Moliya” fanidan O’quv-uslubiy majmua


davlat maqsadli jamg’armalari -


Download 1.36 Mb.
bet64/85
Sana16.11.2023
Hajmi1.36 Mb.
#1777831
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   85
Bog'liq
Молия мажмуа М.Ғоппаров (4)

davlat maqsadli jamg’armalari - Davlat byudjeti tarkibida jamlantiriladigan jamg’armalar bo’lib, ularning har biri uchun mablag’lar manbalari, har bir manbadan mablag’ tushishi normalari va shartlari, shuningdek shu mablag’lardan foydalanilishi mumkin bo’lgan maqsadlar qonun hujjatlari bilan belgilanadi;
Byudjetdan tashqari fondlarning afzalliklari - davlat byudjetini yengillashtiradi, byudjet xarajatlari-ning bir qismini o’z zimmasiga oladi va byudjetni mablag’ bilan ta’minlash muammosini ma’lum darajada hal qiladi va mablag’lardan maqsadli foydalanadi.
Ijtimoiy ta’minot – keksaygan, mehnatga laqatsiz bo’lgan va boquvchisini yoo’qotgan fuqarolarga moddiy, tibbiy va ijtimoiy yordam ko’rsatish bo’yicha dalat tomonidan belgilangan ijtimoiy-iqtisodiy tadbirlar tizimidir.
Ijtimoiy ta’minotning muhim elemenlari - pensiyalar (keksalik bo’yicha, nogironlik bo’yicha, boquvchisini yo’qotganlik bo’yicha) va ijtimoiy nafaqalar (nogiron bolalarga,bolalikdan nogironlarga, ishlamagan yolg’iz nogiron va keksalarga) to’lovlari hisoblanadi.
Ijtimoiy ta’minotning ko’rinishlari qariyalar va nogironlarga ijtimoiy xizmat ko’rsatish – nogironlarni “Muruvvat” uylariga, yolg’iz qariyalarni “Sahovat” uylariga joylashtirish, muhtojlarni protez-ortopediya va harakatlanish vositalari bilan ta’minlash, nogiron bolalarni kasbga o’qitish va ishga joylashishda yordam ko’rsatish, pensionerlarni sanatoriy va dam olish uylarida sog’lomlashtirish, ularga shahar transportidan, turar joy, maishiy xizmat va soliqlarga aloqador imtiyozlar berish.
Pensiya – mehnat stajiga ko’ra qo’lga kiritilgan huquq, ijtimoiy nafaqa esa muhtojlarga davlat tomonidan ko’rsatiladgan yordam deb belgilab qo’yildi.
Ijtimoiy nafaqa – muayyan sabablarga ko’ra, mehnat qilish imkoniyatiga ega bo’lmagan va domiy ravishda yordamga muhtoj fuqarolarga davlat tomonidan beriladigan nafaqa.
Moddiy yordam – ishsizlar, qochoqlar va majburiy ko’chib o’tgan-larga bir martalik to’-lanmalar va boshqalar

Download 1.36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   85




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling