Moliya” fanidan O’quv-uslubiy majmua


Aktsiyalar ulushga egalik qilish huquqini beruvchi qimmatli qog’oz. Aktsiya


Download 1.36 Mb.
bet56/85
Sana16.11.2023
Hajmi1.36 Mb.
#1777831
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   85
Bog'liq
Молия мажмуа М.Ғоппаров (4)

Aktsiyalar ulushga egalik qilish huquqini beruvchi qimmatli qog’oz.
Aktsiya-aktsionerlik jamiyati tomonidan chikarilgan daromad keltiruvchi qog’oz.
Aktsiyaning nominal qiymati - bu aktsiyada yozilgan pul summasidir.
Oddiy aktsiyalar shunday aktsiyaki unga tegadigan dividend foydaga qarab har xil bo’ladi.
Imtiyozli aktsiya shunday aktsiyaki, unga tegadigan dividend foydaga qarab emas, balki zayomga to’langani kabi, oldindan belgilangan qat’iy foiz miqdorida beriladi.
Obligatsiya - bu o’z qiymatiga nisbatan qatiy belgilangan foiz shaklida daromad keltiruvchi qimmatli qog’ozdir.
Bank sertifikati - bu emitent bank tomonidan uning nomiga mijozning pul mablag’lari quyilgani to’g’risida berilgan yozma guvohnoma bo’lib, u o’zining egasiga (yoki uning vorisiga) belgilangan muddat o’tishi bilan bankka quygan pul summasini va bu quyilgan pul summasi bo’yicha foiz daromadini olish huquqi borligi tug’risida guvohlik beradi.
Bank sertifikati - bu bankning qisqa muddatli qarz majburiyatidir. Uning qisqa muddatli ekanligi, inflyatsiya sur’atlari bilan ham ulchovligi, likvidligi va yuqori daromadligi benifitsiariga, agar u o’z kapitalligini ko’paytira olmagan taqdirda hech bo’lmaganda bu kapitalini dastlabki miqdori darajasida saqlab qolish imkonini beradi.
Xosilaviy kimmatli kogozlar - bu birlamchi qimmatli qog’ozlarning shu bozorda amal qilishi natijasida hosil bo’lgan ikkilamchi qimmatli qog’ozlardir. Xosilaviy qimmatli qog’ozlar o’z egasiga birlamchi qogozlarni sotib olish va sotish huquqini beradi. Ularning qiymati boshka qog’ozlar orqali gavdalanadi.
Investitsiyalarni Kafolatlash bo’yicha ko’p tomonlama agentlik - 1998 yilda rivojlanayotgan mamlakatlarda xususiy investorlarga kumaklashish uchun tuzilgan, bundan maqsad investorlarni notijoriy xatarlardan ( ya’ni, huquqiy yoki siyosiy xatarlardan urush, siyosiy larzalar, milliylashtirish xataridan investitsiya beriladigan mamlakat xukumatining xatti-harakatlaridan) himoya qilishdir.
Davlat byudjeti - davlat pul mablag’larining (shu jumladan davlat maqsadli fondlari mablag’larining) markazlashtirilgan fondi bo’lib, unda daromadlar manbalari va ulardan tushumlar miqdori, shuningdek, moliya yili mobaynida aniq maqsadlar uchun ajratiladigan mablag’lar sarfi yo’nalishlari va miqdori nazarda tutiladi.

Download 1.36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   85




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling