Moliya bozorining risklari va partfelni boshqarish reja


Moliya bozori va qimmatli qog’ozlar bozorida risklarning oldini olish borasidagi ishlar


Download 50.28 Kb.
bet4/8
Sana30.01.2024
Hajmi50.28 Kb.
#1816854
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Moliya bozorining risklari va partfelni boshqarish-fayllar.org

Moliya bozori va qimmatli qog’ozlar bozorida risklarning oldini olish borasidagi ishlar
Moliya bozori va qimmatli qog’ozlar bozorida xatarlarni oldini olish yoki ta’sirini kamaytirish uchun xatarning har bir turiga qarshi turuvchi sug’o’rtalash shakllari va usullarini ishlab chiqish kerak. Hozirgi qimmatli qog’ozlar bozorida endi to’laqonli amal qilinayotgan mamlakatlarda shu jumladan O’zbekiston Respublikasida ham qq operatsiyalari bilan xatarlarni sug’o’rtalash etarli darajada rivojlanmagan. Bunday xatarlarni sug’o’rtalash qimmatli qog’ozlar bozori va sug’o’rta ishining birlashishidagi eng muhim faoliyat sohalaridan biri hisoblanadi, uni mamlakat amaliyotida juda yaqin vaqt ichida o’zlashtirish muhim vazifadir. Bu borada talabalar to’liq ma’lumotlarni “Sug’urta” fanini o’rganish jarayonida oladilar.

Risklarning oldini olishning ikkinchi yo’li bu qimmatli qog’ozlar bozorida xedjirlashdir. Xedjirlash – bu fyuchers, optsion, varrant kelishuvlarida (asosiy qqning oldi-sotdisi bilan bir vaqtda bo’lganligi sababli) narx va foyda xavf-xatarini sug’o’rta qilish shakllaridan biridir. Xedjirlash sotuvchi (xaridor) shartnomani tuzish bilan bir vaqtda, o’z savdosiga teng keladigan, aytaylik, fyuchers shartnomalarini xarid qiladi (yoki sotadi).


Xedjirlash:
  • tomonlar ko’radigan ehtimoldagi ziyonni kamaytirish imkonini beradi;


  • tovar narxi o’zgarishi bilan ko’riladigan zarar fyuchers bo’yicha olinadigan yutuq bilan belgilanadi.


Bank, birja, tijorat amaliyotida valyuta xatarini sug’o’rta qilishning turli usullari ham xedjirlash deb yuritiladi.


Xedjirlash mexanizmining harakati shundan iboratki, qqning optsion, fyuchers savdosini amalga oshiruvchi qimmatli qog’ozlar bozorida bir tomondan sotuvchi shaklida ishtirok etsa, ikkinchi tomondan xaridor sifatida qatnashadi va natijada sotuvchi sifatida yutqazsa, sotib oluvchi sifatida yutib chiqadi, shu bilan o’z daromadini qoplaydi, masalan shu jarayonni ikki xil holda kuzataylik:

Download 50.28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling