Moliya fakulteti moliya va moliyaviy texnologiyalar yo'nalishi «iqtisodiyot nazariyasi» fanidan kursish I mavzu: Milliy Boylik Uning Tarkibi va Ko’paytirish omillari


Qayta tiklanadigan (fizik) kapital statistikasi


Download 216 Kb.
bet5/11
Sana13.04.2023
Hajmi216 Kb.
#1349490
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Madumarov Bahrom Kurs ishi

2. Qayta tiklanadigan (fizik) kapital statistikasi
Milliy boylikning asosiy komponentlaridan biri asosiy kapital hisoblanadi. Asosiy kapital bu – mahsulot ishlab chiqarish, bozor va nobozor xizmatlar ko’rsatish uchun uzoq davr, lekin bir yildan kam bo’lmagan muddatda bir necha marotaba yoki doimo ishlatiladigan ishlab chiqarilgan aktivlardir. Asosiy kapital tarkibiga uzoq muddatda ishlatiladigan muayyan turdagi tovarlar kiritilmaydi: mayda asbob-uskunalar va inventarlar, ba’zi harbiy anjomlar (vayron qilish vositalari va ularni eltib byerish vositalari), uy xo’jaligi tomonidan sotib olingan va pirovard iste’moli uchun foydalaniladigan mashinalar va jihozlar (avtomobillar, mototsikllar, velosipedlar, mebel, maishiy texnika) asosiy kapital tarkibiga kiritilmaydi. Ammo, ular ishlab chiqarish maqsadlarida foydalanilsa – asosiy kapital tarkibiga kiritiladi.
Asosiy kapitalni baholash. Ma’lumki, asosiy kapital normativ xizmat muddati xalqaro hisoblashlarda, jumladan, Jahon bankida 25 yil qilib olinadi. Bu davr ichida birlamchi hisobga olingan asosiy kapital bahosi o’zgarib turadi. Asosiy kapital tarixiy (to’liq boshlang’ich), joriy (qayta baholangan qiymati – shu paytdagi bahosi), qoldiq qiymati, amortizatsiya qilinadigan qiymat, tugatilish qiymati, balans (aralash) qiymati, o’zgarmas baholardagi qiymati va boshqa usullarda baholanishi mumkin. Har bir metodda baholangan qiymatning hisobchilikda iqtisodiy statistik tahlilda, moliyalashtirish (reinvestitsiyada), soliqqa tortishda va milliy boylik hajmini hisoblashda o’z funktsiyasi mavjuddir.
To’liq boshlang’ich qiymat – bu asosiy kapital ob’ektining korxona sotib olish xarajatlari, tashib keltirish va montaj xarajatlarini o’z ichiga oluvchi qiymatdir.
Eskirishni hisobga olgan holda boshlang’ich qiymat (boshlang’ich qoldiq qiymat)– bu to’liq boshlang’ich qiymatidan eskirishni hisobga oluvchi amortizatsion ajratmalar chegirilgandan so’ng hosil bo’lgan qiymat.
To’liq qayta tiklash qiymati (joriy qiymat) – zamonaviy sharoitda korxona tomonidan xuddi shunday asosiy kapital ob’ektini sotib olish uchun sarflaydigan qiymatdir.

Download 216 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling