Moliya fakulteti “Soliqlar va soliqqa tortish ” fanidan Mustaqil ish Bajardi
Soliq solish ob’ekti va soliq bazasi
Download 32 Kb.
|
GulturayevB
- Bu sahifa navigatsiya:
- Soliq solish ob’ekti va soliq bazasi
- Soliq stavkalari
Soliq solish ob’ekti va soliq bazasi
Soliq kodeksining 464-moddasiga ko’ra, jami daromad soliq bazasi deb e’tirof etiladi, bundan quyidagilar mustasno: - O’zbekiston Respublikasining davlat obligatsiyalari va boshqa davlat qimmatli qog’ozlari bo’yicha daromadlar, shuningdek O’zbekiston Respublikasi rezidentlari bo’lgan yuridik shaxslarning xalqaro obligatsiyalari bo’yicha daromadlar; - soliq agentida soliq solinishi lozim bo’lgan dividendlar; - qaytariladigan ko’p marta aylanadigan tara qiymati, agar uning qiymati ilgari tovarlarni (xizmatlarni) sotishdan olinadigan daromadga kiritilgan bo’lsa; - amortizatsiya qilinadigan aktivlarni tugatishda ularni qo’shimcha baholashda olingan, oldingi narxni tushirishlardagi summadan ortiqcha summa hisobidan olingan daromadlar; Soliq solish ob’ekti va soliq bazasi - hisobot yilida aniqlangan o’tgan yillardagi daromadlar. Mazkur daromadlarga ular shakllangan davrdagi qonun hujjatlariga muvofiq soliqlar bo’yicha qayta hisob-kitob o’tkazilganligi inobatga olingan holda soliq solinadi; - tovarlarni (xizmatlarni) eksport qilishdan olingan daromadlar, agar tovarlarni (xizmatlarni) eksport qilishdan olingan daromadlar umumiy daromadning foizidan ko’prog’ini tashkil etsa. Soliq solish ob’ekti va soliq bazasi Hisobot soliq davrida soliq bazasini ko’paytirish yoki kamaytirish daromadlarga tuzatish kiritish deb e’tirof etiladi. Daromadlarga quyidagi hollarda tuzatish kiritiladi: - tovarlar to’liq yoki qisman qaytarilganda; - bitim shartlari o’zgarganda; - narxlar o’zgarganda, sotib oluvchi siylovlardan foydalanganda; - ko’rsatilgan xizmatlardan voz kechilganda. Daromadlarga tuzatish kiritish bir yillik muddat doirasida, kafolat muddati belgilangan tovarlar (xizmatlar) bo’yicha esa kafolat muddati doirasida amalga oshiriladi. Soliq stavkalari Soliq kodeksining 468-moddasiga ko’ra, turli soliq solish ob’ektlari va (yoki) soliq stavkalari belgilangan bir necha faoliyat turi bilan shug’ullanadigan soliq to’lovchilar bunday faoliyat turlari bo’yicha alohida-alohida hisob yuritishi hamda soliq to’lovchilarning tegishli toifalari uchun belgilangan stavkalar bo’yicha soliqni to’lashi shart. Ushbu qoidalar chakana savdo sohasidagi mustaqil yuridik shaxs bo’lmagan turli aholi punktlarida joylashgan bir qancha savdo nuqtalariga ega soliq to’lovchilarga nisbatan ham qo’llaniladi. Download 32 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling