avgustdagi yig‘ilishi Qarori 72-sonli bayonnomasi asosida qo’shimcha chiqarilgan AT “Aloqabank”ning hujjatsiz shakldagi egasining nomi yozilgan nominal qiymati 121 so‘m bo‘lgan 4 507 669 173 dona oddiy aksiyalari Qimmatli qog‘ozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish Markazi tomonidan 2020 yilning 24 avgustida P0021-25-son bilan davlat ro‘yxatiga olindi. AT “Aloqabank” da komplaens nazorat uchun alohida hujjat imzolangan bo’lib, 2021-yil 17-sentabrda 728-son bilan ro’yxatga olingan AT “Aloqabank” kuzatuv kengashi yig’ilishining 55-

sonli bayonnomasi 14-ilovasi “Komplaens-nazorat to’g’risida”gi nizomi asosida barcha tekshiruvlar amalga oshiriladi. Korrupsion holatlarni oldiniolish uchun esa AT “Aloqabank” ichki me’yoriy hujjalarida ham alohida band keltirilgan bo’lib, agarda shunday holatlar yuz bergan taqdirda ko’riladigan choralar ham belgilab qo’yilgan.


2017 yil natijalariga ko‘ra, bankning jami xarajatlari o‘tgan yilga nisbatan 33,1 foizga ortib, 288,1 mlrd. so‘mni tashkil qildi. Bank tomonidan olingan foydaning ortishi soliq to‘lovlarning hajmini ortishiga, shuningdek, homiylik xarajatlari va bank xodimlarining mehnatini munosib rag‘batlantirish bo‘yicha amalga oshirilgan chora-tadbirlar natijasida bankning operatsion xarajatlari o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 29,0 foizga oshib,113,2 mlrd. so‘mni tashkil etdi. Foyda va rentabellik. Tahlil qilinayotgan davrda AT “Aloqabank”ning yuqorida qayd etilgan daromad va xarajatlardagi o‘zgarishlar bankning “daromadlarining xarajatlarga nisbati” me’yoriy ko‘rsatkichiga ta’sir ko‘rsatib, 2017 yil yakunlariga ko‘ra bu 124,5 foizni, rentabellik (jami xarajatlarning jami daromadga nisbati) koeffitsiyenti 80,3 foizni tashkil qildi. Qayd etish lozimki, 2017 yilda bank har 1 so‘mlik xarajatidan 1 so‘m 25 tiyin daromad olgan. Natijasida, bankning sof foydasi 2017 yilda o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 2,02 martaga o‘sib, 70,7 mlrd. so‘mni tashkil qilgan. Bank aktivlarining va xususiy kapitalining rentabelligi mos ravishda 3,2 va 23,0 foizni tashkil etdi.
Bank Boshqaruvi bankning kollegial ijroiya organi hisoblanadi. Mazkur kollegial organ Aksiyadorlarning umumiy yigʻilishi va Kuzatuv kengashi tomonidan taqdim etilgan vakolatlar doirasida bank faoliyatini bank Ustavi va boshqa ichki me’yoriy hujjatlar asosida operativ tarzda olib boradi.
Xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish bilan bir qatorda mahsulotlar hajmini kengaytirish, chakana biznes va elektron tijoratni rivojlantirish ushbu strategiyaning ustuvor vazifalaridan biridir. Bankning uch yillik rejasida xorijiy kredit liniyalarini jalb etish, aholining bo‘sh pul mablag‘larini jalb etgan holda iste’mol kreditlarini keng ko‘lamda ajratib borish kabi chakana xizmatlarni ko‘rsatish orqali bozordagi ulushini oshirish belgilangan.
AT “Aloqabank” bankning texnologik darajasini mijozlarga xizmat ko‘rsatishni yuqori saviyaga ko‘tarish hamda bozorda yuqori darajadagi raqobatbardoshlilikni saqlab qolishning asosiy omili sifatida e’tirof etadi. Shu sababli, bank tomonidan mijozlarga kelgusi uch yil davomida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalardan foydalangan holda elektron tijoratni rivojlantirish va yangi innovatsion xizmatlar ko‘rsatish tizimini isloh etish va uni doimiy ravishda rivojlantirib borish rejalashtirilmoqda.

Download 444.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling