Moliya bozori” fanidan Yada savollari Oddiy va imtiyozli aksiyalar


Ipoteka va ipoteka kreditlash amaliyotini moliyaviy ta’minlash


Download 56.02 Kb.
bet10/11
Sana18.12.2022
Hajmi56.02 Kb.
#1031773
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
MB 25-35

Ipoteka va ipoteka kreditlash amaliyotini moliyaviy ta’minlash.

Mamlakatimizda iqtisodiy islohotlar bilan bir qatorda ijtimoiy sohani rivojlantirish, aholini uy-joy bilan taʼminlash boʻyicha ham qator islohotlar va chora-tadbirlar amalga oshirilib kelinmoqda. Bunda aholini uy-joy bilan taʼminlash maqsadida barcha hududlarda keng miqyosli ishlar davom ettirilayotganligini ham qayd etib oʻtish zarur. Mazkur amaliyotda tijorat banklari faol ishtirok etayotganligi, ipoteka kreditlari taqdim etilayotganligi barchamizga maʼlum. Jahon amali-yotida ipoteka kreditlash amaliyoti bilan bir vaqtda ipoteka qimmatli qogʻozlari muomalasi ham keng doirada qoʻllaniladi. Shundan kelib chiqqan holda quyida ipoteka qimmatli qogʻozlari muomalasi xususida fikr yuritamiz.


“Ipoteka – bu real aktiv bilan taʼminlangan uzoq muddatli kre-ditdir”.23 Kengroq taʼkidlaydigan boʻlsak, “Ipoteka – majburiyatlarni koʻchmas mulk bilan taʼminlashning bir usuli boʻlib, bunda agar garovga qoʻyuvchi oʻz majburiyatlarini bajarmasa, garovga oluvchi oʻz talablarini garovga qoʻyilgan koʻchmas mulk hisobidan qondirish huquqiga ega boʻladi”.24 Ipoteka krediti – banklar tomonidan koʻch-mas mulk garovi asosida koʻchmas mulkni sotib olish yoki qurish uchun beriladigan uzoq muddatli kredit turidir.25 Bunda ipoteka krediti sotib olinayotgan koʻchmas mulk orqali beriladi va garov predmeti sifatida koʻchmas mulk amal qiladi.26 Ipoteka krediti boʻyicha barcha majburiyatlar bajarilgach koʻchmas mulk ipoteka krediti oluvchining toʻliq egaligigiga oʻtadi.
Ipoteka va ipoteka kreditlash amaliyotini moliyaviy taʼminlash maqsadida tijorat banklari tomonidan ipoteka qimmatli qogʻozlari muomalaga chiqarilishi mumkin. Bunday amaliyot xalqaro tajribada keng qoʻllaniladi.
Ipoteka bozori rivojlanish jarayonida bir nechta muammolarga duch kelingan. Yaʼni “birinchidan, dastlabki vaqtdarda ipoteka miqdori jud past boʻlgan. Natijada koʻplab institutsional investorlar bunday kichik moliyaviy instrument ishlashni lozim tompagan.
Ikkinchi muammo ikkilamchi bozorda ipoteka savdolari bilan bogʻliq boʻlib, bunda savdolarning standartlashtirilmaganligi salbiy taʼsir koʻrsatgan. Unda qoplash davrining, foiz stavkalarining, bitim shartlarining turlichaligi amal qilishi ipoteka bozori kengayishiga toʻsqinlik qilgan.
Uchinchidan, ipoteka kreditlari xizmat koʻrsatish nuqtai nazaridan qimmatligi bilan ajralib turgan.
Ipoteka kreditlariga xizmat koʻrsatishni korporativ obligatsiyalar-ga xizmat koʻrsatish bilan solishtirilganda bunga yaqqol guvoh boʻlish mumkin. Kreditor har oylik toʻlovni undirishi, mulk boʻyicha soliqlarni toʻlashi, sugʻurta mukofotlari toʻlab borishi va zaxira hisobi boʻyicha xizmatlar koʻrsatishi lozim. Korporativ obligatsiyalar boʻyicha bunday emas.
Va nihoyat, toʻrtinchidan, ipoteka boʻyicha noaniq toʻlovga qobiliyatsizlik riski mavjud. Investorlar ipoteka boʻyicha kredit oluvchini baholashga koʻp vaqtlarini sarflashni xohlamaydilar. Bu muammolar ipoteka qimmatli qogʻozlari, shuningdek sekyuritizat-siyalashgan ipoteka yuzaga kelishiga olib keldi”.




  1. Download 56.02 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling