Moliya bozorini tartibga solishda jahon tajribasidаn foydаlаnish va qimmatli qog’ozlar bozorini yanada rivojlantirish istiqbollari


Download 32.93 Kb.
bet1/3
Sana11.10.2023
Hajmi32.93 Kb.
#1697758
  1   2   3
Bog'liq
Ravshan2023



MOLIYA BOZORINI TARTIBGA SOLISHDA JAHON TAJRIBASIDАN FOYDАLАNISH VA QIMMATLI QOG’OZLAR BOZORINI YANADA RIVOJLANTIRISH ISTIQBOLLARI

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Moliya va buxgalteriya hisobi fakulteti moliya va moliyaviy texnalogiyalar yo’nalishi 4-bosqich talabasi Nafasov Ravshan Najmiddin o’g’li


ravshannajmiddinovich@gmail.com
Anotatsiya: Ushbu maqolada rivojlanayotgan va raqobat tobora ortib borayotgan jahon iqtisodiyoti sharoitida moliya bozorini va shu jumladan qimmatli qog’ozlar bozorini jahon andozalariga mos holda tartibga solish va yanada rivojlantirish buyicha fikr va mulohazalar keltirilgan.
Kalit so’zlar: Moliya bozori, Investitsion jozibadorlik, Qimatli qog’ozlar bozori va xususiylashtirish.
Mamlakatimizda moliya bozorlarini shu jumladan qimmatli qog’ozlar bozorini yanada rivojlantirishni davrning o’zi talab qilmoqda va bu talab bugungi kunda iqtisodiyotimizdagi muhim vazifalardan biriga aylanib ulgurdi. Moliya bozori iqtisodiyotni rivojlantirish, yalpi ichki mahsulotni oshirish, kapital jalb qilish, taqsimlash va qayta taqsimlash shuningdek investitsion jozibadorlikni oshirishga xizmat qiladi. Shubhasiz bu borada mamlakatimizda ko’plab amaliy ishlar olib borilmoqda. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev tomonidan 11.09.2023-yilda tasdiqlangan “O’zbekiston-2030” strategiyasi PF-158-sonli farmonida ham ushbu masalaga alohida toʻxtalib oʻtilgan. Unda xorijiy va mahalliy investitsiyalarni jalb qilish hamda korxonalar, moliyaviy institutlar va aholining erkin mablag‘larini qimmatli qog’ozlar bozoriga jalb qilish orqali qimmatli qog’ozlar bozorini yanada rivojlantirishga qaratilgan O‘zbekiston Respublikasi moliya bozorlarini o‘rta muddatli va uzoq muddatli istiqbolda rivojlantirish konsepsiyasini ishlab chiqish belgilab qo’yilgan. Strategiyaga muofiq 2030-yilgacha mamlakatimizda investitsiya muhitini va qimmatli qog’ozlar bozorini rivojlantirish buyicha yo’l xaritasi va turli maqsadlar belgilangan. Shu jumladan umumiy hajmi 250 milliard dollarlik investitsiyalarni o’zlashtirish, 110 milliard dollarlik xorijiy investitsiyalar va 30 milliard dollarlik davlat-xususiy sherriklik doirasidagi investitsiyalarni jalb qilish nazarda tutilgan. Bundan tashqari hozirgi qimmatli qog’ozlar savdosi hajmini 2030-yilga borib 8 milliard dollarga yetkazish zarurligi hamda pay va venchur jamg’armalar faoliyatini yo’lga qo’yish orqali portfel investitsiyalar hajmini 2 barobarga oshirish zarurligi takidlab utilgan. Pay va venchur fondlarini tashkil qilish ko’plab start-up loyihalarni hayotga tatbiq qilinishiga sabab buladi. Bu albatda YaIM hajmini oshishiga, ishsizlik hajmini kamayishiga va insonlar hayot tarzini yanada rivojlanishiga olib keladi. Yana bir muhim maqsad 40 ta davlat ishtirokidagi korxonalar aksiyalarini “Xalq IPO”siga chiqarish ya’ni xalqchil IPO tizimini yaratish va aholini IPOda qatnashishini rag’batlantirish mexanizimini joriy qilish muhimligi aytilgan1. Bu shubhasiz xususiylashtirishga keng yo’l ochib beradi va iqtisodiyotdagi davlat ulushini qisqarishiga asos yaratadi. Bundan tashqari 2022-2026-yillarga mo’ljallangan “Yangi O’zbekiston taraqqiyot strategiyasi”da keltirilgan maqsadlar ham fikrimizga asos bo’ladi, 27-maqsadda keltirilishicha mamlakatimizda kapital harakatini bosqichma-bosqich erkinlashtirish hamda yirik korxonalarni va ulardagi ulushlarni fond birjasi orqali xususiylashtirish keltirib o’tilgan2.
Demak yuqoridagi maqsadlarga erishish uchun har tomonlama puxta o’ylangan va hozirgi davr talabiga to’laqonli javob beradigan xalqaro standartlarga asoslangan moliya va qimmatli qog’ozlar bozoriga talab ortib bormoqda. Bozor iqtisodiyoti sharoitida moliya bozorini rivojlanishiga qarab, uning ishtirokchilari faoliyatini ikki xil tartibga solish amaliyoti taraqqiy topgan, ya’ni ular davlat va bozor munosabatlariga mos, yoki bozor orqali tartibga solish shakllari hisoblanadi. Moliya bozorini xususan qimmatli qog’ozlar bozorini bozor orqali tartibga solish iqtisodiyotning qiymat va talab-taklif qonuniga asoslanadi. Moliya bozorida ushbu qonunlarning amal qilishi raqobat muhitida jahon iqtisodiyoti ehtiyojlariga mos ravishda xalqaro moliyaviy oqimlarni ta’minlab beradi. Iqtisodiy agentlar alohida moliyaviy vositalar narxining (kursi yoki foiz stavkasi) o’zgarishi, shakllanishi orqali ularni sotib oluvchilarning talablarini va ularga bo’lgan taklifni aniqlaydilar. Bunda, xalqaro moliya bozori o’zini-o’zi tartibga soluvchi tizim sifatida namoyon bo’ladi.


Download 32.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling