“Moliya” bakalavriat ta’lim yo‘nalishi 4-kurs mm-51 guruh talabasi Karimov Ulug’bek Muhamad o’g’lining malakaviy amaliyot daftari toshkent-2023


AT “Aloqabank”ning asosiy ko’rsatkichlari o’zgarish dinamikasi (mrld. So’m)


Download 444.5 Kb.
bet10/13
Sana21.06.2023
Hajmi444.5 Kb.
#1641168
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
Улуғбек 4 курс. 121332

AT “Aloqabank”ning asosiy ko’rsatkichlari o’zgarish dinamikasi (mrld. So’m)



Likvidlilik. Tahlil qilinayotgan davrda АT “Аloqabank” tomonidan likvidlilik koʼrsatkichi boʼyicha oʼrnatilgan barcha iqtisodiy meʼyorlarga toʼliq amal qilib kelingan boʼlib, bu borada bank faoliyatini barqaror deb baholash mumkin. Bankning likvid aktivlari 2017 yil yakuniga koʼra oʼtgan yilga nisbatan 2,7 martaga oshib, 963,2 mlrd. soʼmni yoki jami aktivlarning 34,5 foizini tashkil etgan. Jumladan, joriy likvidlik koeffitsienti 57,7 foizni tashkil etib, oʼrnatilgan meʼyordan deyarli 2 marta koʼproqdir. Shuningdek, bankning likvidliligini qoplash koeffitsienti 98,9 foizni va sof barqaror moliyalashtirish meʼyori 95,6 foizni tashkil etib, belgilangan meʼyordan mos ravishda 8,9 va 5,6 foiz punktga ortiq.




Korxona (muassasa, tashkilot) rahbari ____________________________ ________
(nasl nomasi va ismi) (imzo)


(muhr o‘rni)

10-mavzu. Korxona moliyaviy strategiyasi va o'rta muddatli rivojlanish istiqbollari

__ AT «Aloqabank» sifat sohasidagi asosiy maqsadlarga erishish va uni amalga oshirish uchun o‘z oldiga quyidagi asosiy yo‘nalishlar va vazifalarni belgilab olgan:



  • xalqaro menejment tamoyillari va usullarini amalga oshirish hamda Korporativ boshqaruv Milliy Kodeksini amaliyotga joriy etish orqali korporativ boshqaruvni takomillashtirish;

  • tavakkalchiliklarni baholash va boshqarish tizimini takomillashtirish; bankning ustav kapitali va sof foydasini oshirish hisobiga bankning kapitallashuv darajasi ortishini ta’minlash;

  • investitsion faollikni oshirish va ishlab chiqarishni modernizatsiyalash, texnik va texnologik qayta jihozlash bo‘yicha loyihalarni kreditlashtirishni jadallashtirish.

AT “Aloqabank”ning 2012 yil 5 noyabrda P0848-3-son bilan davlat ro'yxatiga olingan 30 000 dona foizli korporativ obligatsiyalari 2012 yilning 29 dekabrida to'liq joylashtirildi. 2013 yil 26 iyulda AT “Aloqabank”ning 30 000 dona foizli korporativ obligatsiyalari davlat ro'yxatiga olindi.
Strategiyani samarali amalga oshirish uchun quyidagi vazifalarni bajarish talab qilinadi:
− Strategiyani amalga oshirish uchun qilinadigan ishlar, aniq muddatlar, mas’ul shaxslar ko‘rsatilgan holda chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish;
− Bankning har yillik biznes-rejalarini Strategiya bilan muvofiq kelishini ta’minlash;
− Strategiyadagi ko‘rsatkichlar bajarilishining har oylik (har choraklik) monitoringini o‘rnatish;
− Tashqi sharoitlar va ularning bank faoliyatiga ta’sirini muntazam tahlil qilish va baholash;
− Strategiyaning bajarilishini nazorat qilish, samaradorlikning asosiy ko‘rsatkichlarini tahlil qilish va monitoringini o‘tkazish uchun zarur bo‘lgan biznesjarayonlarni avtomatlashtirish;
− Strategiyaning rejali bajarilishiga ko‘ra rahbariyat va xodimlarni rag‘batlantirish tizimini takomillashtirish. Strategiyani bajarish uchun ko‘rsatilgan mexanizmlar bankning barqaror o‘sishini va strategik maqsadlarga erishishni ta’minlaydi.
Mazkur strategiyani amalga oshirilishi natijasida bank quyidagi sifat ko‘rsatkichlariga erishadi:
- jismoniy va yuridik shaxslarga ko‘rsatiladigan bank xizmatlarini sifat jihatdan mutloq yangi pog‘onaga chiqadi;
- zamonaviy va yuqori texnologik bank xizmatlarini ko‘rsatish borasida respublikadagi yetakchi o‘rnini saqlab qoladi; - mijozlar bilan o‘zaro hurmat, ishonch va oshkoralikka asoslangan manfaatli hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlanadi;
- mijozlarga keng turdagi bank xizmatlarni ko‘rsatish orqali mijozlar va bank aksiyadorlari manfaatlarining uyg‘unlashuviga erishiladi;
- bankda tavakkalchiliklarni boshqarish tizimi xalqaro moliya institutlarining texnik ko‘magi hamda xorijiy ekspertlarni jalb qilish orqali bank tavakkalchiliklarini boshqarishning jahon standartlariga muvofiq holda takomillashtiriladi;
- kapitallashtirish darajasini oshirib borish bilan birga kapitalning rentabelligini yuqori darajada bo‘lishi ta’minlanadi;
- yangi va yirik bo‘lmagan depozitlarni jalb qilish orqali bank depozitlar portfelining mijozlar va tarmoqlar bo‘yicha konsentratsiyalashuvini bosqichmabosqich qisqartirilishiga erishiladi

Download 444.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling