Moliya fani bo’yicha glossariy


Download 8.13 Kb.
Sana09.06.2023
Hajmi8.13 Kb.
#1471279
Bog'liq
MOLIYA FANI BO’YICHA GLOSSARIY


MOLIYA FANI BO’YICHA GLOSSARIY

  • Moliya – kengaytirilgan takror ishlab chiqarish uchun sharoitlarni ta’minlash hamda davlatning funkssiyalari va vazifalarini bajarish maqsadida markazlashtirilgan va markazlashtirilmagan pul mablag’lari fondlarini shakllantirish, taqsimlash va foydalanish bilan bog’liq bo’lgan iqtisodiy (moliyaviy) munosabatlaer majmuidir.

  • Moliyaviy siyosat (byudjet siyosati) – davlat umumiy iqtisodiy siyosatining muhim tarkibiy qismi; davlat faoliyatini ta’minlash, mamlakat farovonligini oshirish maqsadlarida moliya tizimini tashkil etish, moliyaviy resurslarni safarbar etish va ulardan foydalanish, davlat oldida turgan ichki va tashqi siyosat vazifalarini bajarish bo’yicha amalga oshiriladigan barcha davlat tadbirlarini o’z ichiga oladi.

  • Moliyaviy tizim – amaliy ish jarayonida turli pul fondlaridan shakllanadigan va foydalaniladigan moliyaviy munosabatlarning turli soha va bo’g’inlari majmuidir.

  • Moliyaviy boshqaruv – biror – bir ijobiy natijaga erishish uchun, muayyan uslublar va tamoyillarga tayangan holda moliya tizimiga maqsadga muvofiq ravishfa ta’sir etish demakdir.

  • Moliyaviy rejalashtirish – moliyaviy jihatdan istiqbolga yo’naltirilgan qarorlarni qabul qilish hamda moliyaviy resurslarning balansliligi (muvozanatliligi) va proparsionalligi (mutanosibligi) ni ta’minlashga qaratilgan faaoliyatdir.

  • Moliyaviy nazorat – davlat tomonidan tashkil etilgan, nazorat qilish vazifalari yuklatilgan davlat organlari tomonidan hukumat, korxonalar, tashkilotlar va muassasalar faoliyatining samaradorligini aniqlashga qaratilgan chora – tadbirlar tizimidir.

  • Davlat byudjeti – davlatning o’z funksiyalarini bajarishga yo’naltiriladigan markazlashgan pul fondlarining shakllanishi va safarbar etilishi bilan bog’liq bo’lgan iqtisodiy munosabatlar demakdir.

  • Davlat maqsadli jamg’armalari – bu muayyan maqsadlarga ega bo’lgan ma’lum manbalardan davlat ehtiyojlari uchun jalb qilingan moliyaviy resurslarni qayta taqsimlash va ulardan foydalanish shaklidir.

  • Sug’urta – tabiiy ofatlar (zilzila, suv toshqini, yogʻin va boshqalar), har xil baxtsiz hodisalar roʻy berishi natijasida koʻrilgan zararni qoplash va boshqa pul qoplamalari toʻlash uchun maqsadli pul jamgʻarmalarini tashkil etish va undan foydalanish bilan bogʻliq iqtisodiy munosabatlar tizimi.

  • Soliq – davlat  yoki mahalliy boshqaruv faoliyatini taʼminlash uchun davlat organlari tomonidan tashkilot va jismoniy shaxslardan yigʻib olinadigan toʻlovga aytiladi. Davlat byudjeti daromadlar qismining asosiy manbai soliqlar hisoblanadi. Shuningdek, soliq iqtisodiy turkum sifatida, sof daromadning bir qismini davlat byudjetiga jalb qilish shakli bo’lib, moliyaviy munosabatlarning tarkibiy qismini tashkil qiladi.

Download 8.13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling