Moliya bozori” fanidan Yada savollari Oddiy va imtiyozli aksiyalar
Fyuchers shartnomalari va turlari
Download 56.02 Kb.
|
MB 25-35
Fyuchers shartnomalari va turlari.
Fyuchers shartnomalari bu ikki tomon oʻrtasida bazis aktivni kelajakda yetkazib berish boʻyicha birjada tuzilgan bitimdir. Ushbu shartnomalarning sharti birja tomonidan belgilanadi va ular har bir bazis aktiv uchun standart hisoblanadi. Forvard shartnomasi kabi fyuchers shartnomasi ham amalga oshi-rilishi shart hisoblanadi. Shu bilan birgalikda fyuchers shartnomalarini forvard shartnomasidan bir qator muayyan farqli tomonlari ham mavjud: fyuchers shartnomasi standartlashtirilgan hisoblanadi (shartno-malarning oʻziga xos xususiyatlaridan kelib chiqib, bitim boʻyicha barcha shartlar (yetkazib berish narxidan tashqari) birja tomonidan belgilanadi); fyuchers shartnomasini amalga oshirilishi birja tomonidan kafolatlanadi; fyuchers bozorining ishtirokchisi shartnoma muddati tugagunicha istalgan vaqtda oʻzining pozitsiyasini qarama – qarshi yoʻnalishdagi shartnoma (ofset) bilan yopishi mumkin (jumladan, fyuchers bozorida qisqa pozitsiyani yopish uchun huddi mana shuncha shartnomalar miqdorida uzun pozitsiyasini ochish lozim, bunday holatda savdo ishtirokchisining pozitsiyasi bekor qilinadi); fyuchers bozorida moliyaviy kafolat tizimi amal qiladi, bunda har bir fyuchers shartnomasi boʻyicha maʼlum bir pozitsiyani ochish uchun birja eng kam miqdorda garov taʼminotini belgilaydi hamda uni saqlaydi. Garov badali boshlangʻich yoki depozit marjasi deb atalib, u asosan shartnoma summasidan 2 – 10% ni tashkil etadi. Fyuchers shartnomalarining asosini nafaqat tovalar, balki moliyaviy instrumentlar ham tashkil etishi mumkin. Bazis aktivlarini moliyaviy instrumentlar, yaʼni qimmatli qogʻozlar, fond indekslari, valyutalar, bank depozitlari tashkil etuvchi shartnomalar moliyaviy fyuchers shartnomalari deyiladi. Moliyaviy fyuchers shartnomasi foiz stavkalariga asoslangan forvard shartnomasiga oʻxshaydi, moliyaviy instrumentlarni bir tomondan ikkinchi tomonga, kelajakda belgilangan muddatda yetkazib berilishidan darak beradi. Lekin u forvard shartnomasidan maʼlum bir tomonlari bilan farqlanadi, jumladan fyuchers shartnomalari forvard bozoridagi defolt holatlari va likvidlilik bilan bogʻliq muammolarni yengib oʻtadi.17 Hozirgi kunda zamonaviy fyuchers bozorlari asosan moliyaviy fyuchers shartnomalari hisobiga rivojlanib kelmoqda. Biz yuqorida forvard shartnomalari haqida fikr yuritganimizda, forvard narxini aniqlash formulasini keltirgan edik. Ana shu formula orqali fyuchers narxini ham aniqlash mumkin, lekin bu borada fyuchers bozorining oʻziga xos xususiyalarini inobatga olish zarur. Jumladan, fyuchers bozorlarida arbitraj operatsiyalarini amalga oshirish imkoniyati ancha kam. Bu avvalo fyuchers shartnomalarining likvidliligi yuqoriroq ekanligi bilan bogʻliq. Fyuchers narxi deganda fyuchers shartnomasini imzolashda belgilangan narx tushunilib, u investorlarning tegishli aktiv boʻyicha kelajakda kutayotgan spot narxini aks ettiradi. Fyuchers shartnomasini imzolashda bazis aktivning fyuchers narxi spot narxidan yuqori yoki past boʻlishi mumkin. Agar fyuchers narxi spot narxidan yuqori boʻlsa, u holda bu holat kontango deyiladi. Agarda teskarisi, yaʼni fyuchers narxi spot narxidan past boʻlsa, u holda bu holat bekuordeyshn deyiladi. Fyuchers narxi va spot narxi oʻrtasidagi farq bazis deb ataladi. Shartnoma muddatining oxirida bazis nolga teng boʻladi, chunki fyuchers narx va spot narx oʻzaro bir nuqtada kesishadi, yaʼni bazis aktivning fyuchers narxi spot narxga yaqinlashib boradi. Bazis, tovar – xomashyo mahsulotlari bilan savdolarda alohida ahamiyatga ega18. Fyuchers narxini belgilashning asosiy nuqtasi bu “yetkazib berish narxi”ni aniqlashdir. Yetkazib berish narxi – bu shartnoma davri davomida bazis aktivga egalik qilish bilan bogʻliq barcha xarajatlar va yoʻqotilgan foydadir. Uning tarkibi quyidagi elementlardan iborat: a) aktivni saqlash va sugʻurtalash bilan bogʻliq xarajatlar; b) bazis aktivni sotib olishga sarflangan summadan investor olishi mumkin boʻlgan foiz; qarz uchun investor toʻlaydigan foiz. Download 56.02 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling