Moliya fakulteti moliya va moliyaviy texnologiyalar yo'nalishi «iqtisodiyot nazariyasi» fanidan kursish I mavzu: Milliy Boylik Uning Tarkibi va Ko’paytirish omillari
Moddiy aylanma mablag’lar statistikasi
Download 216 Kb.
|
Madumarov Bahrom Kurs ishi
Moddiy aylanma mablag’lar statistikasi. Moddiy aylanma mablag’lar milliy boylikning muhim tarkibiy qismi hisoblanadi. Moddiy aylanma mablag’larining zaxirasi bu – joriy yoki o’tgan davrda tayyorlangan va keyinchalik sotish yoki ishlab chiqarishda foydalanish uchun mo’ljallangan ishlab chiqarish zaxiralari, tugallanmagan ishlab chiqarish, tayyor mahsulot, qayta sotish uchun olingan mollardir. Shuningdek, ushbu aktivlar tarkibiga moddiy rezyervlar, strategik maqsad uchun mo’ljallangan mahsulotlar, don va shunga o’xshash mamlakat uchun alohida ahamiyatga ega bo’lgan boshqa mahsulotlar kiradi.
Shu bilan birga ishlab chiqarish zahiralari tarkibiga xom ashyo, matyeriallar, yoqilg’i, jihozlar, urug’lik, ozuqa va korxona oraliq iste’moli uchun mo’ljallangan, sotishga qaratilmagan boshqa mahsulotlar kiradi. Tugallanmagan ishlab chiqarish - bu mahsulot va xizmatlarni ishlab chiqarish boshlangan, biroq nihoyasiga etkazilmagan, ishlab chiqarish yana davom ettirilishi mumkin bo’lgan toifadagi mahsulotlar va xizmatlardir. Tayyor mahsulotlar esa to’liq ishlab chiqarilgan va sotish yoki boshqa xo’jalik yurituvchi sub’ektlarga yuborish uchun mo’ljallangan mahsulotlar hisoblanadi. Shuni ham alohida etiborga olish kyerakki, bir xil natural ko’rinishga ega bo’lgan ayrim tovarlar mamlakatning yoki iqtisodning ayrim sohasidagi tegishli asosiy kapitalini hisobga olinayotgan davrdagi foydalanishiga qarab milliy boylikning turli elementlariga tegishli bo’lishi mumkin. Masalan: ishlab chiqarishda foydalanilayotgan yoki o’rnatish uchun tayyorlangan stanok asosiy kapital tarkibiga kiradi, agar xuddi shu stanok tayyorlovchi korxonaning omborida sotish uchun mo’ljallangan tayyor mahsulot sifatida saqlanayotgan bo’lsa, matyerial aylanma mablag’lar zaxiralari tarkibiga kiradi. Moddiy aylanma mablag’lar zahirasi ma’lum bir momentdagi ko’rsatkich bo’lib, o’rtacha qoldiq qiymati bo’yicha baholanadi. M oddiy aylanma mablag’larning aylanish koeffitsienti (har bir so’mlik yoki ming so’mlik aylanma mablag’larga to’g’ri keladigan sotilgan mahsulot hajmi) quyidagicha aniqlanadi: bu yerda: – sotilgan mahsulot xajmi; – moddiy aylanma mablag’larning o’rtacha qoldig’i. M oddiy aylanma mablag’larning biriktirish koeffitsienti quyidagi formula bilan aniqlanadi: Moddiy aylanma mablag’lar aylanishining o’rtacha davriyligi (aylanma kapitalning bir davridagi aylanish kunlari soni) quyidagi formula bilan aniqlanadi: Moddiy aylanma mablag’larga bo’lgan talabni quyidagi formula orqali ham topish mumkin: Moddiy aylanma mablag’lar aylanish tezligini ortishi yoki aylanish davrining kamayishi hisobiga bo’shab qolgan aylanma kapital qiymati quyidagi formula bilan aniqlanadi: yoki bu yerda: – joriy davrdagi aylanma kapital koldig’i; – bazis davrdagi bir aylanishning davri (kunlarda); – joriy davrda sotilgan mahsulot hajmi; – tahlil qilinayotgan davr uzunligi. www.ziyonet.uz Download 216 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling