Moliya fakulteti moliya va moliyaviy texnologiyalar yo'nalishi «iqtisodiyot nazariyasi» fanidan kursish I mavzu: Milliy Boylik Uning Tarkibi va Ko’paytirish omillari


Download 216 Kb.
bet3/11
Sana13.04.2023
Hajmi216 Kb.
#1349490
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Madumarov Bahrom Kurs ishi

Aktivlar (talablar).

Passivlar (majburiyatlar).

1.Nomoliyaviy aktivlar

3.Moliyaviy majburiyatlar

2.Moliyaviy aktivlar

4.O’ziga tegishli kapitalning sof qiymati (n1+n2-n3)

Aktivlar va passivlar balansi-institutsional birliklar yoki institutsional birliklar guruhlarining mulki bo’lgan aktivlar qiymati haqidagi, ular majburiyatlarining qiymati haqidagi aniq vaqti sanasi uchun tuzilgan hisobotdir.


Aktivlar iqtisodiy mulki bo’lgan birliklarning aktivlar va passivlar balansida akivlar o’z ifodasini topadi.
Kapitalning sof qiymati institutsional birlik yoki institutsional sektorning barcha aktivlar qiymatidan ularning majburiyatlari qiymatini ayirish yo’li bilan aniqlanadi.
Aktivlar va passivlar balansi ishlab chiqarish, daromadlardan foydalanish va taqsimlovchi schotlarining oxirgi natijalarini ifodalab ushbu ketma-ketlikni yakunlaydi.
Aktivlar va passivlar balansi iqtisodchilarga sektorning moliyaviy holatini baholash imkonini byeradi, markaziy bankka esa xavf-xatar (risk) darajasining tahlilini amalga oshirish imkonini yaratadi.
Aktivlar va passivlar balansi moddalarini baholash uchun asosiy manba fond birjasidagi bozordir. Bozorda haqiqatan ham muomalada bo’lgan aktivlar bahosi haqidagi kuzatish ma’lumotlari savdo opyeratsiyalarining predmeti bo’lmagan shunga o’xshash aktivlarni baholash uchun foydalaniladi. Masalan, fond birjasining ma’lumotlari birjaga kiritilmagan aktivlarni ularning kamroq raqobatbardoshligiga qandaydir to’g’rilash kiritib baholashda qo’llaniladi. Xuddi shunday baholash sug’urta aktivlari uchun yoki boshqa maqsadlar uchun aktivlar baholarini kuzatishga asoslangan bo’lib, aktivlar va passivlar balansi moddalarini qiymat ko’rinishida baholash uchun foydalaniladi.
Bozor baholarining o’zgarishi sababli ko’pgina nomoliyaviy aktivlarning qiymati har yili o’zgaradi. Shu davrning o’zida asosiy fondlarni sotib olish dastlabki xarajatlari asosiy kapital iste’moliga kamayadi yoki aktivlarning xizmat muddati davomida qiymatini pasayishining boshqa shakllari kuzatiladi. Aktivlar qiymati ularning xizmat muddati davrining aniq sanalarida joriy baholarda xuddi shunday aktivni sotib olish qiymatidan uning qiymatini pasaytiruvchi yig’ilgan summani ayirish yo’li bilan hisoblanadi. Bu qiymat shaklidagi baholash ayrim xollarda qoldiq qayta tiklash qiymati deyiladi. Foydalanilayotgan aktivlarning ishonchli bevosita kuztilayotgan baholari mavjud bo’lmaganda ushbu baholash agar aktivni sotish kyerak bo’lsa uning bozor bahosi qanday bo’lishi mumkinligi haqida aniq tasavvur byeradi.
Chet el valyutasida qayd etilgan aktivlar va majburiyatlar aktivlar va passivlar balansi tuzilgan sanadagi milliy valyutaga almashtirish bozor kurslari bo’yicha konvyertirlanishi kyerak. Bu kurs valyutali bitimlar uchun sotib olish va sotish kurslarining o’rtacha kursi bo’lishi kyerak.
Asosiy fondlar aktivlar uchun bozorda amal qilayotgan, ularning texnik holati va foydalanilgan muddatini hisobga olingan holdagi baholarda baholanishi kyerak.
Asosiy kapital iste’molini baholash aktivlarni sotishda yoki ularni hisobdan chiqarishda mulk huquqlarini topshirish bilan bog’liq bo’lgan xaridorlar xarajatlari qiymatini pasaytirishga asoslanishi kyerak.
Moddiy aylanma vositalar aktivlar va passivlar balansi tuzilgan sanadagi amal qilayotgan baholarda baholanishi kyerak.
MHTda xomashyo va matyerial moddiy aylanma vositalar xaridorlar bahosida tayyor mahsulot va tugallangan ishlab chiqarish asosiy baholarda baholanadi.
San’at asarlari, antikvarlar, qimmatbaho toshlar va metallar, zargarlik buyumlari ularni qiymatning jamg’arilgan zaxiralari bo’lmish birlamchi rolini hisobga olgan holda joriy qiymatda baholanadi.
Aktivlar va passivlar balansida tabiiy resurslar tarkibida ko’rsatiladigan yyerning qiymati undagi imoratlarning qiymatini hisobga olmagan holda hisoblanadi. Imoratlar asosiy fondlar tarkibida alohida hisobga olinadi.
Yyerning joriy bozor bahosi uning joylashishi va undan foydalanishga bog’liq holda anchagina o’zgaradi. Odatda yyerning qiymati undagi imoratlar va qurilishlarning qayta tiklash qiymatidan kelib chiqib belgilanadi.
Butun iqtisodiyot bo’yicha yyer uchastkalari va inshootlar o’rtasida farqlanish o’tkazish kyerak.
Yyer yuridik jihatdan mulkdorning aktivlar va passivlar balansida ifodalanadi, faqat yyer moliyaviy lizing obyekti bo’lmagan hollarda.
Minyeral resurslar va enyergetik foydali qazilmalar qiymati bu resurslardan tijorat foydalanish natijasida kutilayotgan sof kirimlarning haqiqiy qiymati deb aniqlanadi. Bu qiymat shaklidagi baholashda noaniqliklar mavjud bo’lib qayta ko’rib chiqishni taqazo etadi.
Aktivlar va passivlar balansida gudvill va marketing aktivlari korxona boshqa qo’lga o’tganda yoki marketing aktivi sotilganda moliya schyotida aktivning qoldiq qiymati bilan ifodalanadi”1.
BMT ning MHT-93 dagi kontseptsiyasiga binoan milliy iqtisodiyot va uning sektorlari bo’yicha mulkiy holatni – boylikning hajmini hisoblash mumkin. Aktivlar va passivlar balansining yil boshi va oxiridagi ko’rsatkichlarini solishtirishi natijasida, sof aktivlar – milliy boylikning hajmini o’zgarishi (mutlaq va nisbiy) ni aniqlash imkonini beradi. Iqtisodiy statistikada sof aktivlar – milliy boylikni hajmini hisoblashda moliyaviy aktivlar (talablar) va moliyaviy passivlar (majburiyatlar) faqat tashqi mamlakatlarga nisbatan olinadi, chunki ichki talablar va majburiyatlar mamlakat miqyosida bir-biri bilan qoplanib ketadi.
Mamlakatning sof aktivlari – milliy boyligi – mamlakatning mulkiy holati ko’rsatkichi zaxira ko’rsatkichlari turkumiga kiradi. U mahsulot, yalpi ichki mahsulot, yalpi milliy daromadi ko’rsatkichlari (bular “oqim” ko’rsatkichlari) dan farq qiladi. Zaxira ko’payishi (kamayishi) hajmini va unga ta’sir etgan omillarni quyidagi formula yordamida hisoblash mumkin:

bu yerda: A0, A1 –yil boshi va oxiridagi aktivlarning qiymati; Diq - iqtisodiy harakatlar (ishlab chiqarish, sotish –sotib olish, in’om etish) natijasida aktivlar qiymatining o’zgarishi;Dbs- aktivlar qiymatini iqtisodiy harakatlarga bog’liq bo’lmagan boshqa faoliyatlar tufayli o’zgarishi (foydali qazilmalarning ochilishi, tabiiy ofatlar va boshqalar natijasida);DR – aktivlarning nominal qiymatini inflyatsiya (deflyatsiya) natijasida o’zgarishi.


Barcha sabablarga ko’ra aktivlar qiymatini o’zgarishi (amaldagi baholarda): DA = A1-A0; agar aktivlarning fizik hajmini o’zgarishini, ya’ni dinamikasini o’rganmoqchi bo’lsak, unda baho (narx) faktorini ta’sirini e’tiborsiz qoldiramiz. Bunda aktivlar dinamikasi, indeksi IA=A1R0 : A0; bunda A1R0 =q1p0, solishtirma narxlarda baholangan aktivlarning yil oxiridagi qiymati.
Iqtisodiy aktivlarning hajmi dinamikasi va boshqa jihatlarini to’laroq o’rganish uchun statistika amaliyotida birinchi navbatda ular tasniflanadi, ya’ni klassifikatsiya qilinadi. Tasniflashda turli-tuman aktivlarni u yoki bu muhim belgisi – xususiyati, xossasiga binoan oldindan belgilangan guruhlarga ajratiladi. Bu guruhlar BMT ning statistika komissiyasi tomonidan barcha mamlakatlar uchun standart holida tavsiya etiladi.
13.2-jadval
MXT-93 metodologiyasiga bo’yicha milliy boylik tarkibiga kiritilgan aktivlar tasnifi


Download 216 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling