"Moliya" fanidan kurs ishi mavzu


Moliyaviy barqarorlik tahlili


Download 80.33 Kb.
bet4/8
Sana19.06.2023
Hajmi80.33 Kb.
#1599844
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
207-guruh Jo\'rayeva Z1

2. Moliyaviy barqarorlik tahlili

Erkin iqtisodiy munosabatlar sharoitida Moliyaviy boshqaruv jarayonida o‘rganilayotgan hodisa yoki jarayon maydadan-yirikka, oddiydan-murakkabga yoki aksincha, umumiylikdan eng kichik omilga qadar o‘rganadi hamda umumiy birligi va bir-biri bilan uzviy bog‘lanishi e’tiborga olinadi. Demak, Moliyaviy boshqaruv fani firma va korxonalarning iqtisodiy – ijtimoiy faoliyatini ob’ektiv va sub’ektiv omillarni e’tiborga olgan holda o‘rganadi.


Har qanday mustaqil fan o‘zining predmetiga ega. Lekin har bir iqtisodiy fan o‘ziga xos xususiyatga, o‘zi o‘rganadigan predmetiga ega. Bu faqat shu fanga xos bo‘lib, imkoni boricha boshqa falarda takrorlanmasligi lozim. Bu talab shu fanning mustaqil fan sifatida faoliyat ko‘rsatishi uchun asosiy shartlardan biri hisoblanadi.
«Boshqaruv hisobi», «Moliyaviy hisob», «Statistika», «Moliya», «Audit», «Marketing», «Menejment» kabi fanlarning ham predmeti keng ma’noda xo‘jalik faoliyatidir.
Ammo, bu jarayonlarning sodir bo‘lish paytini emas, balki uning natijasini o‘rganadi, ob’ektda sodir bo‘ladigan iqtisodiy jarayonlar uning biznes rejasida ko‘zda tutilgan ma’lumotga asoslansa, jarayonning sodir bo‘lishini qonuniy jihatdan hujjatlashtirish bilan «Boshqaruv hisobi», «Moliyaviy hisob» va «Statistika» kabi fanlar shug‘ullanadi. SHu jarayonlarning natijasi ma`lm davrlarda (oy, chorak, yil) jamlanib boriladi va turli hisobotlarda o‘z aksini topadi. Tahlil esa aynan ana shu tuzilgan hisobotlarga, jamlangan hujjatlarga asoslanadi.
«Moliyaviy boshqaruv» fanining predmeti haqida turli iqtisodiy adabiyotlarda iqtisodchi olimlarning qarashlari turlicha talqin etilgan. Masalan, iqtisodchi olim M.Q.Pardaev tahlilning predmetiga quyidagicha ta’rif bergan: «tahlil fanining predmeti, xo‘jalik faoliyatida ob’ektiv (tashqi) va sub’ektiv (ichki) omillar ta’sirida sodir bo‘lgan, bo‘layotgan va bo‘ladigan ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni ma’lumotlar manbaida ifodalangan ko‘rsatkichlar tizimi orqali uning holatiga baho berish va yaxshilash yo‘llarini ishlab chiqishni o‘rganishdan iboratdir».
Ushbu olimning fikrlariga qo‘shilgan holda, biz hozirgi bozor iqtisodiyoti sharoitida «Moliyaviy boshqaruv» fanining predmetiga quyidagicha ta’rif berishni lozim deb topdik.
«Moliyaviy boshqaruv» fanining predmeti deb – turli mulk shaklidagi firma, uyushma, birlashma va hakozolarning moliyaviy- xo‘jalik jarayonlarini sodir bo‘lishi, rivojlanishi va o‘zgarishini ijtimoiy-iqtisodiy samaradorligi hamda moliyaviy barqarorligi, to‘lov qobiliyati, raqobatga chidamli bo‘lib faoliyat ko‘rsatishi uchun zarur texnik, tashkiliy, moddiy, moliyaviy, innovatsion boyliklaridan oqilona foydalanayotganligiga baho berishga aytiladi. Bunday o‘rganishda jamiyatda amal qilayotgan ob’ektiv va sub’ektiv qonunlarga tayanadi hamda ko‘pgina axborot manbalaridan foydalanadi».
Fanning predmeti ta’rifidan shu narsa ko‘riladiki, demak fan korxonalarning xo‘jalik jarayonlarini o‘rganar ekan, hamda qanday iqtisodiy samaradorlikka erishganligini ko‘rsatar ekan. Tahlilning predmetida ob’ektiv (tashqi) va sub’ektiv (ichki) omillar alohida o‘rin tutadi, chunki, iqtisodiy jarayonlar o‘z-o‘zidan sodir bo‘lmaydi. Ular ma’lum ichki va tashqi omillar ta’siri ostida ro‘y beradi. SHu omillar ta’sirini boshqa fanlar o‘rgatmaydi. Bu faqat Moliyaviy boshqaruv fanida o‘rganiladi va uning predmetining asosini tashkil etadi. SHuningdek, xo‘jalik faoliyati natijasiga to‘g‘ri baho bermasdan, unga ta’sir qilgan ijobiy va salbiy omillarni o‘rganmasdan turib ko‘zda tutilgan maqsadga erishib bo‘lmaydi. Shu tufayli tahlil fani predmetining markazida ob’ektiv va sub’ektiv omillarni o‘rganish lozimligi qayd qilinishi bejiz emas.
Tahlilning predmetini o‘rganishda faqat sodir bo‘layotgan ijtimoiy- iqtisodiy jarayonlar bilan cheklanib qolish mutlaqo etarli bo‘lmas edi. Tahlildan maqsad mavjud natijaga odilona baho berish bilan birgalikda yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni kelgusida bartaraf qilish va shu orqali tahlil qilinayotgan ob’ektning iqtisodiy va moliyaviy ahvolini yaxshilashdan iboratdir.
Korxonalar faoliyatiga baho berishda o‘rganilayotgan iqtisodiy hodisa va jarayonlarga bog‘liq bo‘lgan sub’ektiv omillarni ham e’tiborga olib tahlil qilinadi. Sub’ektiv (ichki) omil deyilganda korxonalarning amaliy faoliyati bilan yuqori samaradorlikka erishish, ya’ni mehnat, moddiy va asosiy fondlardan oqilona foydalanish hisobiga ko‘proq mahsulotlar ishlab chiqarishda hamda yuqori foyda olish evaziga korxonalar faoliyatini yaxshilash mumkinligini ham o‘rganadi.
Ob’ektiv (tashqi) omillar deyilganda korxona faoliyatiga mutlaqo bog‘liq bo‘lmagan omillar tushuniladi, ya’ni davlat siyosatining o‘zgarib turishi, bozordagi talab va taklifning o‘zgarishi, baho, tabiiy omillar va hakozolar.
Iqtisodiy manbaalardan foydalanib o‘rganish deyilganda esa buxgalteriya, statistik, tezkor hisob ma’lumotlaridan foydalangan holda korxona va firma faoliyati aniq raqamlar bilan o‘rganiladi va umumlashtiriladi. CHunki iqtisodiy manbaalar korxonalarda sodir bo`laytogan hodisa va jarayonlarning aniq o`lchamlari, aks ettiradi va baho beradi. Shunday qilib, tahlil fani mustaqil fan b`lib, o`ziga xos xususiyatlarga, o`zining betakror predmetiga ega. Tahlilda o`rganiladigan iqtisodiy jarayonlarva ularning muhim jihatlari aynan shu tarzda boshqa fanlarda o‘rganilmaydi va takrorlanmaydi. Har qanday fanning ob’ekti bo‘lishi lozim. Ammo, «Moliyaviy boshqaruv» fanining nazariyasiga bag‘ishlangan eng so‘nggi adabiyotlarda ham bu masalaga etarlicha e’tibor qaratilmagan. Shu tufayli fanning predmeti bilan ob’ektini ko‘p hollarda bir xil tushunchalar deb qaraladi. Bu esa o‘z navbatida nazariy jihatdan asossiz, chalkash xulosalarga olib kelishi mumkin.
Har qanday fanning ob’ekti uning predmeti qaerlarda amalga oshishini ko‘rsatib beradi. «Moliyaviy boshqaruv» fanining predmeti hozirgi bozor munosabatlari shakllanayotgan sharoitda ko‘p mulkchilikka asoslangan barcha yuridik va jismoniy shaxslarning xo‘jalik faoliyatida mujassam. Shu tufayli tahlil fanining ob’ektiga davlat, jamiyat tashkilotlari, uyushmalar, trestlar, birjalar, korxonalar, tashkilotlar va boshqa xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning xo‘jalik jarayonlari kiradi. Bu ob’ektlar iqtisodiy asosi jihatidan davlat, jamoa, aksiyadorlik, xususiy, xorijiy va aralash kabi mulk shaklida faoliyat ko‘rsatadigan ob’ektlarga bo‘linadi.
O‘zbekiston Respublikasi o‘ziga xos va mos iqtisodiy taraqqiyot yo‘lini tanladi. Bu mustaqil yo‘l bilan hamma sohada, xususan, milliy hisoblar tizimida ham jahon andozalariga bosqichma-bosqich o‘tish ko‘zda tutilgan. Bu esa o‘z navbatida, mulk shaklidan qat’iy nazar, tahlilning bir xil metodologik usulini yoritishni taqozo qiladi.
Ob’ektning va davrning qanday bo‘lishidan qat’iy nazar ushbu fan predmetining mohiyati o‘zgarmasligi, ob’ekt esa tahlilning qaysi makonda o‘tkazilishiga qarab o‘zgarib turishi mumkin. SHu jihatdan uning predmeti ob’ektidan mazmun va mohiyati jihatidan tubdan farq qiladi.
Iqtisodiyotni modernizatsiya qilish sharoitida «Moliyaviy boshqaruv»ning sub’ektlari bo‘lib, tahlil ob’ektini kim tomonidan o‘rganilishiga qarab belgilanadi, ya’ni hozirgi vaqtda xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyatini juda ko‘p mutaxassislar, mulkdorlar, davlat idoralari xodimlari tahlil qiladilar.
Tahlil ishlarini amalga oshiruvchi tahlil sub’ektlari tarkibiga korxona (firma), tashkilot va uyushmalarning oddiy xodimidan rahbar xodimigacha bo‘lgan barcha xodimlari, buxgalterlar, iqtisodchilar, menejerlar, boshqaruv idorasi xodimlari, statistika idorlarari xodimlari, auditorlar, moliya tashkilotlari xodimlari, texnik xizmati xodimlari, mehnat birjasi xodimlari, atrofni muhofaza qilish tashkiloti xodimlari, marketing xizmati xodimlari, bank va birjalar xodimlari kabilar kiradi.
Moliya organlari iqtisodiy tahlil jarayonida korxona va birlashmalarning foydalilik rejasini bajarilishiga, davlat byudjeti oldidagi majburiyatlariga, korxonaning moddiy va pul resurslarini ratsional taqsimlanishiga, o‘z – o‘zini moliyalashga va harid quvvatiga diqqatini qaratadi. Masalan, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy Banki doimiy ravishda kredit olgan korxona va birlashmalarning ish faoliyatini, hamda asosiy hajm va sifat ko‘rsatkichlarini tahlil qilib turishadi, korxonalarda bank kreditlarining ishlatilishini, mehnat xaqi fondini, tovar – moddiy qiymatliklar va ularni saqlanish holatini hamda to‘lov intizomi holatini tahlil qilib turishadi.
Iqtisodiy tahlil ishlarini korxona va birlashmalar olib borishi bilan bir qatorda boshqa tashkilotlar ham olib borishi mumkin.
Bularga:

  • Rejalashtirish tashkilotlari;

  • Ilmiy tadqiqot va loyihalashtirish institutlar Jamoat tashkilotlari;

  • Matbuot organlari kabilar kiradi;

Ichki tahlilni esa korxona va birlashmalarni ishchi hodimlari olib boradilar va ularning turli tarkibiy bulinmalari o‘zlariga tegishli funksiyalarni belgilab oladilar. Iqtisodiy tahlil ko‘p qirraliligi bilan ajralib turadi. Korxonani hamma faoliyati sferalarida mavjud bo‘lgan rezervlarni izlab topish, taqsimlangan majburiyatlarni aniq bajarilishi va uni amalga oshirishda ma’suliyatni xis etish lozim bo‘ladi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida analitik ishlarning muvaffaqiyati ko‘p jihatdan uni qanday tashkil etilganligiga va rejalashtirishga bog‘liqdir. Odatda analitik ishlarda nafaqat korxonani boshqaruv tarkibi, balki boshqaruvning funksional organlari, jamoatchilik a’zolari hamda mehnat jamoasigacha qatnashishi mumkin bo‘ladi.
Iqtisodiy adabiyotlarda iqtisodiy tahlilni tashkil etishning quyidagi bosqichlari keltirib o‘tilgan.
Tahlil o‘tkazishning rejasi va dasturini tuzish bosqichi. Iqtisodiy tahlilning dasturi va rejasini tuzib olish tahlilni tashkil etishning asosiy qismidir. Bu bosqichda iqtisodiy tahlil ishlari nimadan boshlanishi, tahlil utkazuvchi komissiyaga kimlar kiritilishi hamda tahlil ishlari nima bilan yakunlanishi ko‘rsatib o‘tiladi. Bundan tashqari iqtisodiy tahlil o‘tkazish dasturida quyidagilar aniq ko‘rsatilgan va belgilanib olingan bo‘lishi lozim:

  • tahlilning maqsadi va vazifasini aniqlash;

  • tahlil ob’ektini aniqlash;

  • iqtisodiy tahlil ishlarini olib borish joyi;

  • tahlil mazmunini izoxlash;

  • ijrochilarni tarkibi va ularning vazifalarini belgilash;

  • tahlil utkazish muddatini belgilab olish;

  • tahlil manbalari. va ularni natijalarini rasmiylashtirish tartibini aniqlab olish.

Tahlil uchun kerakli bo‘lgan manbalarni aniqlash, yig‘ish hamda hisoblanadigan ko‘rsatkichlarni belgilash bosqichi. Ushbu bosqichda quyidagi ishlar amalga oshiriladi:

  • tahlil uchun zarur ma’lumotlarni aniqlash;

  • tahlil manbalarini to‘plash;

  • qo‘shimcha ma’lumotlarni jalb etish;

To‘plangan ma’lumotlarning qo‘g‘riligini tekshirish va tahlil uchun moslashtirish bosqichi. To‘plangan manbaalarni to‘g‘riligini tekshirish hamda ishonchliligini aniqlashdan iborat bo‘ladi va ushbu manbaalar tahlil uchun moslashtiriladi. Bundan tashqari ushbu bosqichda quyidagilar aniqlanib olinadi:

  • tahlil usullarini aniqlab olish;

  • ma’lumotlarni soddalashtirish;

  • jadval, sxema va maketlarni tuzish;

  • ta’sir etuvchi faktorlarni aniqlash;

  • rezervlarni aniqlash.

Bevosita xo‘jalik sub’ektlarining barcha sohalarini belgilangan tartibda tahlil qilib chiqish bosqichi. Bu eng muhim bosqich bo‘lib, bevosita tahlil ishlari bajariladi, ko‘rsatkichlar hisoblanadi, o‘zgarish sabablari va farqlar aniqlanadi. Ushbu bosqichda quyidagi ishlar amalga oshiriladi:

  • mezon ko‘rsatkichlarini aniqlash;

  • ko‘rsatkichlarni hisob-kitob qilish hamda natijalarni baholash;

  • baholashda ekspertizadan foydalanish;

  • natijalarni umumlashtiruvchi mezonlar;

  • tahlil natijalarini xulosaga tayyorlash.

Tahlil natijalarini umumlashtirish va rasmiylashtirish bosqichi. Bu bosqichda o‘rganilayotgan iqtisodiy jarayon yakunlanadi va ma’lum bir o‘zgarishlarga baho beriladi hamda tahlilga yakun yasaladi. Bundan tashqari ushbu bosqichda ham quyidagi ishlar amalga oshirilishi lozim bo‘ladi:

  • korxona faoliyati natijalarining o‘zgarish sabablarini aniqlash;

  • korxona faoliyatini yaxshilanish rezervlarini jamlash;

  • aniqlangan rezervlardan foydalanish tadbirlarini belgilash;

  • tahlil natijalarini hisoblash va hisobotda ifodalash.

Tahlil natijasida ilg‘or g‘oya va tajribalarni amaliyotda qo‘llash shart-sharoitlarini ko‘rsatib berish hamda ularni amaliyotga tadbiq etish bosqichi. Mazkur bosqichda tahlil natijasida aniqlangan imkoniyatlarni korxona faoliyatiga qo‘llash yo‘llari ko‘rsatib beriladi, tavsiyalar beriladi, aniqlangan ilg‘or g‘oya va tajribalarni amaliyotga tadbiq etishni ko‘rsatib beradi va ularning haqiqatda kelgusida bajarilishi nazorat qilib boriladi.
Korxonalarni to‘g‘ri va oqilona boshqarish uchun turli-tuman ma’lumotlar tizimidan foydalanish zarurki, ular orqali to‘g‘ri boshqaruv qarorlari qabul qilinishi mumkin. Malumotlar deyilganda iqtisodiy hodisalar, voqealar va xo‘jalik jarayonlarini tegishli manbalar orqali aks etirish, ularni qayta hisoblash va o‘rganish, hamda qiziquvchi tashkilotlarga uzatish tushuniladi.
Tahlil uchun kerakli bo‘lgan ma’lumotlarni mazmuniga qarab quyidagi turlarga ajratish mumkin:

  • Iqtisodiy ma’lumotlar;

  • Huquqiy-me’yoriy ma’lumotlar;

  • Ilmiy- texnikaviy ma’lumotlar;

  • Tabiy- ekologik ma’lumotlar.

Iqtisodiy ma’lumotlarni biznes reja, turli xil axborot manbaalar, texnalogik ma’lumotlar, operativ- texnik, me’yoriy va hisob hujjatlari tashkil etadi. Bu manbaalar tahlilda eng ko‘p foydalaniladi.
Huquqiy- me’yoriy ma’lumotlarga esa Respublikamizda amal qilayotgan barcha qonunlar, me’yoriy hujjatlar va normativ aktlarda rasmiylashtirilgan axborotlardan foydalanish tushiniladi.
Ilmiy-texnikaviy ma’lumotlar, eng yangi taraqqiyot, jaxondagi o‘zgarishlar, fan va texnika yutuqlarini o‘zida mujassam etgan axborotlardir. Bu axborotlar tahlil uchun muhim ahamiyat kasb etadi.
Tabiiy-ekalogik ma’lumotlar, tabiàt, er, iqlim va boshqa ekologik omillarni mujassamlashtirgan axborotlarni iqtisodiy tahlilda muhim manbaa sifatida o‘rganiladi.
Boshqa manbaalarga esa, iqtisodiy, huquqiy, ilmiy-texnikaviy, tabiy- ekologik manbaalarda aks etmagan ma’lumotlar tushunilib, bunga ommaviy axborot vositalari, gazeta va jurnallardagi, radio va televideniyadagi keltirilgan axborotlardan foydalanish tahlil uchun muhimdir.
Ko‘plab manbaalarni tahlil jarayonlarida qo‘llash ularning mazmunini boyitishga, boshqaruv qarorlarini xolisona bo‘lishini va korxonalarni bozor iqtisodiyoti sharoitida faol qatnashishiga imkon yaratadi.
Iqtisodiy manbaalar boshqa axborotlardan quyidagi xususiyatlari bilan ajralib turadi. Hujjatlashganligi – barcha iqtisodiy hodisa va jarayonlar sodir bo‘lishi bilan tegishli boshlang‘ich hujjatlarda qayt etiladi hamda axborot sifatida rasmiylashadi.
Turli-tumanligi – hodisa va voqealar ko‘pgina manbaalarda qayt etilib, hajmi, mazmuni, shakli jihatidan bir- biridan farqlanadi.
Ommaviyligi va hajmining kengligi – ko‘pgina iqtisodiy axborotlar tegishli shaklga ega bo‘lganligi, hisobot shakllarining yuqori organlar tomonidan tasdiqlanilganligi ularni tushunishni, bilishni osonlashtiradi.
Ma’lum davrlarda takrorlanib turishligi – tasdiqlangan me’yoriy hujjatlar muntazam to‘lg‘azilib tegishli tashkilotlarga topshirilish ko‘zda to‘tiladi, hisobot davrlari- choraklar, yarim hamda yillik muddatlarga bo‘linib axborotlar to‘ziladi.
Qonunlashganligi va chegaralanganligi – barcha iqtisodiy axborotlar davlat tashkilotlari, moliya vazirligi, makroiqtisod vazirligi va soliq qo‘mitasi tomonidan tasdiqlangan shakllarga asoslanib to‘ziladi. Bozor iqtisodi sharoitida korxonalar uchun muhim sanalgan ayrim ma’lumotlar boshqalar uchun maxfiy bo‘lib, faqat egasining ruxsati bilan e’lon qilinishi mumkin.
Ko‘p qirraliligi va sermazmunligi – iqtisodiy axborotlar miqdoriy va qiymat o‘lchamlarida ko‘rsatiladi, boshlang‘ich hujjatlarda korxona nomi, imzo chekuvchilarning nasl-nomasi, davri va mahsulotlarning turlari ko‘rsatilgan holda rasmiylashadi.
Iqtisodiy ma’lumotlarni aksariyat qismini hisob axborotlari tashkil etib, buxgalteriya, statistika va tezkor hisoblar majmuidan iboratdir. Buxgalteriya hisobi ma’lumotlari iqtisodiy tahlil axborotlari tarkibida 70 foizdan ortiq salmoqni egallaydi. Tahlil uchun kerakli manbaalar quyidagi talablarni bajarishi lozim: Xaqqoniylik va holisonalik tamoiliga amal qilinadi. Manbaalar tahlil qilinishi uchun keng imkoniyatli bo‘lmog‘i lozim, ya’ni reja, hisob va statistik malumotlar hodisa va jarayonlar mazmunini to‘liq yoritishi, talab qilingan vazifalarni bajarishi kerak.
Iqtisodiy hodisa va voqealarni ifodalovchi manbaalar aniq o‘lchamda aks ettirilishi lozim. Barcha manbaalarning umumiy birligi va uzviy bog‘liqligi saqlaniladi hamda ulardagi axbarotlar bir-birini to‘ldirib turilishini taqozo etadi. Manbaalarga kiritilgan ko‘rsatkichlarni aniqlanish tamoillari va aks ettiriladigan davrlar mosligi zarurdir va hakozolar. Yuqoridagi talablarga javob beruvchi barcha axborotlar tahlilning aniq bajarilishi, sermazmun bo‘lishligiga imkon yaratadi. Xo‘jalik faoliyatini avtomatik boshqarish sistemasi sharoitida tashkil etish deyilganda, elektron hisoblash mashinalari (kompьyuterlar) yordamida va iqtisodiy matematik usullarini qo‘llagan holda ishlab chiqarishning muhim sohalarini aniq va to‘g‘ri boshqarish vazifalarini amalga oshirish maqsadida tashkil etish tushuniladi. Bunday amalga oshirish uch xil yo‘nalishda bo‘lishi mumkin, ya’ni:

  • Markazlashgan;

  • Markazlashmagan;

  • Aralash.

Xo‘jalik faoliyatini tahlil etishning avtomatik boshqarish sistemasi sharoitida amalga oshirish quyidagi prinsiplarga amal qiladi.

  • Aniq maqsadga ega ekanligi sistemalashganligi;

  • Kompleksliligi;

  • Ixchamlashganliligi;

  • Uzluksizlik va muntazamlilik;

  • Taqqoslanish imkoniyatini kengligi;

  • Echim loyihasi aniq va ixchamliligi.

Avtomatik boshqarish sistemasi sharoitida tahlil etish quyidagi sharoitda bajariladi:

  • Qayd etish;

  • Boshlang‘ich ma’lumotlarni yig‘ish va uzatish; Umumiy ma’lumotlar bazasini tashkil etish;

Ko‘rsatkichlar algoritmi bo‘yicha ma’lumotlarni qayta ishlash; Iste’molchilar uchun kerakli ma’lumotlarni tayorlash.
Tahlil uchun kerakli ma’lumotlarning aniqligini va tez muddatda tayyorlashning eng aniq yo‘llaridan biri – kompьyuter dasturlari yordamida qayta ishlash hisoblanadi. Kompleks avtomatlashgan sharoitda tahlil uchun kerakli ma’lumotlardan foydalanish xususiyatlari ma’lum darajada imkoniyatlarni ochib beradi: Boshlang‘ich hujjatlar - hisob, statistika normativ ma’lumotlar kompьyuterning xotirasiga qo‘yilib faqat bir xil manba, ya’ni mashina xotirasiga olinadi; Tahlil uchun kerakli turli murakkab hisoblashlar ma’lum sekundlarda bajariladi; Ta’sir etuvchi omillarni mashinalar aniq ko‘rsatib beradi; Tahlil uchun kerakli ma’lumotlar va tahlil natijalari o‘rnatilgan shaklda mashinagramma, tabelogrammalarda ifodalanadi; Turli xil iqtisodiy ma’lumotlar mashinalar uchun bir xil shifr va kodlarda kiritiladi. Rivojlangan mamlakatlar tajribasiga ko‘ra ishni avtomatlashtirilgan tarzda olib borilishi ancha iqtisodiy samarodorlikka olib kelar ekan.
Iqtisodiy tahlilda foydalaniladigan barcha manbaalarni ishonchliligini, aniqliligini va to‘g‘riligini tekshirish natijalarni samarali bo‘lishiga zamin yaratadi. Kerakli manbaalarning turli- tumanligi, sermazmunliligi va ko‘pligi ularning sifatli shakllanishiga e’tiborni qaratilishni taqozo etadi. Odatda korxonalar faoliyatini tahlil qilish davrida ma’lumotlar manbai yig‘iladi. Ushbu ma’lumotlarning to‘g‘riligiga ishonch hosil qilish maqsadida ma’lumotlar to‘g‘riligi tekshiriladi.

Download 80.33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling