Moliya fanidan ma’ruza matnlari 1-mavzu: Moliyaning mohiyati va funksiyalari Reja: Moliyaning ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati
Download 0.8 Mb.
|
Moliya fanidan ma’ruza matnlari 1 mavzu Moliyaning mohiyati va
21-mavzu: Davlat krediti.
Reja: 1. Davlat kreditining mazmun-mohiyati va funksiyalari 2. Davlat krediti klassifikasiyasi 3. Davlat kreditini boshqarish 4. Davlat qarzi. Ichki va tashqi qarzlar Davlat krediti hokimiyat va boshqaruv organlari orqali, bir tomondan, davlat va ikkinchi tomondan, jismoniy va Yuridik shaxslar о‘rtasida vujudga kyeladigan iqtisodiy munosabatlar majmuidan iborat bо‘lib, unda davlat qarz oluvchi, kreditor (qarz beruvchi) va kafil sifatlarida maydonga chiqadi. Bunday iqtisodiy (kredit) munosabatlar(i)ning mumtoz (klassik) shaklida davlat, odatda, mablag’larni qarz oluvchi bо‘lib hisoblanadi. Agar davlat Yuridik va jismoniy shaxslarga qaytarish va haq (tо‘lov, tо‘lash) asosida mablag’larni taqdim etib, kreditor (qarz beruvchi) sanalsa, unda amalga oshirilishi lozim bо‘lgan opyerasiyalar hajmi ancha kamayadi (pasayadi). Jismoniy va Yuridik shaxslar tomonidan olingan qarzlarni uzish (qaytarish) yoki ularning boshqa majburiyatlarini bajarish javobgarligini davlat о‘z zimmasiga olgan holatda, u kafilga aylanadi. Markazlashtirilgan pul fondlarining о‘lchamiga bevosita ta’sir kо‘rsatuvchi kredit munosabatlarining dastlabki ikki kо‘rinishidan (qarz oluvchi va kreditor) farq qilgan holda davlat tomonidan kafolatning berilishi о‘sha markazlashtirilgan pul fondining, albatta, о‘zgarishiga olib kyelmasligi mumkin. Agar qarzdor о‘zining zimmasiga Yuklatilgan majburiyatlar bо‘yicha tо‘liq hajmda va о‘z vaqtida hisob-kitob qilishni uddalay olsa, kafil hyech qanday qо‘shimcha xarajatlarni amalga oshirmaydi. Biroq amaliyotda yetarli darajada ishonchli bо‘lgan qarz oluvchilar davlat kafolatiga muhtoj bо‘lmaydi. Ular mustaqil ravishda kredit bozoridan mablag’larni jalb qilishga qodirdir. Odatda, davlat kafolatlari yetarli darajada ishonchli bо‘lmagan qarz oluvchilarga nisbatan qо‘llaniladi va bu narsa Shunga mos ravishda, markazlashtirilgan pul fondidan xarajatlarning о‘sishiga olib kyeladi. Davlat krediti iqtisodiy kategoriya sifatida ikki kо‘rinishdagi – Moliya va kredit – pul munosabatlarining о‘rtasida joylashgan bо‘lib, Shunga mos ravishda, u ham Moliyaga va ham kreditga tyegishli bо‘lgan xususiyatlarga egadir. Moliya tizimining alohida olingan bug’ini sifatida esa davlat krediti davlatning markazlashtirilgan pul fondlarini (byudjet va byudjetdan tashqari fondlarni) shakllantirish va ulardan foydalanish jarayoniga xizmat qiladi. Kreditning bir turi sifatida davlat krediti klassik (mumtoz) Moliyaviy kategoriyalardan, masalan, soliqlardan farq qiluvchi bir nyecha о‘ziga xos bо‘lgan quyidagi xususiyatlarga egadir: soliqlarga nisbatan davlat krediti ixtiyoriylik xarakteriga ega. Ayrim hollarda amaliyotda, u yoki bu davlatlar tarixida bu prinsipdan chekinish va davlat zayomlarini joylashtirishda majburiylik holatlariga ham yо‘l qо‘yiladi; agar soliqlar faqat bir yо‘nalishda - soliq tо‘lovchilardan byudjetga yoki nobyudjet fondlarga - harakat qilsa (bunga tyeskari yо‘nalishdagi harakat faqat ortiqcha tо‘langan yoki xato undirilgan soliqlar qaytarilayotgandagina sodir bо‘lishi mumkin), qaytaruvchanlik va haqlilik (tо‘lovlilik) davlat kreditining asosini tashkil etadi. Haqiqatdan ham davlat kreditida ma’lum bir vaqt о‘tganidan sо‘ng о‘tkazilgan summa foizi bilan qaytarilishi kerak. Umuman olganda, davlat krediti boshqa Moliyaviy kategoriyalardan о‘zining quyidagi xarakterli xususiyatlari bilan farqlanadi: agar bank kreditini taqdim etishda ta’minlanganlik elementi sifatida konkryet boyliklar – ombordagi tovarlar, tugallanmagan ishlab chiqarish va boshqa Shunga о‘xshashlar – maydonga chiqadigan bо‘lsa, davlat tomonidan mablag’lar qarzga olinayotganda uning egaligida bо‘lgan barcha mol-mulk, ma’lum bir hududiy birlikning mulki yoki uning qandaydir bir daromadi davlat kreditining ta’minlanganlik elementi bо‘lishi mumkin; Markaziy hukumat darajasida davlat krediti aniq maqsadli xarakterga ega bо‘lmaydi. Shunday bо‘lishiga qaramasdan, hokimiyatning quyi darajalarida olingan qarziy mablag’lar aniq ifodalangan maqsadli xarakterga yо‘naltirilgan bо‘ladi. Masalan, yangi yо‘llarni va turar-joy massivlarini qurish uchun olingan qarziy mablag’lar ana Shunday xarakterga egadir14; har qanday qarz oluvchi singari davlat ham mablag’larni oldindan belgilangan muddatlarga jalb qiladi va bu muddatlar davlat kreditining aniq shartlarida о‘z ifodasini topadi. Davlat kreditining mazmun-mohiyati u tomonidan bajariladigan funksiyalar orqali yaqqol namoyon bо‘ladi. Moliyaviy kategoriya sifatida davlat krediti quyidagi funksiyalarni bajaradi: taqsimlash; tartibga solish; nazorat. Davlat kreditining taqsimlash funksiyasi orqali davlatning markazlashtirilgan pul fondlarini shakllantirish yoki muddatlilik, haqlilik va qaytaruvchanlik prinsiplari asosida ulardan foydalanish amalga oshiriladi. Davlat qarz oluvchi (qarzdor) sifatida maydonga chiqib, о‘z xarajatlarini Moliyalashtirishni qо‘shimcha mablag’lar bilan ta’minlaydi. Sanoati taraqqiy etgan mamlakatlarda davlat qarzlari byudjet defisitini Moliyalashtirishning asosiy manbai bо‘lib hisoblanadi. Shuning uchun ham hozirgi sharoitda davlat qarzlari orqali olinadigan tuShumlar byudjet xarajatlarini Moliyalashtirishning soliqlardan kyeyingi ikkinchi myetodidir. Bu narsa soliq tuShumlarining oshishiga nisbatan byudjet xarajatlari о‘sish sur’atlarining Yuqoriligi bilan izohlanadi. Kapital xarakterdagi xarajatlarni qarzga olingan mablag’lar hisobidan Moliyalashtirish, ma’lum chyegaralarda, ijobiy ahamiyatga ega. Masalan, maktab yoki kutubxona eng kamida 30-50 yil xizmat qilganligi uchun bir emas, bir nyecha avlodning ehtiyojlarini qondirishi mumkin. Shunday ekan, nyega unda ularning qurilishi, hatto yoki ehtimol maktab va kutubxonaning xizmatidan foydalanishga ulgurmaydiganlarning soliqlari hisobidan bir nyecha yilga tо‘lanishi kerak? Bunday holatlarda ana Shunga о‘xshagan ob’yektlarni qurish bilan bog’liq bо‘lgan Moliyalashtirish masalalarini ularning xizmatlaridan foydalanishi mumkin bо‘lgan barcha avlodning zimmasiga Yuklash oqilonadir. О‘z navbatida, Moliyalashtirish manbalarini vaqt nuqtai-nazaridan uzaytirish (chо‘zish) о‘sha muddatga zayomlar chiqarish yо‘li bilan ta’minlanishi mumkin. Bu holda maktabni yoki kutubxonani qurayotgan avlod kyeyingi avlod bilan bir xil Moliyaviy Yukni о‘z yelkasida kо‘tarishiga erishiladi. CHunki bu holda ular tomonidan tо‘lanadigan soliqlar hisobidan asosiy qarz ham va ular bо‘yicha foizlar ham qaytariladi. Shunday qilib, kо‘rinib turibdiki, davlat krediti taqsimlash funksiyasining ijobiy ta’siri natijasida, vaqt nuqtai-nazaridan, soliq Yuki og’irligining nisbatan tekisroq taqsimlanishiga erishiladi. Davlat qarzlari hisobidan xarajatlarni Moliyalashtirish davrida olinayotgan soliqlar miqdori oshmaydi va uning og’irlik Yuki ortmaydi. Aks holda, ya’ni xarajatlarni Moliyalashtirishga davlat tomonidan qarzga olingan mablag’lar jalb qilinmasa, bu narsani, boshqa sharoitlar tyeng bо‘lgan taqdirda, faqat soliqlar miqdorini oshirish va uning og’irlik Yukini orttirish evaziga Moliyalashtirish mumkin. Shuning uchun ham kyeyin – olingan kreditlar qaytarilayotgan (uzilayotgan) paytda - soliqlar ularni tо‘lash uchun olinmasdan, balki qarzlar bо‘yicha foizlarni uzish (qaytarish) uchun ham olinadi. Davlat qarziga xizmat qilish va uni qaytarish bilan bog’liq bо‘lgan xarajatlarni Moliyalashtirishda soliqlar asosiy manba bо‘lsa-da, Lekin ular bu jarayonning yagona manbai emas. Bunday xarajatlarni Moliyalashtirish manbalari mablag’lardan foydalanishning yо‘nalishlariga bog’liq. Agar davlat tomonidan jalb qilingan kapitallar unumli joylashtirilsa, qurib bitkazilgan ob’yekt ishga tushganidan sо‘ng foyda kyeltira boshlaydiki, uning hisobidan, jumladan, olingan qarzlar qaytarilishi mumkin. Bu holda soliq Yuki og’irligining kuchaytirilishiga hyech qanday hojat qolmaydi. Davlat qarzlarini jalb qilish evaziga olingan kapitallardan unumsiz foydalanilsa, masalan, ular hisobidan harbiy yoki sosial xarajatlar Moliyalashtirilsa, ularning qaytarish (uzish)ning yagona manbai bо‘lib soliqlar yoki yangi qarzlar bо‘lishi mumkin. Oldin chiqarilgan zayomlarni qaytarish (uzish) uchun yangi davlat zayomlarining joylashtirilishi davlat qarzlarini qayta Moliyalashtirish deyiladi. Davlatning qarz olishi natijasida soliq Yuki og’irligining kuchayishi ularning muddatiga va qarz oluvchi tomonidan tо‘lanadigan kreditlarning foizlari darajasiga bog’liq. Investor uchun davlat qarzining daromadlilik darajasi qancha Yuqori bо‘lsa, davlat Shunchalik katta soliqlar qismini ularni qaytarish (uzish) uchun yо‘naltirishga majbur. Agar davlat qarzining о‘lchami qanchalik katta bо‘lsa, boshqa sharoitlar tyeng bо‘lgan taqdirda, ularga xizmat qilish uchun yо‘naltirilayotgan mablag’larning salmog’i Shuncha Yuqori bо‘ladi. Davlat krediti orqali davlat kredit munosabatlariga kirishaturib, u ixtiyoriy yoki noixtiyoriy ravishda pul muomalasining ahvoliga (holatiga), pullar va kapitallar bozoridagi foiz stavkalarining darajasiga, ishlab chiqarishga va aholi bandliligiga ta’sir kо‘rsatadi. Iqtisodiyotni tartibga solish instrumyenti sifatida davlat kreditidan ongli ravishda foydalanib, davlat u yoki bu Moliyaviy siyosatni amalga oshirishi mumkin. Qarzlarni investorlarning turli guruhlari о‘rtasida joylashtirib, davlat pul muomalasini tartibga soladi. Jismoniy shaxslarning mablag’larini jalb qilib, davlat ularning tо‘lovga qobiliyatli talabini kamaytiradi. Davlat krediti hisobidan ishlab chiqarish xarajatlari, masalan, investisiyalar, Moliyalashtirilsa muomaladagi naqd pul massasining absolYut qisqarishi sodir bо‘ladi. Xuddi Shuningdyek, davlat krediti hisobidan о‘qituvchilar va tibbiyot xodimlarining ish haqlari Moliyalashtirilsa, aholi tо‘lovga qobil talabining tarkibiy tuzilishi (strukturasi) о‘zgarishiga qaramasdan, muomaladagi naqd pul massasi о‘zgarmasdan qolavyeradi. Davlat qimmatli qog’ozlarini sotish-sotib olish yoki ularning garovi asosida kreditlar berish bо‘yicha Markaziy bank tomonidan amalga oshiriladigan opyerasiyalar mamlakat tijorat banklari likvidligini tartibga solishning muhim instrumyentlaridan biri bо‘lib hisoblanadi. Moliyaviy bozorda qarz oluvchi sifatida maydonga chiqib, davlat qarziy mablag’larga bо‘lgan talabni oshiradi va buning hisobidan kredit baholarining ortishiga о‘z ta’sirini kо‘rsatadi. Davlatning talabi qancha Yuqori bо‘lsa, boshqa sharoitlar tyeng bо‘lgan taqdirda, ssuda foizining darajasi Shuncha Yuqori bо‘ladi va tadbirkorlar uchun kredit Shunchaga qimmatlashadi. Qarziy mablag’larning qimmat ekanligi ishlab chiqarish sohasiga tadbirkorlar investisiyalarining qisqarishiga majbur qiladi va bir vaqtning о‘zida, u davlat qimmatli qog’ozlarini sotib olish kо‘rinishidagi jamg’armalarni rag’batlantiradi. Ma’lum chyegaraga yetgunga qadar bu jarayon ishlab chiqarishga keskin salbiy ta’sir kо‘rsatmaydi. Agar mamlakatda erkin kapitallar yetarli darajada bо‘lsa, ular tо‘liq qо‘shib olingunga qadar salbiy ta’sir darajasi nolga tyeng bо‘lib qolavyeradi. Faqat Shundan kyeyingina Moliyaviy bozordagi davlatning faolligi ssuda foizining о‘sishida о‘z ifodasini topadi, pul jamg’armalari katta qismining nounumli foydalanilishga jalb qilinishi esa iqtisodiy о‘sish sur’atlarini susaytiradi. Kreditor va kafil sifatida faoliyat kо‘rsatib, xorijdan qarzga olingan mablag’lar hisobidan milliy ishlab chiqarish mahsulotlariga talabni vujudga kyeltirib, davlat ishlab chiqarish va aholi bandliligiga ijobiy ta’sir kо‘rsatadi. Sanoati taraqqiy etgan mamlakatlarda kichik biznyes, mahsulot eksporti yoki ishlab chiqarish sur’atlarining pasayishi kuzatilayotgan alohida mintaqalarda tyegishli dasturlarga muvofiq banklar tomonidan berilayotgan kreditlarni davlat tomonidan kafolatlanishi yо‘li bilan ishlab chiqarishni rag’batlantirish tizimi keng tarqalgan. Kichik biznyesni qо‘llab-quvvatlash kasodga uchrash hollari sodir bо‘lganda davlat tomonidan kichik tadbirkorlik sub’yektlariga berilgan kreditlar bо‘yicha banklarga bо‘lgan qarzdorlikni qaytarishni (uzishni) о‘z zimmasiga olinishini anglatadi. Dunyoning sanoati rivojlangan kо‘plab mamlakatlarida davlat yoki yarimdavlat kompaniyalari faoliyat kо‘rsatadiki, ular milliy mahsulotlarni eksport qiluvchilarning notо‘lovlilik risklarini past stavkalar bо‘yicha sug’urta qiladilar. Shu yо‘l bilan milliy mahsulotning yangi bozorlarni о‘zlashtirishi rag’batlantiriladi. Ishlab chiqarishni rivojlantirish va aholi bandligini ta’minlashni rag’batlantirishda hududlar byudjetlari va nobyudjet fondlari hisobidan beriladigan kreditlar katta rol о‘ynaydi. Ularning yordamida ma’lum bir mintaqalar va u yoki bu hududlar iqtisodiyoti kerakli yо‘nalishlarining Yuqori sur’atlar bilan rivojlanishi ta’minlanadi. Davlat kreditining nazorat funksiyasi Moliyaning nazorat funksiyasi bilan organik ravishda qо‘shilib kyetgandir. Lekin uning bu funksiyasi Shu kategoriyaning о‘ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqqan quyidagi xarakterli belgilarga ega: davlatning faoliyati va markazlashtirilgan pul mablag’lari fondining ahvoli bilan uzviy bog’langan; qiymatning ikki tomonlama harakatini qamrab oladi, chunki mablag’lar olinishining qaytarilishi va tiklanishini taqoza etadi; faqat Moliyaviy tarkibiy tuzilmalar tomonidan emas, balki kredit institutlari tomonidan ham amalga oshiriladi. Davlat kreditining nazorat funksiyasi orqali mablag’larning maqsadli foydalanilishi, ularning qaytarilish muddatlari va foizlarning о‘z vaqtida tо‘lanishi nazorat ostiga olinadi. Download 0.8 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling