Internet saytlari:
www.gov.uz - O‘zbekiston Respublikasi Hukumat portali
www.lex.uz – O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi
www.mf.uz – O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi sayti
www.soliq.uz – O‘zbekiston Respublikasi Davlat Soliq qo‘mitasi
www.stat.uz. – O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi
www.agro.uz. – O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi
www.ziyonet.uz – Ta’lim portali
www.norma.uz – “Norma” axborot-huquqiy portali
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
QISHLOQ VA SUV XO’JALIGI VAZIRLIGI
ANDIJON QISHLOQ XO’JALIK INSTITUTI
“BUXGALTERIYA HISOBI VA AUDIT” KAFEDRASI
“MOLIYA”
fanidan
GLOSSARIY
Andijon – 2023
MOLIYA – davlatning o’z funktsiya va vazifalarini bajarishi hamda kengaytirilgan takror ishlab chiqarish shartlarini ta’minlash maqsadida markazlashgan va markazlashmagan pul fondlarining shakllantirilishi, taqsimlanilishi va foydalanilishi bilan bog’liq iqtisodiy munosabatlar majmuidir.
Markazlashgan pul fondlari - davlat va mahalliy hokimiyat miqyosida jamlangan pul fondlari.
Markazlashmagan pul fondlari - xo’jalik yurituvchi sub’ektlar va uy xo’jaliklari miqyosida jamlangan pul fondlari.
Munosabatlarning pulli xususiyati - yaratilgan qiymatni taqsimlash bilan bog’liq pul munosabatlari hamda turli xil pul fondlarini shakllantirish bilan bog’liq munosabatlar.
Munosabatlarning taqsimlash xususiyati - birlamchi taqsimlash (ish haqi fondini shakllantirish, foydani shakllantirish va boshqalar) va qayta taqsimlash (ish haqi fondini taqsimlash, foydani taqsimlash, soliqlar).
Munosabatlarning fondlilik xususiyati - markazlashtirilgan pul fondlari (davlat byudjeti, byudjetdan tashqari fondlar) va markazlashtirilmagan pul fondlari (korxonalarda shakllantiriladigan moddiy rag’batlantirish, iste’mol va boshqa fondlar).
Do'stlaringiz bilan baham: |