Moliya fakulteti Moliya va moliyaviy texnoloiyalar yo’nalishi guruh talabasi


Tadqiqot ishining obyekti sifatida


Download 191.02 Kb.
bet2/4
Sana11.01.2023
Hajmi191.02 Kb.
#1088867
1   2   3   4
Bog'liq
KV5pP-8WKy SfGHs4VdRLk8j34vojP35

Tadqiqot ishining obyekti sifatida yerdan samarali, oqilona foydalanish bugun va kelajak talab qilayotgan zaruratdir. Yuqoridagi qaror bilan yerlar degradatsiyasi jarayonlari bilan kurashish va ularning oldini olish hamda tuproqlarni muhofaza qilish bo'yicha harakatlar rejasi hamda yerlar degradatsiyasi to'g'risidagi ma'lumotlarni to'plash, tahlil qilish va qayta ishlashning yagona tizimini yuritish sxemasi ishlab chiqilgani boisi ham shunda.

Tadqiqot ishining predmeti bo’lib, tuproq degradatsiyasi tuproqlar tarkibidagi foydali mikroorganizmlar populyatsiyalarining kamayib ketishida ham ko'rinadi. Bundan bir necha o'n yillar avval tuproqlarimiz tuproq unumdorligi va hosildorlikni belgilab beruvchi mikroorganizmlarga boy bo'lgan bo'lsa, hozir unday deya olmaymiz.

Tadqiqot ishining asosiy maqsadi. Qishloq xo'jaligi menejmentidan boshlab turli ekinlar navlarini joylashtirish, o'g'itlash va kasalliklarga qarshi kurashishning ilmiy asoslanmagan usullari oxir-oqibat, hosildorlikning keskin kamayishi, tuproqlarning buzilishi, har xil kasalliklarning ko'payishi ortidan hosilning nobud bo'lishiga olib keldi.

Tadqiqot ishining vazifalari. Mamlakatimizda cho'llanishga qarshi kurashning milliy dasturi ham ishlab chiqilgan. Dasturga ko'ra, yerlar degradatsiyasining hajmini qisqartirish yoki uning oldini olish, cho'llanishga duchor bo'lgan yerlarni qayta tiklash ishlari amalga oshiriladi. Bunda yerlarni namlantirish, suv tarmoqlarini tortish, umuman, suvsizlik masalasini hal etish bo'yicha ham vazifalar belgilangan.

1. O`zbekistonda tuproq unumdorligini asrash uchun buydjeddan necha pul sarflanganligi.

Tuproq deganda ko'pincha yerning faqat chirindili ustki qatlami tushuniladi. Ammo, u tuproq paydo qiluvchi jarayon ta'sirida o'zgargan va morfologik belgilariga qarab ona jinsdan farq qiladigan ma'lum qalinlikdagi qatlamdir. Tuproq suvni saqlaydi va fil`trlaydi, iqlim o'zgarishlariga qarshi kurashib, moslashishga yordam beradi.

Hech qaysi til lug'atida ona oy, ona quyosh, ona suv, degan ibora uchramaydi. Ammo ona yer tushunchasi barcha xalqlar uchun birdek tushunarli. Albatta, buning din tomondan keltirilgan asoslari bor. Ammo ilmiy jihatdan ham “ona zamin”, deyishimizga sabablar yetarli. Birgina misol, jismimizda mavjud hamda Mendelyeev kimyoviy jadvalidan joy olgan moddalarning bari tuproqning tarkibida bor ekan.
Davlatimiz rahbarining yuqoridagi qarori bilan Qishloq xo'jaligi vazirligiga erlar degradatsiyasiga qarshi kurashish bo'yicha vazifalar yuklatilib, maxsus departament ham tashkil etildi. Vazirlik yerlar cho'llanishi, ularni tiklash, ekinlarni almashlab ekish, o'rmonlar barpo qilishni monitoring qiladi, yerlar degradatsiyasi jarayonlari bilan kurashish sohasida yagona davlat siyosatini yuritadi. Ushbu qaror asosida Qishloq xo'jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining Tuproqshunoslik va agrokimyo ilmiy-tadqiqot instituti qaytadan Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti, deb nomlandi va Qishloq xo'jaligi vazirligi tasarrufiga o'tkazildi. Endilikda, institut faoliyati yanada kengayadi. Ayni paytda 150 ga yaqin tadqiqotchilarimiz zimmasida yerlar degradatsiyasi va cho'llanishi, shu jumladan, yerlarni tiklash, rekultivatsiya va melioratsiya tadbirlari, qishloq xo'jaligi ekinlarini almashlab ekish sohasidagi tadqiqotlar ko'lamini chuqurlashtirish, degredatsiya jarayonlarining oldini olishga qaratilgan ilmiy ishlanmalar, mutaxassis tavsiyalarini ishlab chiqish va amaliyotga tatbiq qilishdek ko'lamli va mas'uliyatli vazifalar turibdi.

Hozirga kelib global yer resurslarining 40 foizga yaqini tanazzulga uchragan. Insoniyatning yerga ta'siri shu qadar kengayib boryaptiki, natijada yer o'zining muhim funksiyalarini bajarishdan to'xtab, yaroqsiz holga kelib qolmoqda.

Insoniyat oziq-ovqat ishlab chiqarishning barcha ilg'or texnologiyalarini qo'llayapti. Ayniqsa, sifatli mahsulot yetishtirish, hosildorlikni oshirish, dunyo bozorini ekologik toza oziq-ovqat bilan ta'minlashga qaratilgan chora-tadbirlar kun sayin faollashmoqda. Ular orasida bir qarashda ko'zga ko'rinmasada, nihoyatda muhim yana bir masala bor — bu tuproq sifati va unumdorligini oshirish. Bunga erishmasdan turib, bugungi kundagi dolzarb oziq-ovqat xavfsizligini to'laqonli ta'minlash qiyin. Ammo davlatimiz tomonidan yer unumdorligi uchun 1000000000 so’m miqdorda ajratildi. Bunga binoan chet ellik hamkorlarimizdan 2000 ga yaqin yer haydash uchun kerak bo’ladigan traktorlar va 1000 ga yaqin kombaynlar sotib olinadi va ularni haydash uchun kerak bo’ladigan hodimlar uchun bo’sh ish o’rni yaratiladi. Tuproq sifati masalasini kun tartibiga qo'yish ko'pchilik uchun erish tuyulishi mumkin. Ammo bu allaqachon global muammolardan biriga aylangan. BMTning so'nggi besh yillikdagi tahlillariga ko'ra, hozirga qadar yer sharining 40 foiz tuprog'i o'z sifatini yo'qotgan. Insonning yerga noto'g'ri munosabati tuproq unumdorligini pasaytirgan, bu yerning karbonat angidridni tutib qolish xususiyatini o'ldirib, turlar yo'qolishiga olib kelmoqda. Cho'llanish, yer degradatsiyasi va qurg'oqchilik kabi muammolar jahonning 100 dan ortiq mamlakatida istiqomat qilayotgan 1,2 milliard aholining salomatligi va farovonligiga jiddiy xavf solyapti.

Qishloq xo'jaligi yerlarining holatini yaxshilash, tuproq unumdorligini oshirish yurtimizda ham muhim masalalardan biri. Ayniqsa, bunga davlat siyosati darajasida e'tibor berilayotgani, o'z iqtisodiyoti rivojlanishini agro-industrial yo'nalishda tashkil etayotgan hozirgi O'zbekiston sharoitida tuproq unumdorligini muhofaza qilishning huquqiy muammolarini o'rganish, ularning echimini topishda amaliyot materiallari asosida chuqur ilmiy-nazariy mushohadaga asoslangan takliflar ishlab chiqish, xulosalar berish zaruratini vujudga keltiradi.


Prezidentning “Yer resurslaridan samarali foydalanish, tuproq unumdorligini saqlash, qayta tiklash va oshirish yuzasidan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori loyihasi muhokama uchun joylashtirildi.Qayd etilishicha, tuproqlar unumdorligini oshirishga oid amaliyot tahlili ushbu sohada bir qator tizimli muammo va kamchiliklar mavjudligini ko‘rsatgan.
Xususan:birinchidan, tuproqlardan foydalanish, unumdorligini oshirish va muhofaza qilish bo‘yicha tizimli ishlarni o‘z ichiga olgan yaxlit huquqiy hujjat mavjud emas;ikkinchidan, tuproqlarni kompleks o‘rganish asosida ularning xossa-xususiyatlarini, jumladan, gumus va ozuqa moddalar miqdorini aniqlash va unumdorlik darajasini belgilashdan tashqari, tuproqlarning ekologik holati, turli toksikant va pollyutantlar bilan zaharlanganlik darajalarini tadqiq qilish va tashxis qo‘yish, ekologik toza va sog‘lom tuproq holatiga keltirish uchun ilmiy asoslangan ishlanmalar va tavsiyalarni joriy etish mexanizmi to‘liq yaratilmagan;uchinchidan, qishloq xo‘jaligi yerlaridan foydalanuvchilar tomonidan tuproq unumdorligini oshirish, ayniqsa organik o‘g‘itlardan keng foydalanish bo‘yicha kompleks tadbirlarni yetarli darajada amalga oshirilmaganligi natijasida, so‘nggi 30 yilda sug‘oriladigan tuproqlarda gumus miqdori 10-15 foizga kamayib ketgan, oqibatda ekvivalent hisobida boy berilgan sug‘oriladigan ekin yerlari 450 ming gektarni tashkil qiladi;to‘rtinchidan, tuproqlar degradatsiyasini aniqlash, baholash, monitoring qilish va salbiy oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha tizimli ishlar yo‘lga qo‘yilmaganligi sababli qishloq xo‘jaligi yerlari ishlab chiqarish aylanmasidan chiqib ketmoqda;beshinchidan, tuproq unumdorligini oshirish va yerlardan samarali foydalanish sohasida olib borilayotgan ilmiy ishlar yetarli darajada yo‘lga qo‘yilmagan, sohada ilg‘or texnologiyalarni qo‘llash darajasi yuqori emas va ilmiy tadqiqot natijalari amaliyotga keng joriy etilmayapti;oltinchidan, sohaga oid ilmiy-tadqiqot institutlari tomonidan tuproqlarning unumdorligini aniqlash va prognoz qilishda zamonaviy yondashuvlar yetarli emas;yettinchidan, lalmi va yaylov yerlaridan foydalanish samaradorligi past bo‘lib, resurstejamkor, zamonaviy ilg‘or texnologiyalarni qo‘llash yetarli darajada yo‘lga qo‘yilmagan;sakkizinchidan, qishloq xo‘jaligi yerlarida o‘tkaziladigan agrotadbirlar, jumladan, shudgorlash, ekish oldidan mineral va mahalliy o‘g‘itlarni kiritish va vegetatsiya davrida mineral o‘g‘itlarni qo‘llashga ixtisoslashgan agregatlarni mahalliylashtirish tizimi ishlab chiqilmaganligi natijasida tuproqlarni fizik va agrokimyoviy xossalariga salbiy ta'sir ko‘rsatib, tuproqlarning zichligini ortishiga, gumus va ozuqa moddalari bilan ta'minlanganlik darajasining pasayishiga olib kelmoqda. Tuproqning organik moddalari uni tuproq hosil qiluvchi jinslardan farqlaydigan asosiy ko’rsatkichidir. Chirindi tuproq sistemasini “uyushtiruvchi” sifatida katta rol o’ynaydi. Sug’oriladigan tuproqlarning chirindi tartibi, o’ziga xosligi bilan ajralib turadi. Bu yerda qo’riq yerlardan farqli o’laroq organik moddalardan, organik moddalarning tuproq profilida yo’qolishi, qayta hosil bo’lishi va taqsimlanishi yuzaga keladi. Masalan, tipik bo’z tuproqlarda chirindining eng ko’p miqdori, profilning yuqori qismdagi chimli qatlamga to’g’ri kelib 2,0 - 2,5 % ni tashkil etadi va pastki qatlamlarda keskin kamayadi. Bo’z voha tuproqlarida esa, chirindi miqdori sug’orish boshlangandan keyin chirindili qatlamning pastki qatlamlari bilan ajralishi hamda organik moddalarning mineralizatsiyalanish jarayonining ortishi tufayli sezilarli darajada kamayadi. Lekin ma‘lum bir vaqtdan so’ng, oldingi vaqtdagi tipik bo’z tuproq (hozirgi davrda bo’z vohaning) yuqori qatlami o’simlik qoldiqlari miqdori oshishi va ularning mineralizatsiyalanish sur‘atining o’sishi natijasida yana ma‘lum bir chegaragacha chirindi bilan boyiydi. Bo’z voha tuproqlarida organik moddalar miqdori haydalma qatlamda (30-35 sm) 1,2-1,5 % ni tashkil etsa, u optimal chirindi miqdoridir. Shu bilan birga chirindi bilan boyigan qatlamlar qalinligi 1-1,5 m ga yetadi. Chirindining 1 m li qatlamdagi umumiy miqdori gektriga 100-180 t ga yetadi. Shu bilan birga chirindining sifat tarkibi ham o’zgaradi. Chirindining tuproq profilida taqsimlanish va miqdori sug’oriladigan tuproqlarni mustaqil tip sifatida ajratishning asosiy sabablaridan biridir.
Uning o’simliklar o’sish va rivojlanishiga ijobiy, fiziologik, bioximik yo’l bilan ta‘siri ilmiy ravishda asoslangan. Unumli dehqonchilik sharoitida yuqori texnikaviy og’irlik ta‘siri paytida chirindining mineral o’g’itlar o’zlashtirilishini oshirish qobiliyati bebahodir.
Tuproq chirindisining ekologik ahamiyati uning qo’riqlovchi funktsiyalarida ham aks etadi. Gryunvaldning ma‘lum tajribalarida shu narsa qayd etildiki, organik o’g’itlar solinganda, suli trips kasalligiga duchor bo’lmaydi. Shu bilan bir vaqtda dalaning mineral o’g’itlar solingan qismida esa o’simliklarning katta qismi sezilarli darajada kasalga chalindi. Shuningdek “Tuproqshunoslik” va “Agoroximiya” institutida lizimetriya yordamida olib borilgan tajribalar tuproqda “faol”, “Musaffo” chirindi mavjud bo’lganda g’o’za vilt kasalligini keltirib chiqaruvchi zamburug’lar ta‘sirini kamayishini ko’rsatadi. Chirindining tuproq unumdorligi uchun qanchalik katta ahamiyati bo’lmasin, umuman chirindi hosil bo’lish jarayoni ham tuproq hosil bo’lish jarayonidek judayam sekinlik bilan ro’y beradi. Tipik bo’z tuproqlarning to’la genetik profili hosil bo’lishi uchun bir necha o’n yil, hattoki bir necha yuz yillar kerak. Shu bilan bir vaqtda tuproq ekologik jihatdan kuchsiz tuzilmalarga mansub bo’lib, uni halok qilish juda oson. Bu esa eng ko’p hollarda odamlarning “madaniy” deb hisoblangan faoliyati ta‘sirida yuz beradi. Yerlardan yuqori texnik bosimlar ayniqsa, ayrim o’simliklarning yakka hokimligidan jadal foydalanish natijasida yerlarni buzilishi qaytmas jarayon kasb etishi mumkin. Bundan ham yomoni puxta o’ylamasdan qo’llanilgan tadbirlar yerlarni 1-2 avlod hayotida hosil olish mumkin bo’lmagan yerlarga aylantiradi.


2. Tuproq tanazzuli O’zbekistonning daromadiga ta’siri.
Unumdor tuproq — serhosil va sifatli mahsulot degani. Dehqon qancha ko'p hosil olsa, daromadi shuncha oshib boraveradi. Demak, tuproq sifatining yaxshi bo'lishi aholini ish bilan ta'minlashga ham xizmat qiladi. Yangi O'zbekistonning 2022—2026-yillarga mo'ljallangan Taraqqiyot strategiyasida dehqon, fermerlar daromadini kamida 2 baravar oshirish, qishloq xo'jaligining yillik o'sishini kamida 5 foizga yetkazish belgilangan. Bunga, avvalo, qishloq xo'jaligini ilmiy asosda va intensiv rivojlantirish hisobiga erishiladi. Tuproq unumdorligini oshirish esa katta ilmiy jarayondir.
Tuproq deganda ko'pincha yerning faqat chirindili ustki qatlami tushuniladi. Ammo, u tuproq paydo qiluvchi jarayon ta'sirida o'zgargan va morfologik belgilariga qarab ona jinsdan farq qiladigan ma'lum qalinlikdagi qatlamdir. Tuproq suvni saqlaydi va fil`trlaydi, iqlim o'zgarishlariga qarshi kurashib, moslashishga yordam beradi.

Hech qaysi til lug'atida ona oy, ona quyosh, ona suv, degan ibora uchramaydi. Ammo ona yer tushunchasi barcha xalqlar uchun birdek tushunarli. Albatta, buning din tomondan keltirilgan asoslari bor. Ammo ilmiy jihatdan ham “ona zamin”, deyishimizga sabablar yetarli. Birgina misol, jismimizda mavjud hamda Mendelyeev kimyoviy jadvalidan joy olgan moddalarning bari tuproqning tarkibida bor ekan.

Yerga nisbatan “xazina” so'zini qo'llashimiz boisi ham shunda. Ammo insoniyat ana shu ona erdan doim ham to'g'ri foydalanmaydi. Ayniqsa, o'tgan asrlar davomida olib borilgan noto'g'ri qishloq xo'jaligi amaliyotlari, yer tarkibidagi organik moddalarni yo'q qiladigan doimiy shudgorlash ishlari tuproq eroziyasini kuchaytirdi. Qolaversa, sanoat manbalari, shahar chiqindilari, kanalizatsiya loylari, konchilik va eritish manbalari, o'rmonlarning kesilishi va boshqa antropogen omillar ta'sirida tuproqning ifloslanishi ortib bordi. Yerlar sifatining yomonlashish jarayoni va hosildorligining pasayishi yerlar degradatsiyasi, deyiladi. Boshqacha aytganda, degredatsiya hayot unsurlari kamaygan tuproqdir. Buning natijasi yer tarkibining buzilishi, sho'rlanish va sahrolashishga olib kelib, hozir bu mamlakatimiz qishloq xo'jaligidagi ekologik muammolardan biridir.

Yerlar degradatsiyasi tuproq funksiyasini o'zgartiruvchi, uning xossalari soni va sifatini kamaytiruvchi, unumdorligini pasaytiruvchi va yo'qotuvchi jarayonlar majmuasidir. Qurg'oqchil iqlim sharoitida yerlar degradatsiyasi ko'p hollarda cho'llanish jarayoniga o'tib ketadi, ya'ni, hosildor yer sahroga aylanadi.

Ming afsuski, hozirga kelib global yer resurslarining 40 foizga yaqini tanazzulga uchragan. Insoniyatning yerga ta'siri shu qadar kengayib boryaptiki, natijada yer o'zining muhim funksiyalarini bajarishdan to'xtab, yaroqsiz holga kelib qolmoqda. Aholi sonining o'sib borishi esa oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmini taxminan 60 foizga oshirish zarurligini ko'rsatyapti. Demak, tuproq unumdorligini oshirmasdan, serhosil yerlar qisqarishining oldini olmasdan turib bu natijaga erishib bo'lmaydi. Buning uchun ilm-fan va ilg'or texnologiyalarni yanada ko'proq ishga solish talab etiladi.
Yangi o'zlashtirilgan va yangi sug'oriladigan yerlarning katta qismi bo'lib, faol o'zlashtirish bo'yicha, o'rtacha 12 s/ga ni tashkil etadi. Ushbu guruhlar tuproqning suv eroziyasiga, ikkilamchi sho'rlanishga va boshqa xil salbiy holatlarga o'rta va past darajada moyil. Bu yerlardan qishloq xo'jaligida noto'g'ri foydalanilsa, tuproq tanazzuliga (degradatsiyasi) uchrashi, ya’ni ikkilamchi sho'rlanish, chirindi va ozuqa moddalarining kamayish, qiya joylaming yuvilib ketish jarayonlari ro'y berishi mumkin.
Yer yuzasiga chiqib turgan togʻ jinslari yogʻinsochin, karbonat angidrid, kislorod, havo harorati, mexanik kuchlar, suv va unda erigan moddalar, havo, mikroorganizmlar va tuban oʻsimliklar (yoʻsin, lishayniklar) taʼsirida yemiriladi (nuraydi). Nuragan jinslar maydalanib, gʻovak qatlam hosil qiladi. Bu qatlam vaqt o'tishi bilan yangi xususiyat — nam sigʻimi va oʻsimliklar oʻzlashtira oladigan bir oz miqdordagi oziq moddalarga ega boʻladi. Vujudga kelgan yangi muhitdagi mikroorganizmlar oʻz hayot faoliyati tufayli oʻsimliklarning oʻsishi uchun sharoit yaratadi, oʻsimliklar tuproqdan oʻz hayoti uchun zarur oziq moddalarni oʻzlashtiradi va oʻzida toʻplaydi. Nobud boʻlgan oʻsimlikning bir qismi mikroorganizmlar taʼsirida parchalanib, mineral moddalarga, qolgan qismi esa murakkab biokimyoviy jarayonlar natijasida chirindi (gumus) ga aylanadi.

qattiq, suyuq, gaz holatidagi va tirik tarkibiy qismlardan tashkil topgan. Ularning bir-biriga nisbati turli T.lardagina emas, balki bir T. tipining har xil qatlamlarida ham turlicha. T. qattiq qismini mineral moddalar tashkil qiladi. Tabiiy joylanishda qattiq zarralar T. massasining maʼlum qismini egallaydi, qolgan qismini esa zarralar va ularning agregatlari oraligʻidagi har xil kattalik hamda shaklga ega boʻlgan kovaklar (gʻovaklik) tashkil qiladi. Bu boʻshliqlarning umumiy yigʻindisi T. gʻovakligi deyiladi. T. gʻovakligi kapillyar va nokapillyar boʻladi. Kapillyar gʻovakli T.ning mayda zarralari kapillyar oraligʻidagi hajmga, nokapillyar gʻovaklik esa makrostruktura elementlari oraligʻidagi yirik kovaklar hajmiga teng. T.ning mineral qismidagi g'ovakligi 40—60%, botqoqi va gleylangan Tlarda esa 27% atrofida boʻladi. Gʻovaklik T.ning solishtirma va hajm ogʻirligiga bogʻliq. Kovaklarda T.ning suyuq qismini tashkil qiluvchi, tarkibida erigan moddalar — tuproq eritmasi boʻlgan tuproq nami hamda T.ning gaz holatidagi qismini tashkil etuvchi tuproq havosi boʻladi. T. tarkibidagi suv va havo miqdorining nisbati atmosfera yogʻinlari, sugʻorish va grunt suvlari hamda suvning sarflanishi, yaʼni tuproq qatlamidan oqib chiqib ketishi, bugʻlanishi va oʻsimlik ildizlari orqali shimilishi va boshqa bilan bogʻliq holda oʻzgarib turadi. Mana shu sharoitlar tuproqning suv va havo rejimini belgilaydi. T.dagi havo tarkibi atmosfera havosidan (O220,96%, SO20,03%) farq qiladi (tuproq hajmiga nisbatan % hisobida: O2—20,3%, SO2—0,65%), azot miqdori deyarli teng.

T.ning havo oʻtkazuvchanligi undagi havo miqdoriga toʻgʻri proporsional kattalik boʻlib, T. tuzilishi, strukturasi va suvga chidamligiga bogʻliq.

T.ning solishtirma massasi maʼlum hajmli T. qattiq qismi ogʻirligining 4° da olingan xuddi shunday hajmdagi suv ogʻirligiga boʻlgan nisbati bilan belgilanadi. T. mineral qismlarining solishtirma massasi mineralogik tarkib va undagi organik moddalar tarkibiga bogʻliq (2,50— 2,80 g/sm3 gacha boʻladi). Krvushmasi buzilmagan T. zichligi deb tabiiy holatdagi 1 sm3 T. ogʻirligining gramm hisobidagi vazniga aytiladi va T.ning gʻovakligi va qattiq fazaning oʻrtacha zichligi bilan belgilanadi. Unumdorlik darajasini belgilovchi tuproqning kimyoviy tarkibi, fizikkimyoviy, fizikmexanik va boshqa xususiyatlari maʼlum darajada undagi singdiruvchi kompleks tabiati va tarkibiga bogʻliq. Tuproqning ana shu singdiruvchi kompleksi xususiyatlariga qarab yerlarni yaxshilash tadbirlari belgilanadi.

T.ning tirik tarkibiy qismi tuproq mikroorganizmlari (qarang Mikroflora), umurtqasiz hayvonlarning koʻpgina guruhlari — eng sodda hayvonlar, chuvalchanglar, mollyuskalar, hasharotlar vakillaridan hamda yerni oʻyuvchi umurtqalilar (yumronqoziq, sichqon, kalamush) va h.k.dan tashkil topgan.

Moddalarning tabiatda aylanishi hamda qayta joylanishi asosida T. morfologiyasi, tarkibi va xususiyatlari profil boʻylab yuqoridan pastga tomon maʼlum qonuniyatga binoan oʻzgarib boradi va tuproq gorizontlarining navbat bilan almashinishida namoyon boʻladi. Shuning uchun bu jarayonlarni bilmay turib insonning hayot kechirish muhitini tashkil etuvchi omillardan biri boʻlgan T. qoplamidan notoʻgʻri foydalanish tuproq eroziyasiga, uning shoʻrlanishi va botqoqlanishiga olib keladi. Tuproq degradatsiyasi tuproqlar tarkibidagi foydali mikroorganizmlar populyatsiyalarining kamayib ketishida ham ko'rinadi. Bundan bir necha o'n yillar avval tuproqlarimiz tuproq unumdorligi va hosildorlikni belgilab beruvchi mikroorganizmlarga boy bo'lgan bo'lsa, hozir unday deya olmaymiz. Sobiq Sho'ro davlatida o'ziga xos usulda, ayrim hollarda, g'ayriilmiy tarzda yoki ilmiy isbotlarsiz tizimlashtirilgan qishloq xo'jaligi yillar o'tishi bilan ulkan iqtisodiy hamda ekologik muammolarni keltirib chiqardi.



Download 191.02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling