Moliya bozori” fanidan Yada savollari Oddiy va imtiyozli aksiyalar


Download 56.02 Kb.
bet7/11
Sana18.12.2022
Hajmi56.02 Kb.
#1031773
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
MB 25-35

Forvard shartnomalari bu ikki tomonning kelishuvi boʻlib, unga koʻra bir tomon sotish majburiyatini olsa, ikkinchi tomon esa kela-jakda amalga oshirishga kelishilgan maʼlum bir muddatda va oʻrnatilgan narxda bazis aktivlarni olish imkoniyatiga ega boʻladi. Forvard shartnomalari birjadan tashqari amalga oshiriladi va uni tuzish vaqtida kontragentlar biron bir xarajat qilishga majbur emas.
Fyuchers shartnomalari forvard shartnomalariga oʻxshash keli-shuvdir. Fyucherslarning oʻziga xos xususiyati shundan iboratki, bu instrument standartlashtirilgan boʻlib, u faqatgina birja savdolarining obyekti sifatida nomoyon boʻladi. Amaliyotda fyuchers shartnoma-larini sotib olish va sotish orqali risklarni xedjirlash mumkin.
Opsion shartnomalari ikki tomon oʻrtasidagi shartnoma boʻlib, u uning egasiga qimmatli qogʻozlarni yoki tovarlarni bitimda qayd etilgan narxda belgilangan muddatda xarid qilish huquqini beradi.



  1. Forvard shartnomalari xususiyatlari.

Forvard shartnomalari bu birjadan tashqarida tuziluvchi, kelajakda bazis aktivni yetkazib berish haqidagi tomonlarning kelishuvidir. Shartnoma shartlari bitimni tuzish paytida kelishib olinadi. Shartnoma ana shu kelishib olingan shartlar boʻyicha belgilangan muddatlarda amalga oshiriladi.
Qoidaga koʻra forvard shartnomasi kerakli aktivlarni haqiqatda sotish yoki sotib olishni amalga oshirish va xaridor hamda sotuvchi-larni narxlarni salbiy oʻzgarishlaridan sugʻurtalash maqsadida tuziladi.
Forvard shartnomalarini ijro etish majburiy hisoblanishiga qara-may kontragentlar uni amalga oshmay qolishidan sugʻurtalanmagan, bunday holatlarga tomonlardan birining bankrotligi yoki insofsizligi ham sabab boʻlishi mumkin. Shuning uchun shartnoma imzolangunga qadar hamkorlar bir birlarining toʻlovga layoqatliklari va obroʻ eʼtiborlari haqida toʻliq maʼlumotga ega boʻlishlari lozim.
Shartnomani tuzishda tomonlar bitim amalga oshiriladigan narxni kelishib olishlari lozim boʻladi. Ushbu narx yetkazib berish narxi deyiladi va forvard shartnomani amalga oshirish davrida oʻzgarishsiz qoladi. Forvard shartnoma bilan aloqador forvard narx tushunchasi ham bordir. Maʼlum bir davr uchun bazis aktivning forvard narxi deb – forvard shartnomani tuzish davrida unda belgilab qoʻyilgan narx tushiniladi.
Tovarlarning forvard narxi. Agar forvard shartnoma bazis aktivi tovar hisoblansa, u holda uning egasi forvard shartnoma xaridoridan farqli ravishda tovarlarni saqlash, ularni transportda yetkazish va sugʻurtalash bilan bogʻliq qoʻshimcha xarajatlarni amalga oshiradi. Oʻz navbatida tovarning forvard narxi koʻrsatilgan xarajatlar summa-siga mos ravishda oshirilishi lozim.
Misol. 1 unsiya oltinning spot narxi 1875 dollar. Agar risksiz foiz stavkasi yillik 7%ni tashkil etsa, tovarni saqlash xarajatlari, transport xarajatlari va sugʻurtalash bilan bogʻliq xarajatlar boʻyicha quyidagi ikki holatni inobatga olgan holda, oltinning uch oylik forvard narxi qanchaga teng boʻladi?
1) Har bir unsiyaga 15 dollardan xarajat toʻgʻri keladi;
2) Tovar qiymatidan yillik 4% miqdorida toʻgʻri keladi.
Birinchi holatda forvard narxga xarajatlarni qoʻshish lozim.

Ikkinchi holatda esa risksiz foiz stavkaga oltinning qiymatidan kelib chiqib aniqlanadigan xarajatlar miqdorini qoʻshish orqali tovarning forvard narxini aniqlash lozim.



Umuman olganda bozor ishtirokchilari tomonidan forvard narxlarni aniqlash orqali bozordagi mavjud forvard shartnomalarining haqiqiy qiymatini baholash hamda arbitraj operatsiyalarini amalga oshirish imkoniyatlarini oʻrganish mumkin. Xuddi mana shu tartibda aktivlarning fyuchers narxlari ham aniqlanadi.


  1. Download 56.02 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling