Moliya” fanidan O’quv-uslubiy majmua


Ijtimoiy iste’mol fondlari


Download 1.36 Mb.
bet49/85
Sana16.11.2023
Hajmi1.36 Mb.
#1777831
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   85
Bog'liq
Молия мажмуа М.Ғоппаров (4)

Ijtimoiy iste’mol fondlari - maorif, sog’liqni saqlash, boshqaruv, mudofaa, sotsial ta’minot, sotsial sug’urta va boshqalar bo’lib, ularning asosiy qismi Davlat byudjeti orqali amalga oshiriladi.
SHaxsiy iste’mol fondlari - shaxsiy jamg’arma va iste’mol fondlarini tashkil etib, aynan shaxsiy iste’mol fondining ana shu ikki qismi tovar mexanizmining faoliyat ko’rsatishi uchun tegishli sharoitni yaratadi.
Moliya siyosati – bu moliyaviy resurslarni jamlash, ularni davlatning o’z funktsiya va vazifalarini amalga oshirish uchun taqsimlash va ishlatish shakl hamda usullarida tizimli namoyon bo’luvchi tadbirlar yig’indisidir.
Moliya siyosatining muhim vazifasi – u yoki bu iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishning davlat rejasini yoki chora-tadbirlarini amalga oshirish uchun tegishli moliyaviy resurslar bilan ta’minlashdir.
Moliya siyosatini asosiy yo’nalishlari – moliyaviy resurslarni imkon qadar yuqori hajmini aniqlash va ushbu manbalar doimiyligi va uzluksizligini ta’minlashdir, chunki moliyaviy resurslar potentsiali barcha o’zgarishlarning bazasidir.
Moliyaviy strategiya deb korxonani moliyaviy resurslar bilan ta’minlash uchun tuzilgan asosiy rejaning tarziga aytiladi.
Asosiy moliya strategiyasi deb, korxonani faoliyatini aniqlovchi byudjetni hamma darajasida bo’ladigan o’zaro munosabatlariga, korxonani daromadlarini tashkil etib uni sarflashga, ehtiyojlik miqdorini va bir yilda moliyalashtirish manbalariga aytiladi.
Operativ moliya strategiyani, asosiy moliyaviy strategiyadan farqi, u o’z ichiga yalpi daromdlarni va mablag’larni ko’payishini (ish haqi, sotilgan mahsulot uchun sotib oluvchilar bilan hisob-kitob qilish, kredit operatsiyalaridan tushumlar) va hamma yalpi xarajatlarini (ta’minlovchilar bilan hisob-kitob, ish haqi, hamma darajadagi byudjetlar va banklar bilan majburiyatlarini uzmoq) oladi.
Moliyaviy strategiya – ijtimoiy va iqtisodiy strategiyani belgilab bergan uzoq istiqbolga muljallangan va yirik masshtabdagi vazifalarni bajarishga qaratilgan bo’lib, u moliya rivojlanishining asosiy kontseptsiyalarini ishlab chiqish, moliyaviy munosabatlarni tashkil etish tamoyillarini belgilashni ko’zda tutadi.

Download 1.36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   85




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling