Moliya bozorida banklar va nobank krеdit institutlari
Download 16.95 Kb.
|
1 2
Bog'liq2.MOLIYA BOZORIDA BANKLAR VA NOBANK KRЕDIT
MOLIYA BOZORIDA BANKLAR VA NOBANK KRЕDIT INSTITUTLARI 13.1. Moliya bozorida banklarning ishtiroki Banklar moliya bozorining faol ishtirokchilari hisoblanadi. Zamonaviy moliya bozori murakkab tizimga ega boʻlib, pul bozori, kredit bozori, qimmatli qogʻozlar bozori, valyuta bozori va boshqalarni oʻz ichiga oladi hamda ularning har birida banklar ishtiroki kuzatiladi. Umumiy holda banklar moliya bozorida emitent, investor, investitsion vositachilar sifatida ishtirok etadi. Ayrim davlatlarda banklar depozitariy vazifasini ham bajaradi. Banklarning emitent sifatida faoliyati aksiyalar, korporativ obligatsiyalar, depozit sertifikatlari muomalaga chiqarishi va investorlar oʻrtasida joylashtirishi bilan izohlanadi. Shuningdek, “Markaziy bank davlatning qimmatli qogʻozlari, shuningdek Markaziy bankning oʻzi chiqargan qarz majburiyatlarini xarid qilishi va ochiq bozorda sotishi mumkin” Oʻzbekiston Respublikasi “Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonuniga asosan tijorat banklari “qimmatli qogʻozlar chiqarish, xarid qilish, sotish, hisobini yuritish va ularni saqlash, mijoz bilan tuzilgan shartnomaga binoan qimmatli qogʻozlarni boshqarish, qimmatli qogʻozlar bilan boshqa operatsiyalarni bajarish” kabilarni amalga oshiradi. Umumiy holda banklar qimmatli qogʻozlar bozorida quyidagi operatsiyalarni amalga oshirishi mumkin: - qimmatli qogʻozlarni chiqarish, sotib olish, sotish, saqlash; - qimmatli qogʻozlarga mablagʻlar kiritish; - ishonchli boshqaruvchi sifatida mijoz topshirigʻi asosida qimmatli qogʻozlarni boshqarish; - qimmatli qogʻozlar oldi-sotdi jarayonida mijoz tops hirigʻi asosida uning hisobidan vositachilik funksiyalarini bajarish, broker vazifasini bajarish; - qimmatli qogʻozlar chiqarish va muomalasi masalalari boʻyicha konsultatsion xizmatlar koʻrsatish (invetitsiya maslahatchiligi); - investitsion kompaniya, anderrayter sifatida qimmatli qogʻozlar chiqarilishini tashkil etish; - qimmatli qogʻozlarni joylashtirish boʻyicha uchinchi shaxslar foydasiga kafolat berish. Oʻzbekiston Respublikasi “Qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisida”gi Qonuniga asosan, mamlakatimizda korporativ obligatsiyalar investorlarga tegishli mablagʻlarning emitentlar tomonidan toʻlanishi boʻyicha toʻlov agentlari vazifasini bajaruvchi tijorat banklari ishtirokida chiqariladi. Infratuzilma obligatsiyalari chiqarilganda esa ularni joylashtirish dan tushgan mablagʻlar alohida bank hisobvaragʻida jamlanadi va emitentning ulardan maqsadli foydalanilishini nazorat qiluvchi kuzatuv kengashi yoki yuqori boshqaruv organi qaroriga koʻra sarflanadi. Emitent majburiyatlarining bajarilishi garov, bank kafolati yoki qonunda nazarda tutilgan boshqa usullar bilan qoʻshimcha taʼminlanadigan obligatsiyalarni chiqarish toʻgʻrisidagi qarorda qoʻshimcha taʼminot bergan shaxs toʻgʻrisidagi va taʼminot shartlari haqidagi maʼlumotlar ham koʻrsatilishi kerak. Bu holda obligatsiyalarni chiqarish toʻgʻrisidagi qaror qoʻshimcha taʼminot bergan shaxs tomonidan ham imzolanishi kerak. Bundan ham koʻrinib turibdiki tijorat banklari kafolati ostida ham obligatsiyalar chiqarilishida chiqarilishi mumkin. Tijorat banklari tomonidan depozit sertifikatlarini chiqarish qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organi bilan kelishilgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.Bunda depozit sertifikati — bankka qoʻyilgan omonat summasini va omonatchining (sertifikat saqlovchining) omonat summasini hamda sertifikatda shartlashilgan foizlarni sertifikatni bergan bankdan yoki shu bankning istalgan filialidan belgilangan muddat tugaganidan keyin olish huquqini tasdiqlovchi noemissiyaviy qimmatli qogʻozdir. Veksellarni chiqarish esa qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organi bilan kelishilgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Bunda veksel beruvchining yoxud vekselda koʻrsatilgan boshqa toʻlovchining vekselda nazarda tutilgan muddat kelganda veksel egasiga muayyan summani toʻlashga doir qatʼiy majburiyatini tasdiqlovchi noemissiyaviy qimmatli qogʻoz veksel hisoblanadi. Mamlakatimizda va xorijiy emitentlar qimmatli qogʻozlarni mustaqil ravishda, shuningdek banklar va investitsiya vositachilari orqali joylashtirish huquqiga ega. Ayni paytda Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy baki to monida “Kvars” aksiyadorlik jamiyati aksiyalari joylashtirilayotganligi bunga yaqqol misol boʻladi. Shu oʻrinda “qimmatli qogʻozlarga doir narxlarning, talab va taklifning darajasini saqlab turish uchun birja bitimlari tuzilganda market -meyker birjaga, Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysiga, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankiga yigʻimlar va boshqa toʻlovlar toʻlashdan ozod qilinganligini” 89 taʼkidlash lozim. Emitentlar qimmatli qogʻozlarni mustaqil ravishda, shuningdek banklar va investitsiya vositachilari orqali joylashtirish huquqiga ega. Bunda banklar va investitsiya vositachilari emitentlar tomonidan chiqarilgan emissiyaviy qimmatli qogʻozlar chiqarilishining joylashtirilmagan qismini sotib olish majburiyatini olib yoki olmagan holda emissiyaviy qimmatli qogʻozlarni emitent nomidan sotish toʻgʻrisida emitentlar bilan shartnomalar tuzishi mumkin. Bunda emitent, shuningdek u bilan shartnomaga koʻra emissiyaviy qimmatli qogʻozlar joylashtirilishini amalga oshiruvchi banklar va investitsiya vositachilari mazkur qimmatli qogʻozlar olinguniga qadar investorga qimmatli qogʻozlar emissiya risolasi va emissiyaviy qimmatli qogʻozlarni joylashtirish shartlari bilan tanishib chiqish imkoniyatini taʼminlashi shart. Qimmatli qogʻozlarning uyushgan savdosida qimmatli qogʻozlarga doir bitimlar natijalari boʻyicha pul mablagʻlarining hisob-kitoblari Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki tomonidan amalga oshiriladi. Qimmatli qogʻozlarning uyushgan savdosida qimmatli qogʻozlarga doir bitimlar natijalari boʻyicha qimmatli qogʻozlardagi hisob -kitoblar esa Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysi va (yoki) investitsiya vositachisi tomonidan amalga oshiriladi. Moliya bozorida tijorat banklari kredit operatsiyalari orqali faol ishtirok etishi barchaga maʼlum holat. Shuningdek valyuta bozorida ham banklarning faolligi bozor iqtisodiyoti sharoitida alohida ahamiyatga ega. Download 16.95 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling