“Moliya” fanidan mustaqil ish bajardi: Asilov Ramzjon Tekshirdi: Husanov Baxodir samarqand-2021


Download 4.34 Kb.
Sana24.12.2022
Hajmi4.34 Kb.
#1059747
Bog'liq
“Moliya” fanidan mustaqil ish-fayllar.org


“Moliya” fanidan mustaqil ish

O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim Vazirligi Samarqand Iqtisodiyot va Servis instituti

“Moliya” fanidan

MUSTAQIL ISH

Bajardi: Asilov Ramzjon

Tekshirdi: Husanov Baxodir

SAMARQAND-2021

Mavzu:Davlat byudjetining o’rta muddatli istiqbolini belgilashga o’tish: zarurligi, mohiyati va vazifalari

REJA:


  • Davlat byudjetining o’rta muddatli istiqbolini belgilashga o’tishning zarurligi.

  • Davlat byudjetining o’rta muddatli istiqbolini belgilashga o’tishning mohiyati.

  • Davlat byudjetining o’rta muddatli istiqbolini belgilashga o’tishning vazifalari.

KIRISH

 

Davlat byudjeti — davlatning muayyan vaqt (odatda bir yil) uchun moʻljallangan pul daromadlari va harajatlari majmui. Davlat byudjeti davlat ixtiyoridagi pul fondlarining taqsimlanishini bildirib, u davlat moliyasining bosh boʻgʻini hisoblanadi. Davlat byudjeti tarkiban umumdavlat (yoki markaziy) byudjeti (mamlakat miqyosidagi umumiy daromadlar va harajatlar yigʻindisi) vamahalliy (munitsipal) byudjet (hududiy tuzilmalar — oʻlka, viloyat, tuman va h.k. doirasidagi pul daromadlari va harajatlari)ga boʻlinadi. Ikki turdagi byudjetlar nisbati mamlakatning ichki sharoitiga bogʻliq boʻladi. Davlat jamiyatga ijtimoiy xizmatlar (milliy xavfsizlikni taʼminlash, jamoat tartibini saqlash, atrof-muhitni himoya qilish, nochorlarga yordam berish, aholiga bepul ijtimoiy xizmatlar koʻrsatish va b.) koʻrsatadi va bularning barchasi harajat talab qiladi. Byudjet daromadlari soliqlar, soliqdan tashqari yigʻimlar, davlat zayomlaridan tushgan pul, davlat mulkini sotishdan yoki ijaraga berishdan kelgan mablagʻlardan shakllanadi. Byudjet daromadining aholi jon boshiga hisoblangan miqdori mamlakatning byudjet salohiyati (potensiali) deb yuritiladi va bu byudjet daromadining umumiy hajmiga hamda aholining soniga bogʻliq. Byudjet harajatlari uning daromadidan ortib ketsa, byudjet taqchilligi, yaʼni kamomadi yuzaga keladi. Kamomad miqdori mamlakat yalpi millim mahsulotning 3—3,5% ga teng boʻlishi meʼyoriy hisoblanadi. Byudjet kamomadining gʻoyat oshib ketishi va uni daromad bilan taʼminlash mumkin boʻlmaganda byudjet harajatlari qisqartiriladi. Markaziy, mahalliy davlat byudjetilari va davlat byudjetidan tashqari fondlar (davlatning muayyan maqsadli fondlari, maxsus maqsadli soliqlar, zayomlar, byudjetdan subsidiyalar hisobiga yaratiladigan maxsus fondlar) yigʻindisi davlatning yigma byudjetini tashkil etadi. Davlat byudjeti, odatda, joriy yilda kelgusi yil uchun tuziladi. Iqtisodiy beqarorlik sharoitida u chorak yoki yarim yilga tuzilishi ham mumkin. Davlat byudjetini hukumat tuzadi va yuqori qonun chiqaruvchi organ (parlament) tomonidan tasdiqlanadi.

Davlat byudjeti mablag’laridan foydalanishning amaldagi holatini tahlil va tadqiq etish asosida uni yanada takomillashtirish bo’yicha taklif va tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat. Davlat o’z funksiyalarini muvaffaqiyatli bajarishi uchun, shuningdek, rivojlanishining har bir bosqichlarida dolzarb bo’lgan strategik maqsadlarni amalga oshirish uchun mamlakatda yaratilgan moliyaviy resurslarning ma’lum bir qismini o’z qo’lida to’plamog’i obyektiv zaruriyatdir. Aynan shu obyektiv zaruriyatning mavjud bo’lishi davlat byudjetining mavjud bo’lishini va amal qilishini taqozo etadi.

Davlat byudjeti mablag’laridan foydalanishning amaldagi holatini tahlil va tadqiq etish asosida uni yanada takomillashtirish bo’yicha taklif va tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat. Davlat o’z funksiyalarini muvaffaqiyatli bajarishi uchun, shuningdek, rivojlanishining har bir bosqichlarida dolzarb bo’lgan strategik maqsadlarni amalga oshirish uchun mamlakatda yaratilgan moliyaviy resurslarning ma’lum bir qismini o’z qo’lida to’plamog’i obyektiv zaruriyatdir. Aynan shu obyektiv zaruriyatning mavjud bo’lishi davlat byudjetining mavjud bo’lishini va amal qilishini taqozo etadi.



http://fayllar.org
Download 4.34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling