Moliya deganda nimani tushunasiz?


Download 96 Kb.
bet10/11
Sana15.06.2023
Hajmi96 Kb.
#1477518
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
moliya 300 6

12

128

Jami daromadi bir milliard so’mdan oshmagan tadbirkorlar QQS va Foyda solig’ini to’lash o’rniga qaysi soliqni to’lovchisi bo’ladi?

A. Aylanmadan olinadigan soliq
B. Aktsiz solig’i
C. Yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq
D. Deklaratsiya asosida soliqqa tortish
ANSWER: A



129

O’zbekiston Respublikasining rezidenti bo’lgan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’i stavkasi necha foiz?

A. 12 foiz
B. 13 foiz
C. 15 foiz
D. 9 foiz
ANSWER: A



130

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 26 sentyabrdagi PF-5837-son “O’zbekiston Respublikasining soliq siyosatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi Farmoniga asosan 2019 yilning 1 oktyabridan qo’shilgan qiymat solig’i stavkasi necha foiz etib belgilandi?

A. 15 foiz
B. 20 foiz
C. 12 foiz
D. 10 foiz
ANSWER: A



131

Qo‘shilgan qiymat solig‘I (QQS) ob’ektiga nimalar kiradi?

A. soliq solinadigan oborot, soliq solinadigan import
B. soliq solinadigan import
C. soliq solinadigan oborot
D. soliq solinadigan oborot, soliq solinadigan eksport
ANSWER: A



132

Mahalliy soliqlar qaysi soliqalr kiradi?

A. Yer solig’i, mol-mulk solig’i,
B. QQS, yer solig’i, mol-mulk solig’i, suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq
C. Yer qa'ridan foydalanganlik uchun soliq aktsiz solig’i, yer solig’i
D. Yuridik shaxslarning foyda solig’i, suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq
ANSWER: A



133

Soliq to’lovchilarning joylashishi mezoniga ko’ra qaysi soliq turlari stavkalari tabaqalashtirilgan?

A. Qat'iy soliq
B. Mol-mulk solig’i
C. Foyda solig’i
D. Yer solig’i
ANSWER: A



134

Jismoniy shaxslarning jami yillik daromadi tarkibi nimadan iborat?

A. Mehnatga haq to’lash tarzidagi daromadlar, mulkiy daromadlar, moddiy naf tarzidagi daromadlar va boshqa daromadlar
B. Mehnat haqi, mulkiy daromadlar
C. Tadbirkorlik faoliyatidan olingan daromadlar, mehnat haqi
D. Mehnatga haq to’lash tarzidagi daromadlar, mulkiy daromadlar, moddiy naf tarzidagi daromadlar
ANSWER: A



135

O’zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining nechanchi moddasida soliqlar va yig`imlarning turlari keltirilgan?

A. 17-modda
B. 23-modda
C. 31-modda
D. 6-modda
ANSWER: A



136

O’zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining Maxsus qismida qaysi masalalar yoritilgan?

A. Soliqlar va boshqa majburiy to’lovlar hamda ularning elementlari
B. Tekshirish turlari
C. Soliq tamoyillari
D. Soliq nazoratining shakllari
ANSWER: A



137

Soliqlar to`lovchilar subyektiga ko’ra qanday guruhlanadi?

A. Jismoniy va yuridik shaxslardan olinadigan soliqlar
B. Oborotdan, mol-mulkdan va daromaddan olinadigan soliqlar
C. Egri va to’g’ri soliqlar
D. Mahalliy va umumdavlat soliqlar
ANSWER: A



138

Aylanmadan olinadigan soliqni toʻlovchilari bolib kimlar hisoblanadi?

A. Soliq davrida tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan jami daromadi bir milliard soʻmdan oshmagan yuridik shaxslar
B. Aksiz soligʻi toʻlanadigan tovarlarni (xizmatlarni) ishlab chiqaruvchi yuridik shaxslar
C. Lotoreyalarni tashkil etish boʻyicha faoliyatni amalga oshiruvchi yuridik shaxslar
D. Jami daromadi bir milliard soʻmdan oshgan yuridik shaxslar
ANSWER: A



139

Aylanmadan olinadigan soliq tatbiq etilmaydigan soliq toʻlovchilar toʻgʻri keltirilgan javobni tanlang?

A. Aksiz soligʻi toʻlanadigan tovarlarni (xizmatlarni) ishlab chiqaruvchi va foydali qazilmalarni kavlab olishni amalga oshiruvchi yuridik shaxslarga
B. Tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan daromadi yuz million soʻmdan oshgan, lekin bir milliard soʻmgacha boʻlgan yakka tartibdagi tadbirkorlar
C. Soliq davrida tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan jami daromadi bir milliard soʻmdan oshmagan yuridik shaxslar
D. Yakka tartibdagi tadbirkorlar
ANSWER: A



140

Qishloq xoʻjaligi tovar ishlab chiqaruvchilariga 25 gektar va undan ortiq sugʻoriladigan ekin maydoni mavjud boʻlsa qaysi soliq turi tatbiq etilmaydi?

A. Aylanmadan olinadigan soliq
B. Daromad soligʻi
C. Qoʻshilgan qiymat soligʻi
D. Ijtimoiy soliq
ANSWER: A



141

Aholisi soni yuz ming nafar va undan koʻp kishidan iborat shaharlarda chakana savdo sohasidagi soliq toʻlovchilar uchun aylanmadan olinadigan soliq stavkasi necha foiz qilib belgilangan?

A. 4 foiz
B. 15 foiz
C. 6 foiz
D. 10 foiz
ANSWER: A



142

Lombard xizmatlarini koʻrsatadigan yuridik shaxslar uchun aylanmadan olinadigan soliq stavkasi necha foiz qilib belgilangan?

A. 25 foiz
B. 12 foiz
C. 20 foiz
D. 18 foiz
ANSWER: A



143

Aholisi soni yuz ming nafar va undan koʻp kishidan iborat shaharlarda joylashgan ulgurji va chakana dorixona tashkilotlari uchun aylanmadan olinadigan soliq stavkasi necha foiz qilib belgilangan?

A. 3 foiz
B. 5 foiz
C. 6 foiz
D. 13 foiz
ANSWER: A



144

Aylanmadan olinadigan soliqni toʻlash muddatlari toʻgʻri koʻrsatilgan javobni tanlang?

A. Tegishli hisobot (soliq) davri uchun soliq hisobotini taqdim etish muddatidan kechiktirmay amalga oshiriladi.
B. Tegishli soliq davri uchun soliq hisoboti taqdim etilgandan soʻng 5 ish kunidan kechiktirmay amalga oshiriladi.
C. Tegishli soliq davri uchun soliq hisobotini taqdim etish muddatidan oʻn kundan soʻng amalga oshiriladi.
D. Tegishli soliq davri uchun soliq hisobotini taqdim etish kunidan keyingi kundan soʻng amalga oshiriladi.
ANSWER: A



145

Bojxona rasmiylashtiruvi boʻyicha xizmatlar koʻrsatadigan yuridik shaxslar (bojxona brokerlari) uchun aylanmadan olinadigan soliq stavkasini toʻgʻri koʻrsatilgan javobni tanlang?

A. 5 foiz.
B. 16 foiz.
C. 20 foiz.
D. 33 foiz.
ANSWER: A



146

Borish qiyin boʻlgan va togʻli tumanlarda joylashgan chakana savdo korxonalari uchun aylanmadan olinadigan soliq stavkasi necha foiz qilib belgilangan?

A. 1 foiz.
B. 10 foiz.
C. 15 foiz.
D. 33 foiz.
ANSWER: A



147

Elektron tijorat subyektlarining Milliy reyestriga kiritilgan soliq toʻlovchilar uchun aylanmadan olinadigan soliq stavkasi necha foiz qilib belgilangan?

A. 2 foiz.
B. 5 foiz.
C. 7 foiz.
D. 4 foiz
ANSWER: A



148

Soliq kodeksiga asosan mol-mulk soligʻi toʻlovchilari boʻlgan yuridik shaxslar toifasini aniqlang?

A. Oʻzbekiston Respublikasida soliq solish obyekti hisoblangan mol-mulkka ega boʻlgan yuridik shaxslar, hamda Oʻzbekiston Respublikasi xududida koʻchmas mulkka ega boʻlgan norezident yuridik shaxslar.
B. Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashkarida mol - mulkka ega boʻlgan yuridik shaxslar.
C. Oʻzbekiston Respublikasi hududidan avto transport vositalariga ega boʻlgan OʻzR. norezident yuridik shaxslari.
D. Oʻzbekiston Respublikasi hududidan asbob-uskunalarga ega boʻlgan yuridik shaxslar.
ANSWER: A



149

2022, 2023 yilda yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq stavkasi necha foiz?

A. 1,5 %
B. 2 %
C. 4 %
D. 3 %
ANSWER: A



150

Oʻz vaqtida ishga tushirilmagan uskunalarga qanday tartibda soliq hisoblanadi?

A. oʻz vaqtida ishga tushirilmagan uskunalar soliq solish obyekti tarkibiga kiritilmaydi.
B. oʻz vaqtida ishga tushirilmagan uskunalarning oʻrtacha yillik qiymatidan 10 foizi soliq hisoblanadi.
C. oʻz vaqtida ishga tushirilmagan uskunalarning oʻrtacha yillik qiymatidan 50 foizi soliq hisoblanadi.
D. oʻz vaqtida ishga tushirilmagan uskunalarning oʻrtacha yillik qiymatidan 35 foizi soliq hisoblanadi.
ANSWER: A



151

Soliq kodeksiga binoan quyidagilardan qaysilari yuridik shaxslarning mol-mulk soligʻi obyekti tarkibiga kiradi?

A. Temir yoʻllar, magistral truboprovodlar, aloqa va elektr uzatish liniyalari, shuningdek ushbu obyektlarning ajralmas texnologik qismi boʻlgan inshootlar.
B. Tabiatni muhofaza qilish va sanitariya - tozalash maqsadlari, yongʻin xavfsizligi uchun foydalaniladigan obyektlar.
C. Soliq toʻlovchining balansida boʻlgan hamda tadbirkorlik faoliyatida foydalanilmayotgan, fuqaro muhofazasi va safarbarlik ahamiyatiga molik obyektlar.
D. Umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllari.
ANSWER: A



152

Qurilish tashkilotlari yoki imoratlarni quruvchilar balansida koʻrsatilgan turar-joy mulklari, ushbu koʻchmas mulk foydalanishga topshirilgandan keyin qachondan boshlab soliq solish obyektiga aylanadi?

A. Qurilish tashkilotlari yoki imoratlarni quruvchilar balansida koʻrsatilgan turar-joy mulklari, ushbu koʻchmas mulk foydalanishga topshirilgandan keyin olti oy oʻtgach soliq solish obyektiga aylanadi.
B. Qurilish tashkilotlari yoki imoratlarni quruvchilar balansida koʻrsatilgan turar-joy mulklari, ushbu koʻchmas mulk foydalanishga topshirilgan oydan soliq solish obyektiga aylanadi.
C. Qurilish tashkilotlari yoki imoratlarni quruvchilar balansida koʻrsatilgan turar-joy mulklari, ushbu koʻchmas mulk foydalanishga topshirilgan keyin 12 oydan keyin soliq solish obyektiga aylanadi.
D. Qurilish tashkilotlari yoki imoratlarni quruvchilar balansida koʻrsatilgan turar-joy mulklari, ushbu koʻchmas mulk foydalanishga topshirilgan keyin 24 oydan keyin soliq solish obyektiga aylanadi.
ANSWER: A



153

Qurilishi tugallanmagan obyektlarning, qurilishning normativ muddati belgilanmagan boʻlsa, qurilishi tugallanmagan obyektlarga mol-mulk soligʻini hisoblash qaysi muddatdan soʻng kiritiladi?

A. Ushbu obyektlarning qurilishiga vakolatli organning ruxsati olingan oydan e’tiboran yigirma toʻrt oy ichida qurilishi tugallanmagan obyektlarga kiradi.
B. Ushbu obyektlarning qurilishiga vakolatli organning ruxsati olingan oydan e’tiboran qurilishi tugallanmagan obyektlar kiradi.
C. Ushbu obyektlarning qurilishiga vakolatli organning ruxsati olingan oydan e’tiboran olti oy ichida qurilishi tugallanmagan obyektlar kiradi.
D. Ushbu obyektlarning qurilishiga vakolatli organning ruxsati olingan oydan e’tiboran un ikki oy ichida qurilishi tugallanmagan obyektlar kiradi.
ANSWER: A



154

Yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq bazasi qanday aniqlanadi?

A. Oʻrtacha yillik qoldiq qiymatiga nisbatan aniqlanadi.
B. Oʻrtacha yillik kiymatiga nisbatan aniqlanadi.
C. Oʻrtacha oylik qoldiq qiymatiga nisbatan aniqlanadi
D. Oʻrtacha chorakliq qoldiq qiymatiga nisbatan.
ANSWER: A



155

Normativ (belgilangan) muddatda tugallanmagan qurilish obyektlari uchun yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq bazasi qanday aniqlanadi?

A. Oʻrtacha yillik qiymatiga nisbatan aniqlanadi.
B. Oʻrtacha yillik qoldiq qiymatiga nisbatan aniqlanadi.
C. Oʻrtacha oylik qoldiq qiymatiga nisbatan aniqlanadi.
D. Chorak qoldik qiymatiga nisbatan.
ANSWER: A



156

Yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqning bazaviy soliq stavkasi necha foiz belgilangan?

A. Yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqning bazaviy stavkasi 2 foiz.
B. Yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqning bazaviy stavkasi 5 foiz.
C. Yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqning bazaviy stavkasi 1 foiz.
D. Yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigansoliqning bazaviy stavkasi 10 foiz.
ANSWER: A



157

Normativ (belgilangan) muddatda tugallanmagan qurilish obyektlarining yuridik shaxslarning mol-mulk soliq stavkasini aniqlang?

A. Normativ (belgilangan) muddatda tugallanmagan qurilish obyektlari soliq stavkasi 4 foiz qilib belgilangan.
B. Normativ (belgilangan) muddatda tugallanmagan qurilish obyektlari soliq stavkasi 8 foiz qilib belgilangan.
C. Normativ (belgilangan) muddatda tugallanmagan qurilish obyektlari soliq stavkasi 6 foiz qilib belgilangan.
D. Normativ (belgilangan) muddatda tugallanmagan qurilish obyektlari soliq stavkasi 5 foiz qilib belgilangan.
ANSWER: A



158

Soliq kodeksiga asosan qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalarining nominal quvvati 0.1 MVt va undan koʻp boʻlgan taqdirda bunday manbalardan energiya ishlab chiqaruvchilariga yuridik shaxslarning mol mulk soligʻidan imtiyoz necha yil qilib belgilangan?

A. Ular foydalanishga joriy etilgan paytdan e’tiboran 10 yil muddatga imtiyoz beriladi.
B. Ular foydalanishga joriy etilgan paytdan e’tiboran 3 yil muddatga imtiyoz beriladi.
C. Ular foydalanishga joriy etilgan paytdan e’tiboran 5 yil muddatga imtiyoz beriladi.
D. Ular foydalanishga joriy etilgan paytdan e’tiboran 7 yil muddatga imtiyoz beriladi.
ANSWER: A



159

Jismoniy shaxslarning mol-mulk soligʻini soliq davri uchun toʻlash muddati qachon?

A. soliqni toʻlash teng ulushlarda 15-aprelga va 15-oktabrga qadar amalga oshiriladi
B. hisobot yilining 15 oktyabriga qadar
C. hisobot yilining 15 iyun va 15 dekabriga qadar
D. hisobot yilining 1 oktyabriga qadar
ANSWER: A



160

2022, 2023 yilda soliq qonunchiligiga asosan shaharlarda joylashgan jismoniy shaxslarning 200 kv.m dan oshiq va 500 kv.m gacha boʻlgan turar joylari va kvartiralari uchun mol-mulkiga solinadigan soliq stavkasi qancha?

A. 0,25 %
B. 0,22 %
C. 0,025 %
D. 0,2 %
ANSWER: A



161

2022, 2023 yilda soliq qonunchiligiga asosan shaharlarda joylashgan jismoniy shaxslarning 500 kv.m dan ortiq boʻlgan turar joylari va kvartiralari uchun mol-mulkiga solinadigan soliq stavkasi qancha?

0,49
Soliq qonunchiligiga asosan shaharlarda joylashgan jismoniy shaxslarning 200 kv.m dan oshiq va 500 kv.m gacha boʻlgan turar joylari va kvartiralari uchun mol-mulkiga solinadigan soliq stavkasi qancha?
A. 0,25 %
B. 0,22 %
C. 0,025 %
D. 0,2 %
ANSWER: A



162

Jismoniy shaxslarning mol-mulkini baholash boʻyicha organlar belgilangan kadastr qiymati boʻlmasi shartli kiymati qancha miqdorda olinadi?

A. Toshkent shahri va viloyat markazlarida 210 000,0 ming.soʻm, boshqa shaharlar va qishloq joylarda 84 000,0 ming.soʻm
B. Toshkent shahri va viloyat markazlarida 210 000,0 ming.soʻm, boshqa shaharlar va qishloq joylarda 90 000,0 ming.soʻm
C. Toshkent shahri va viloyat markazlarida 210 090,0 ming.soʻm, boshqa shaharlar va qishloq joylarda 90 010,0 ming.soʻm
D. Toshkent shahri va viloyat markazlarida 210 000,0 ming.soʻm, boshqa shaharlar va qishloq joylarda 89 000,0 ming.soʻm
ANSWER: A



163

Jismoniy shaxs yoki oilaviy korxona turar joydan unda istiqomat qilish bilan bir vaqtda tovarlar ishlab chiqarish (ishlar bajarish, xizmat koʻrsatish) uchun foydalangan taqdirda mol-mulk soligʻi stavkasi qanday hisoblanadi?

A. jismoniy shaxslar uchun belgilangan stavka boʻyicha
B. yuridik shaxslar uchun belgilangan stavka boʻyicha
C. 1,15 %
D. 1,45 %
ANSWER: A



164

Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqni davlat roʻyxatidan oʻtkazuvchi organlarda belgilangan tartibda roʻyxatga olinmagan yangi qurilgan turar joylar boʻyicha jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq mol-mulk shartli qiymatining necha barobari miqdoridan kelib chiqib soliq hisoblanadi?

A. 2 barobari
B. 3 barobari
C. 1 barobari
D. 2,5 barobari
ANSWER: A



165

Yangi imoratlar, binolar va inshootlar boʻyicha jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq qachondan boshlab toʻlanadi?

A. mulk huquqi yuzaga kelgan oydan e’tiboran toʻlanadi
B. barpo etilgan yildan keyingi uch yildan soʻng toʻlanadi
C. barpo etilgan yildan keyingi yil boshidan e’tiboran toʻlanadi
D. barpo etilgan yildan keyingi ikki yildan soʻng toʻlanadi
ANSWER: A



166

Mol-mulk soligʻi boʻyicha imtiyozlarni qoʻllash maqsadida soliq solinmaydigan maydon necha kvadrat metr qilib belgilandi?

A. 60
B. 55
C. 65
D. 50
ANSWER: A



167

Jismoniy shaxslar mol-mulkiga solinadigan soliqni hisoblab chiqarishda kadastr hujjatlarida belgilangan kadastr qiyimatiga nisbatan belgilanadigan eng kam me’yor qancha miqdorni tashkil qiladi?

A. 42 000,0 ming soʻm
B. 3 000,0 ming soʻm
C. 420 000,0 ming soʻm
D. 4 200,0 ming soʻm
ANSWER: A



168

Soliq kodeksining 421-moddasida belgilangan imtiyozlar jismoniy shaxslar tomonidan tadbirkorlik faoliyati uchun foydalaniladigan yoxud yuridik shaxsga yoki yakka tartibdagi tadbirkorga ijaraga berilgan soliq solish obyektlariga nisbatan qoʻllaniladimi?

A. yakka tartibdagi tadbirkorlarga imtiyoz koʻzda tutilmagan
B. qisman qoʻllaniladi
C. 60 metr kv. metrgacha imtiyoz qoʻllaniladi
D. 50 foiziga imtiyoz qoʻllaniladi
ANSWER: A



169

Meros boʻyicha oʻtgan mol-mulk uchun jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq merosxoʻrlar tomonidan qachondan boshlab toʻlanadi?

A. Mulk huquqi vujudga kelgan oydan e’tiboran toʻlanadi
B. Mulk huquqi vujudga kelgan yilning keyingi yilidan boshlab
C. Mulk huquqi vujudga kelgan yildan e’tiboran toʻlanadi
D. Mulk huquqi vujudga kelgan kundan e’tiboran toʻlanadi
ANSWER: A



170

Soliq toʻlovchi mol-mulk soligʻidan imtiyoz olish huquqiga ega boʻlgani holda Toshkent shahrida hamda Toshkent viloyatida turar joy obyekti boʻlganda soliq imtiyozi qaysi biriga tadbiq etiladi?

A. soliq toʻlovchining tanlashi boʻyicha faqat bitta obyektiga
B. Fargʻona viloyati joylashgan obyektiga
C. Toshkent shahrida hamda Fargʻona viloyatida joylashgan turar joy obyektlariga
D. Toshkent shahrida joylashgan obyektiga
ANSWER: A



171

Yangi tahrirdagi Soliq kodeksiga asosan, kimlar yuridik shaxslardan olinadigan yer soligi toʻlovchisi hisoblanadi?

A. Mulk huquqi, egalik qilish, foydalanish yoki ijara huquqlari asosida yer uchastkalariga ega boʻlgan yuridik shaxslar, OʻzR. norezidentlari yuridik shaxslardan olinadigan yer soligʻini toʻlovchilari hisoblanadi.
B. Mulk huquqi, foydalanish yoki ijara huquqlari asosida yer uchastkalariga ega boʻlgan yuridik shaxslar, OʻzR. norezidentlari yuridik shaxslardan olinadigan yer soligʻini toʻlovchilari hisoblanadi.
C. Mulk huquqi, egalik qilish, ijara huquqlari asosida yer uchastkalariga ega boʻlgan yuridik shaxslar, OʻzR. norezidentlari yuridik shaxslardan olinadigan yer soligʻini toʻlovchilari hisoblanadi.
D. Mulk huquqi, egalik qilish, foydalanish huquqlari asosida yer uchastkalariga ega boʻlgan yuridik shaxslar, OʻzR. norezidentlari yuridik shaxslardan olinadigan yer soligʻini toʻlovchilari hisoblanadi.
ANSWER: A



172

Qanday obyekt yuridik shaxslarning yer soliq solish obyekti hisoblanadi?

A. Mulk huquqi, egalik qilish, foydalanish yoki ijara huquqlar asosida yuridik shaxslarda boʻlgan yer uchastkalari.
B. Notijorat tashkilotlari tomonidan notijorat faoliyati doirasida foydalaniladigan yerlar.
C. Aholi punktlarining, bogʻdorchilik, uzumchilik yoki polizchilik shirkatlarining umumiy foydalanishdagi yerlari.
D. Rekreatsiya ahamiyatiga molik yerlar.
ANSWER: A



173

Yer uchastkalariga boʻlgan mulk huquqi, egalik qilish, foydalanish yoki ijara huquqi yil mobaynida soliq toʻlovchiga oʻtgan boʻlsa, oʻsha yer uchastkalari qachondan soliq bazasi sifatida qaraladi?

A. Yer uchastkalariga tegishli huquq vujudga kelganidan keyingi oydan e’tiboran hisoblab chiqariladi.
B. Yer uchastkalariga tegishli huquq vujudga kelgan oydan e’tiboran hisoblab chiqariladi.
C. Yer uchastkalariga tegishli huquq vujudga kelganidan keyingi ikki oydan e’tiboran hisoblab chiqariladi.
D. Yer uchastkalariga tegishli huquq vujudga kelganidan keyingi 6 oydan e’tiboran hisoblab chiqariladi.
ANSWER: A



174

Yer uchastkasining maydoni kamaytirilgan taqdirda, soliq bazasi yer uchastkasi maydoni qaysi oydan e’tiboran kamaytiriladi?

A. Yer uchastkasining maydoni kamaytirilgan taqdirda, soliq bazasi yer uchastkasi maydoni kamaytirilgan oydan e’tiboran kamaytiriladi.
B. Yer uchastkasining maydoni kamaytirilgan taqdirda, soliq bazasi yer uchastkasi maydoni kamaytirilgan oyning keyingi oydan e’tiboran kamaytiriladi.
C. Yer uchastkasining maydoni kamaytirilgan taqdirda, soliq bazasi yer uchastkasi maydoni kamaytirilgan oyning keyingi 6 oydan e’tiboran kamaytiriladi.
D. Yer uchastkasining maydoni kamaytirilgan taqdirda, soliq bazasi yer uchastkasi maydoni kamaytirilgan oyning keyingi 12 oydan e’tiboran kamaytiriladi.
ANSWER: A



175

Yuridik shaxslarda soliq imtiyoziga boʻlgan huquq vujudga kelgan taqdirda, soliq bazasi qaysi oydan e’tiboran kamaytiriladi?

A. Yuridik shaxslarda soliq imtiyoziga boʻlgan huquq vujudga kelgan taqdirda, soliq bazasi ushbu huquq vujudga kelgan oydan e’tiboran kamaytiriladi.
B. Yuridik shaxslarda soliq imtiyoziga boʻlgan huquq vujudga kelgan taqdirda, soliq bazasi ushbu huquq vujudga kelgan oydan keyingi oydan kamaytiriladi.
C. Yuridik shaxslarda soliq imtiyoziga boʻlgan huquq vujudga kelgan taqdirda, soliq bazasi ushbu huquq vujudga kelgan oydan keyingi 6 oydan keyin kamaytiriladi.
D. Yuridik shaxslarda soliq imtiyoziga boʻlgan huquq vujudga kelgan taqdirda, soliq bazasi ushbu huquq vujudga kelgan oydan keyingi 12 oydan keyin kamaytiriladi.
ANSWER: A



176

Tasdiqlangan loyihaga muvofiq melioratsiya ishlari amalga oshirilayotgan sugʻoriladigan yerlar − ishlar boshlanganidan e’tiboran necha yil muddatga imtiyoz ega?

A. Besh yil muddatga.
B. Oʻn yil muddatga.
C. Oʻn besh yil muddatga.
D. Uch yil muddatga.
ANSWER: A



177

Qayta tiklanadigan manbalaridan energiya ishlab chiqaruvchilar qayta tiklanadigan energiya manbalari (nominal quvvati 0.1 MVt va koʻproq) uskunalari bilan band yer uchastkalari boʻyicha ular foydalanishga kiritilgan vaqtdan necha muddatga soliqdan ozod etiladi?

A. Oʻn yil muddatga.
B. Oʻn besh yil muddatga.
C. Besh yil muddatga.
D. Uch yil muddatga.
ANSWER: A



178

Qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yerlar boʻyicha yer soligʻi hisoboti soliq organlariga qanchon taqdim etiladi?

A. Joriy soliq davrining 10 yanvariga qadar.
B. Joriy soliq davrining 1 mayiga qadar.
C. Joriy soliq davrining 1 sentyabrga qadar.
D. Joriy soliq davrining 1 dekabrga qadar.
ANSWER: A



179

Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlar boʻyicha yer soligʻi hisoboti soliq organlariga qanchon taqdim etiladi?

A. Joriy soliq davrining 1 mayiga qadar.
B. Joriy soliq davrining 10 yanvarga qadar.
C. Joriy soliq davrining 1 sentyabrga qadar.
D. Joriy soliq davrining 1 dekabrga qadar.
ANSWER: A



180

Toshkent shahrida joylashgan yuridik shaxslar uchun yer soligʻini hisoblashda nechta hudud mavjud?

A. 1,2,3,4,5-hududlar.
B. 0,1,2,3,4-hududlar.
C. 1,4,5-hududlar.
D. 1,2,3-hududlar va baholanmagan yerlar uchun berilgan zona.
ANSWER: A



181

Jismoniy shaxsga yer ajratilgan holda u ushbu yerdan foydalanmasa yer soligʻi toʻlaydimi?

A. Belgilangan tartibda berilgan yer uchastkalari uchun yer soligʻi yer uchastkasidan foydalanish faktidan qat’iy nazar, jismoniy shaxslar tomonidan toʻlanadi
B. Hisoblangan soliqning yarmini toʻlaydi
C. Hisoblangan soliqlar kechiladi
D. Toʻlamaydi
ANSWER: A



182

Qanday fuqarolarga yer soligʻidan imtiyoz beriladi?

A. I va II guruh nogironlari, yolgʻiz pensionerlar, boquvchisini yoʻqotgan koʻp bolali oilalar
B. Pensionerlarga, Davlat organlari xodimlariga
C. Oilada nogironi bor fuqarolarga
D. Shaxsiy pensiya tayinlangan shaxslarga
ANSWER: A



183

Jismoniy shaxslarga tegishli boʻlgan noturar joy obyektlari uchun yer soligʻidan imtiyoz mavjudmi?

A. Imtiyoz nazarda tutilmagan
B. Tuman hokimi qarori chiqqandan soʻng ikki yilga ozod etiladi
C. Madaniyat, ta’lim va sogʻliqni saqlash obyektlari egallagan yerlar uchun
D. Sogʻlomlashtirish ahamiyatiga molik yerlar uchun
ANSWER: A



184

Soliq kodeksining 429-moddasiga asosan yer maydonlaridan hujjatlarsiz yoxud yer uchastkasiga boʻlgan huquqni tasdiqlovchi hujjatlarda koʻrsatilganidan kattaroq hajmda foydalanilganda yer soligʻining summasiga ekvivalent miqdorda: yuridik shaxslarga - nechchi baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi?

A. toʻrt baravari miqdorida
B. uch baravari miqdorida
C. besh baravari miqdorida
D. ikki baravari miqdorida.
ANSWER: A



185

Soliq kodeksining 437-moddasiga asosan yer maydonlaridan hujjatlarsiz yoxud yer uchastkasiga boʻlgan huquqni tasdiqlovchi hujjatlarda koʻrsatilganidan kattaroq hajmda foydalanilganda yer soligʻining summasiga ekvivalent miqdorda: jismoniy shaxslarga - nechchi baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi?

A. uch baravari miqdorida
B. ikki baravari miqdorida.
C. besh baravari miqdorida
D. toʻrt baravari miqdorida
ANSWER: A



186

Noturar joy obyekti koʻp qavatli binoda joylashgan boʻlsa mazkur noturar obyektidan yer soligʻi qanday hisoblanadi

A. Qavatlar soniga boʻlingan holda hisoblanadi
B. Agar noturar joy obyekti birinchi qavatda joylashgan boʻlsa, egallagan maydoniga nisbatan belgilangan stavkada
C. Agar noturar joy obyekti ikkincha va undan yuqori qavatda joylashgan boʻlsa yer soligʻi undirilmaydi
D. Noturar obyekt joylashgan joyinining barcha maydoniga nisbatan belgilangan stavkada
ANSWER: A



187

Jismoniy shaxslarning yer soligʻini soliq davri uchun toʻlash muddati qachon?

A. 15-aprel va 15-oktabrga qadar teng ulushlarda amalga oshiriladi
B. hisobot yilining 15 oktyabriga qadar
C. hisobot yilining 15 iyun va 15 dekabriga qadar
D. hisobot yilining 16 oktyabriga qadar
ANSWER: A



188

Soliq toʻlovchi yer soligʻidan imtiyoz olish huquqiga ega boʻlgani holda Toshkent shahrida hamda Toshkent viloyatida turar joy obyekti boʻlganda soliq imtiyozi qaysi biriga tadbiq etiladi?

A. soliq toʻlovchining tanlashi boʻyicha faqat bitta obyektiga
B. Fargʻona viloyati joylashgan obyektiga
C. Toshkent shahrida hamda Fargʻona viloyatida joylashgan turar joy obyektlariga
D. Toshkent shahrida joylashgan obyektiga
ANSWER: A



189

Fuqarolarga uy joy qurish uchun ajratilgan yerlar boʻyicha belgilangan normativdan ortiq yer maydonlari uchun bazaviy soliq stavkalariga qancha koʻpaytiruvchi koeffitsent qoʻllagan holda soliqlar hisoblanadi

A. 1,5
B. 1,15
C. 2
D. 1
ANSWER: A



190

Soliq organlari har yili qaysi muddatda soliq summasi va uni toʻlash muddatlari koʻrsatilgan toʻlov xabarnomasini jismoniy shaxslarga topshiradi?

A. 1 martdan kechiktirmay
B. 1 fevraldan kechiktirmay
C. 1 maydan kechiktirmay
D. 1 iyundan kechiktirmay
ANSWER: A



191

Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq solish obyekti deb nimaga aytiladi?

A. Yer usti va yer osti manbalaridan olib foydalaniladigan suv resurslari.
B. Notijorat tashkilotlar tomonidan notijorat faoliyatni amalga oshirish doirasida foydalaniladigan suv resurslari.
C. Sogʻliqni saqlash muassasalari tomonidan davolash maqsadida foydalaniladigan yer osti mineral suvlari.
D. Gidroelektrostansiyalar gidravlik turbinalarining harakati uchun foydalaniladigan suv resurslari.
ANSWER: A



192

Quyidagilardan qaysilari suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq solish obyekti sifatida qaralmaydi?

A. Gidroelektrostansiyalar gidravlik turbinalarining harakati uchun foydalaniladigan suv resurslari.
B. Yer usti manbalaridan olib foydalaniladigan suv resurslari.
C. Yer osti manbalaridan olib foydalaniladigan suv resurslari.
D. Artezan quduqlari va skvajinalar yordamida olingan suvlar.
ANSWER: A



193

Suv resurslarining soliq bazasi deb nimaga aytiladi?

A. Foydalanilgan suvning hajmi.
B. Soliq davri uchun belgilangan suv miqdori.
C. Yillik suv miqdori.
D. Hisobot davriga belgilangan belgilangan suv miqdori.
ANSWER: A



194

Suv resurslarining soliq bazasi qanday tartibda aniqlanadi?

A. Suv hajmi suvdan foydalanishning buxgalteriya hisobi hujjatlarida aks ettirilgan suv oʻlchagich asboblar koʻrsatkichlari asosida aniqlanadi.
B. Ishlatilmagan suv hajmidan kelib chiqqan holda aniqlanadi.
C. Suvsoz bilan tuzilgan shartnoma asosida.
D. Yomgʻir suvlaridan kelib chiqqan holda aniqlanadi.
ANSWER: A



195

Soliq organlariga vodoprovod tarmogʻiga suv resurslarining yer usti va yer osti manbalaridan kelib tushadigan suv xajmlari nisbati toʻgʻrisidagi ma’lumotnoma kim tomonidan va qachon taqdim etiladi?

A. Suv yetkazib berishni amalga oshiruvchi yuridik shaxslar, joriy soliq davrining 15 yanvarigacha soliq organlariga taqdim etiladi.
B. Qishloq xoʻjaligi vazirligi, joriy soliq davrining 15 yanvarigacha taqdim etiladi.
C. Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi, joriy soliq davrining 10 yanvarigacha taqdim etiladi.
D. Tabiyatni muxofaza qilish qoʻmitasining joylardagi boʻlinmalar tomonidan joriy soliq davrining 15 yanvargacha taqdim etiladi.
ANSWER: A



196

Soliq organlari suv hajmlari nisbati toʻgʻrisidagi ma’lumotnomani olgandan keyin qancha muddat ichida soliq toʻlovchilariga yetkazib beradi?

A. Uch kun ichida ushbu ma’lumotlarni soliq toʻlovchilar e’tiboriga yetkazishi lozim.
B. Besh kun ichida ushbu ma’lumotlarni soliq toʻlovchilar e’tiboriga yetkazishi lozim.
C. Oʻn kun ichida ushbu ma’lumotlarni soliq toʻlovchilar e’tiboriga yetkazishi lozim.
D. Bir oy ichida ushbu ma’lumotlarni soliq toʻlovchilar e’tiboriga yetkazishi lozim.
ANSWER: A



197

Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq summasi qanday tartibda aniqlanadi?

A. Soliq bazasi va belgilangan soliq stavkalaridan kelib chiqib hisoblanadi.
B. Soliq obyektidan kelib chiqib hisoblanadi.
C. Sof tushumdan kelib chiqib hisoblanadi.
D. Yalpi foydadan kelib chiqib hisoblanadi.
ANSWER: A



198

Belgilangan limitlar doirasida yer usti va yer osti manbalaridan olinadigan suv resurslari uchun soliq stavkasi miqdori qaysi Qonun hujjatiga asosan belg\ ilanadi?

A. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat Byudjeti toʻgʻrisidagi Qonuni.
B. “Suvsoz” Davlat Unitar korxonasi qarori.
C. Oʻzbekiston Respublikasi Soliq Kodeksi.
D. Davlat Soliq Qoʻmitasining qarori asosida.
ANSWER: A



199

Oʻzbekiston Respublikasining norezidentlari boʻlgan yuridik shaxslar hamda yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq hisoboti qaysi muddatlarda taqdim etadi?

A. soliq davridan keyingi yilning 20 yanvarigacha.
B. joriy yilning 15 dekabrigacha.
C. keyingi soliq davrining 1 fevraligacha.
D. keyingi soliq davrining 1 martgacha.
ANSWER: A



200

Dehqon xoʻjaliklari suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq summasini toʻlash qaysi muddatlarda amalga oshiriladi?

A. soliq davridan keyingi yilning 1 maygacha.
B. soliq davridan keyingi yilning 1 martgacha.
C. soliq davridan keyingi yilning 1 fevraligacha.
D. soliq davridan keyingi yilning 20 yanvargacha
ANSWER: A



201

Suv resurslaridan hujjatlarsiz foydalanilganda qanday ta’sir choralar koʻriladi?

A. Soliq kodeksining 445-moddasiga asosan Suv resurslaridan ruxsat beruvchi hujjatlarsiz foydalanilganda belgilangan soliq stavkalarining besh baravari miqdorida belgilanadi.
B. Soliq kodeksining 445-moddasiga asosan Suv resurslaridan ruxsat beruvchi hujjatlarsiz foydalanilganda belgilangan soliq stavkalarining ikki baravari miqdorida belgilanadi.
C. Soliq kodeksining 447-moddasiga asosan Suv resurslaridan ruxsat beruvchi hujjatlarsiz foydalanilganda belgilangan soliq stavkalarining besh baravari miqdorida belgilanadi.
D. Soliq kodeksining 447-moddasiga asosan Suv resurslaridan ruxsat beruvchi hujjatlarsiz foydalanilganda belgilangan soliq stavkalarining ikki baravari miqdorida belgilanadi.
ANSWER: A



202

2022, 2023 yilda Avtotransport vositalarini yuvishga ixtisoslashgan korxonalar uchun suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq stavkalari har kub metr uchun qanday belgilangan?

A. Yer usti suv resurslari manbalari boʻyicha - 1 380, Yer osti suv resurslari manbalari - 1 730
B. Yer usti suv resurslari manbalari boʻyicha - 1 580, Yer osti suv resurslari manbalari - 1 930
C. Yer usti suv resurslari manbalari boʻyicha - 1 580, Yer osti suv resurslari manbalari - 1 530
D. Yer usti suv resurslari manbalari boʻyicha - 1 480, Yer osti suv resurslari manbalari - 1 830
ANSWER: A



203

2022, 2023 yilda Sanoat korxonalari uchun suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq stavkalari har kub metr uchun qanday belgilangan?

A. Yer usti suv resurslari manbalari boʻyicha - 1 380, Yer osti suv resurslari manbalari - 1 730
B. Yer usti suv resurslari manbalari boʻyicha - 1 580, Yer osti suv resurslari manbalari - 1 930
C. Yer usti suv resurslari manbalari boʻyicha - 1 580, Yer osti suv resurslari manbalari - 1 530
D. Yer usti suv resurslari manbalari boʻyicha - 1 480, Yer osti suv resurslari manbalari - 1 830
ANSWER: A



204

Soliq davrida Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq summasi bazaviy hisoblash miqdorining (bhm) ikki yuz baravaridan koʻproqni tashkil etadigan yuridik shaxslar tomonidan (aylanmadan olinadigan soliqni toʻlovchilar mustasno) boʻnak toʻlovlari – qaysi muddatda va qanday ulushda toʻlanadi?

A. har oyning 20 sanasidan kechiktirmay yillik soliq summasining oʻn ikkidan bir qismi miqdorida
B. suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq boʻyicha boʻnak toʻlovlari toʻlanmaydi
C. har chorak uchinchi oyining 20 sanasidan kechiktirmay yillik soliq summasining toʻrtdan bir qismi miqdorida
D. har chorak uchinchi oyining 1 sanasidan kechiktirmay yillik soliq summasining toʻrtdan bir qismi miqdorida
ANSWER: A



205

Yer qa’ridan foydalanuvchilar quyidagi soliqlar va maxsus toʻlovlarni toʻlaydilar:...?

A. yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq; bonus (imzoli va tijoratbop topilma bonuslar).
B. yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq; qoʻshimcha foyda soligʻi.
C. yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq; foyda soligʻi.
D. yer ostidan foydalanganlik uchun soliq; qat’iy belgilangan soliq.
ANSWER: A



206

Yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliqni Soliq solish obyekti bu...?

A. Foydali qazilmani qazib olish (ajratib olish) hajmi yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq solish obyektidir.
B. Ajratilgan yer hajmi yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq solish obyektidir.
C. Ajratilgan kon hajmi yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq solish obyektidir.
D. Kavlangan yer va kon hajmi yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq solish obyektidir
ANSWER: A



207

Yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq stavkasi qaysi hujjatga asosan belgilanadi?

A. Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksi bilan belgilanadi
B. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarori bilan belgilanadi
C. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi tomonidan belgilanadi
D. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan belgilanadi.
ANSWER: A



208

Yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliqni Soliq solish bazasi qanday aniqlanadi?

A. keltirilgan barcha bandlar toʻgʻri
B. soliq bazasi qazib olingan (ajratib olingan) foydali qazilmalar hajmining hisobot davri uchun oʻrtacha olingan realizatsiya qilish bahosida hisoblab chiqilgan qiymati sifatida aniqlanadi.
C. foydali qazilmadan oʻzining ishlab chiqarish yoki xoʻjalik ehtiyojlari uchun foydalanilgan hollarda bunday foydali qazilmalar uchun soliq bazasi qazib olingan (ajratib olingan) foydali qazilmani ishlab chiqarish tannarxini 20 foizga oshirgan holda aniqlanadi.
D. soliq bazasi yer qa’ridan foydalanuvchi tomonidan mustaqil ravishda har bir qazib olingan (ajratib olingan) foydali qazilmaga, shu jumladan asosiy foydali qazilmani qazib olishda birga chiqadigan foydali komponentlarga nisbatan aniqlanadi.
ANSWER: A



209

Yuridik shaxslar uchun Yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliqni hisobot davri qanday?

A. bir oy.
B. uch oy.
C. kalendar yil.
D. 90 kun.
ANSWER: A



210

Jismoniy shaxslar uchun Yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliqni hisobot davri qanday?

A. kalendar yil.
B. bir oy.
C. uch oy.
D. 90 kun.
ANSWER: A



211

Yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq boʻyicha soliq davrini aniqlang?

A. kalendar yil.
B. bir oy.
C. uch oy.
D. 90 kun.
ANSWER: A



212

Yer qa’ridan foydalanganli uchun soliqni yuridik shaxslar tomonidan toʻlash muddatini koʻrsating?

A. hisob-kitob taqdim etiladigan muddatdan kechiktirmay toʻlanadi
B. yilning har choragida, keyingi oyning 15 kunidan kechiktirmay
C. har yilda bir marta, hisobot davridan keyingi yilning 25 kunidan kechiktirmay
D. har chorakda, hisobot davridan keyingi oyning 10 kunidan kechiktirmay
ANSWER: A



213

Yer qa’ridan foydalanganli uchun soliqni yuridik shaxslar tomonidan hisob-kitobni taqdim etish muddatini koʻrsating?

A. ortib boruvchi yakun bilan yilning har oyda, hisobot davridan keyingi oyning 20 kunidan kechiktirmay
B. yilning har choragida, hisobot davridan keyingi oyning 15 kunidan kechiktirmay
C. ortib boruvchi yakun bilan yilning har yida, hisobot davridan keyingi oyning 15 kunidan kechiktirmay
D. yilning har choragida, hisobot davridan keyingi oyning 10 kunidan kechiktirmay
ANSWER: A



214

Yer qa’ridan foydalanganli uchun soliqni jismoniy shaxslar tomonidan hisob-kitobni taqdim etish muddatini koʻrsating?

A. yilda bir marta, soliq davridan keyingi yilning 1-fevralidan kechiktirmay
B. yilning har choragida, hisobot davridan keyingi oyning 15 kunidan kechiktirmay
C. ortib boruvchi yakun bilan yilning har oyda, hisobot davridan keyingi oyning 20 kunidan kechiktirmay
D. yilning har choragida, hisobot davridan keyingi oyning 10 kunidan kechiktirmay
ANSWER: A



215

Yer qa’ridan foydalanganli uchun soliqni jismoniy shaxslar tomonidan toʻlash muddatini koʻrsating?

A. soliq hisobotini taqdim etish muddatidan kechiktirmay
B. yilning har choragida, keyingi oyning 15 kunidan kechiktirmay
C. har yilda bir marta, hisobot davridan keyingi yilning 25 kunidan kechiktirmay
D. har chorakda, hisobot davridan keyingi oyning 20 kunidan kechiktirmay
ANSWER: A



216

2021 yil 1 sentyabrdan boshlab byudjet muassasalari va tashkilotlari xodimlarining mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdori oyiga necha soʻm etib belgilandi?

A. 822 000 soʻm
B. 270 000 soʻm
C. 988 000 soʻm
D. 715 480 soʻm
ANSWER: A



217

2022 yil 1 sentyabrdan boshlab byudjet muassasalari va tashkilotlari xodimlarining mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdori oyiga necha soʻm etib belgilandi?


Download 96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling