Moliya bozorida banklar va nobank krеdit institutlari
Aksiyadorik tijorat banklari aksiyalar emitenti sifatida
Download 16.95 Kb.
|
1 2
Bog'liq2.MOLIYA BOZORIDA BANKLAR VA NOBANK KRЕDIT
13.2. Aksiyadorik tijorat banklari aksiyalar emitenti sifatida
Banklar, qoida tariqasida, mulkchilikning har qanday shakli asosida aksiyadorlik jamiyati tarzida tashkil etiladi. Yuridik va jismoniy shaxslar, shu jumladan chet ellik yuridik va jismoniy shaxslar bank muassislari boʻlishi mumkin. Har bir aksiyadorning ustav kapitalidagi ishtirokining eng koʻp ulushi qonun hujjatlari bilan belgilanadi. Bank muassislari bank aksiyadorlari tarkibidan u roʻyxatga olingan kundan boshlab bir yil mobaynida chiqib ketish huquqiga ega emaslar. Bankning boshqa banklarning ustav kapitalida ishtirokiga yoʻl qoʻyilmaydi, chet el kapitali ishtirokidagi banklar va shoʻba banklar tashkil etish hollari, shuningdek qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa hollar bundan mustasno. Bank ustavida ustav faoliyatga doir qator masalalar bilan birga tijorat banki ustav kapitalining miqdori, muassislar roʻyxati va ustav kapitalidagi ulushlarning taqsimoti belgilab qoʻyiladi. Bankning ustav kapitali bank muassislari va aksiyadorlari toʻlagan pul mablagʻlaridan tashkil topadi. Kreditga va garovga olingan mablagʻlardan hamda boshqa jalb etilgan mablagʻlardan bankning ustav kapitalini shakllantirish uchun foydalanishga yoʻl qoʻyilmaydi. Alohida hollarda qonun hujjatlariga muvofiq bankning ustav kapitalini shakllantirish uchun byudjet mablagʻlaridan foydalanilishi mumkin. Eng kam ustav kapitali bank muassislari tomonidan uni roʻyxatga olish paytigacha toʻlanishi kerak. Ustav kapitali uchun toʻlanadigan mablagʻlar Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy bankida yoki boshqa banklarida ochilgan jamgʻarish hisobvaragʻiga oʻtkaziladi. Koʻrsatilgan mablagʻlardan depozit sifatida foydalanish mumkin. Banklar ustav kapitalining eng kam miqdori Markaziy bank tomonidan belgilanadi. Hozirgi kunda yangidan tashkil etilayotgan tijorat banklari ustav kapitalining eng kam miqdori 100,0 milliard soʻm qilib belgilandi. Ilgari bu talab aksiyadorlik tijorat banklari va xususiy banklar uchun alohida -alohida belgilangan boʻlib, 10 million yevro va 5 million yevro ekvivalentida edi. Tijorat banklari tomonidan ustav kapitalini shakllantirishda oddiy va imtiyozli aksiyalar muomalaga chiqarilishi mumkin. 2018 yil 15 fevral holatiga respublikamizda faoliyat koʻrsatayotgan 26 ta tijorat banki tomonidan jami 11704,63 milliard soʻmlik aksiyalar joylashtirilgan ( -rasm). -rasm. Respublikamizda moliya institutlari tomonidan muomalaga chiqarilgan aksiyalar miqdori, milliard soʻmda (05.01.2018 yil holatiga) Yuqoridagi rasm maʼlumotlaridan ham koʻrinib turibdiki, respublikamiz aksiyalar bozorida moliya institutlari ichida banklar keskin yuqori ulushga ega. Banklar oʻz faoliyati davomida aksiyalar shaklidagi oʻz qimmatli qogʻozlari bilan kafolatlangan kredit berishga; oldindan Markaziy bankning roziligini olmay turib, oʻz aksiyalarini sotib olishga haqli emaslar. Yuridik yoki jismoniy shaxs yoxud oʻzaro kelishuv bilan bogʻlangan yoki bir-birining mol-mulkini nazorat qiluvchi yuridik va jismoniy shaxslar guruhi tomonidan bir yoki bir necha bitim natijasida bank aksiyalarining 5 foizidan ortigʻini olish Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki xabardor qilinishini, foizidan ortigʻini olish esa, oldindan uning roziligini olishni talab qiladi. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining oldindan roziligini olish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. 13.3. Moliya bozorida nobank kredit institutlari Xalqaro amaliyotda nobank kredit institutlari, xususan jamgʻarma uyushmalari va kredit uyushmalari moliya bozorida faol tarzda faoliyat yuritadi. Kredit uyushmalari oʻz aʼzolari tomonidan boshqariladigan moliyaviy tashkilot boʻlib, oʻz aʼzolariga maʼqul shartlarda kredit beradi va boshqa moliyaviy xizmatlar koʻrsatadi Mikrokredit tashkilotlari Lombardlar Download 16.95 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling