Moliya” fanidan O’quv-uslubiy majmua


Markazlashgan moliyaviy resurslar - m


Download 1.36 Mb.
bet53/85
Sana16.11.2023
Hajmi1.36 Mb.
#1777831
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   85
Bog'liq
Молия мажмуа М.Ғоппаров (4)

Markazlashgan moliyaviy resurslar - makrodarajadagi ijtimoiy ishlab chiqarish ehtiyojlarini qondirib, ularga byudjet va byudjetdan tashqari fondlarning mablag’lari kiradi.
Real inevstitsiya- Ishlab chiqarishni kengaytirishga noishlab chiqarishni rivojlantirishga qiilngan investitsiyalar.
Portfel - Qimmatli qog’ozga qilingan investitsiya va Boshqa korxonaning aktsiyasiga kiritish .
O’z-o’zini moliyalashtirish- qo’shimcha mablag’lar manbalarini jalb qilishning eng ko’zga ko’ringan usuli, lekin uni uzoq muddatlar uchun prognoz qilish qiyin va miqdor jihatidan ham chegaralangan.
Byudjetdan moliyalashtirish - bu turli xil byudjet pog’onalaridan mablag’lar olinishini anglatuvchi, moliyalashtirishning eng qulay usullaridan biridir.
Xo’jalik yurituvchi sub’ektlar o’rtasida o’zaro moliyalashtirish - korxonalar o’zaro xujalik munosabatlarini amalga oshirish jarayonida bir-birlariga turli xildagi mahsulotlar yetkazib berishda to’lovlarni kechiktirish hollari ham yuz beradi va buning natijasida o’zaro moliyalashtirish xolati yuzaga keladi.
Aktiv kapital- bu xo’jalik yurituvchi sub’ektning ishlab iqarish quvvatidini aks ettiradi. Ular ikkita bo’lim – asosiy va aylanma kapital ko’rinishida buxgalteriya balansi aktivlarida rasmiy taqdim etiladi.
Passiv kapital – bu uzoq muddatli mablag’lar manbai bo’lib, ular hisobiga xo’jalik sub’ektining aktivlari shakllantiriladi. Ular o’z va qarz kapitalga ajratiladi.
O’zlik kapitali - uchinchi shaxslar talablari qondirilgandan so’ng korxona mulkdorlarga tegishli korxona aktivlari qiymatining bir qismi hisoblanadi. O’zlik kapitalining baxolanishi rasmiy (ikkita usul yordamida, balansli baxolash, ya’ni joriy xisob-kitoblar va hisobotlarga asosan yoki bozor baxolarida) yoki haqiqiy baxolarda amalga oshirilishi mumkin, ya’ni korxona tugatilishi vaqtida.
Daromadlar – bu sub’ektning ho’jalik faoliyati natijasida, odatda, ijara haqi, foizlar, litsenziya to’lovlari va dividentlar shaklida daromad keltiradigan faoliyat, ya’ni tovarlarning sotilishi, xizmatlarning ko’rsatilishi yoki boshqa shaxslarning ho’jalik suyu’ektining resurslaridan foydalanishi natijasida aktivlarning kelib tushishi yoki majburiyatlarning kamayishi orqali ro’y beradigan iqttisodiy resurslarning ko’payishidir.
Xarajatlar – bu aktivlarning kamayishi yoki foydani ko’paytirish maqsadida xo’jalik faoliyatidan kelib chiqadigan majburiyatlarni o’z zimmasiga olish orqali ro’y beradigan iqtisodiy resurslarning kamayishidir.
Foyda – bu xo’jalik sub’ektiga ta’sir etadigan asosiy va asosiy bo’lmagan faoliyat, hodisalar, sharoitlar kapitalining ko’payishi bo’lib, xususiy kapitalga to’lanadigan badallar bundan mustasnodir.
Zararlar – bu asosiy faoliyat va barcha boshqa operatsiyalar, hodisalar, sharoitlar natijasida xususiy kapitalning kamayishi bo’lib, xarajatlar yoki xususiy kapitalning taqsimlanishi natijasidagi kamayish bundan mustasnodir.
Korxonalar moliyaviy – xo’jalik faoliyatining muhim ko’rsatkichi - uning daromadlaridir.

Download 1.36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   85




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling