Moliya” fanidan O’quv-uslubiy majmua


Davlat byudjetining mudofaa xarajatlari


Download 1.36 Mb.
bet61/85
Sana16.11.2023
Hajmi1.36 Mb.
#1777831
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   85
Bog'liq
Молия мажмуа М.Ғоппаров (4)

Davlat byudjetining mudofaa xarajatlari - davlatning o’z mudo-faa qobiliyatini mustahkamlashi kerakligi bilan bog’liqdir. Byudjet mablag’lari hisobidan Qurolli Kuchlarning barcha turlari moliyalashtiriladi.
Boshqaruv xarajatlari - boshqaruv (davlat hokimiyati or-ganlari, sud va prokuratura organlari, fuqarolarning o’z-o’zini bosh-qaruv organlari) xarajatlari davlat organlari faoliyatining moliya-viy asosini tashkil etib, jamiyat hayotining barcha sohalariga rah-barlik qilishga imkon yaratadi.
Byudjetdan moliyalashtirish - rejada ko’zda tu-tilgan tadbirlarni amalga oshirish uchun sub’ektlarga byudjetdan mablag’larni taqdim etish tizimi tushuniladi.
Byudjetdan mablag’ ajratish - qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda Davlat byudjetidan byudjet tashkilotlariga hamda boshqa byudjet mablag’lari oluvchilarga ajratiladigan pul mablag’lari;
Byudjet tashkilotlarining xarajatlar smetasi - bu byudjet tashkilotlari tomonidan bir moliya yili davomida davlat byudjetidan mablag’ olish maqsadida tuzadigan va bevosita o’zi tegishli bo’lgan moliya organlari tomonidan ro’yxatdan o’tkaziladigan va tasdiqlanadigan moliyaviy reja hisoblanadi.
Respublika byudjeti - Davlat byudjetining umumdavlat tusidagi tadbirlarni moliyalashtirishda foydalaniladigan qismi bo’lib, unda daromadlar manbalari va ulardan tushumlar miqdori, shuningdek moliya yili mobaynida aniq maqsadlar uchun ajratiladigan mablag’lar sarfi yo’nalishlari va miqdori nazarda tutiladi;
Qoraqalpog’iston Respublikasining byudjeti - Davlat byudjetining Qoraqalpog’iston Respublikasi pul mablag’lari fondini tashkil etuvchi bir qismi bo’lib, byudjetda daromadlar manbalari va ulardan tushumlar miqdori, shuningdek moliya yili mobaynida aniq maqsadlar uchun ajratiladigan mablag’lar sarfi yo’nalishlari va miqdori nazarda tutiladi.
Mahalliy byudjetlar– O’zbekiston Respublikasi mahalliy ma’muriy-hududiy tuzilmalarining naqd va naqdsiz shakldagi pul resurslari va oqimlari yig’indisi bo’lib, mahalliy xo’jalik ehtiyojlarini normal darajada ta’minlashga hamda mahalliy hududdagi aholiga ijtimoiy-madaniy xizmatlarni pul mablag’lari bilan ta’minlashga xizmat qiladi.

Download 1.36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   85




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling