Moliya” fanidan O’quv-uslubiy majmua


Byudjetning haqqoniyligi printsipi


Download 1.36 Mb.
bet59/85
Sana16.11.2023
Hajmi1.36 Mb.
#1777831
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   85
Bog'liq
Молия мажмуа М.Ғоппаров (4)

Byudjetning haqqoniyligi printsipi tegishli hudud ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi bashorat (prognoz) ko’rsatkich-larining ishonchli hamda byudjet daromadlari va xarajatlari hisob-kitoblarining haqqoniy bo’lishi kerakligini taqozo etadi.
Byudjet mablag’larining adresliligi va maqsadli xarak-terdaligi printsipi byudjet mablag’larini konkret oluvchilar ixtiyoriga byudjet mablag’larining aniq maqsadlarni moliyalashtirilishi yo’nalishi oldindan belgilangan holda bo’lib berilishini nazarda tutadi. Byudjetda ko’zda tutilgan mablag’lar adresliligini yoki byudjetda ko’zda tutilmagan maqsadlar uchun uning yo’nalishini o’zgartirish borasidagi har qanday xatti-harakat mamlakat byudjet qonunchiligini buzish hisoblanadi.
Davlat byudjetining daromadlari - mamlakat yalpi ichki (mil-liy) mahsulotini taqsimlash va qayta taqsimlash umumiy jarayoni-ning elementlaridan biri bo’lib, ular oraliq (tranzit) xarakterga ega.
Byudjet daromadlarining moddiy-buyumlashgan mazmunini davlatning ixtiyoriga borib tushgan pul mablag’lari tashkil etadi.
Byudjetning soliqli daromadlari tarkibi mamlakat soliq qonunchiligiga muvofiq umumdavlat soliqlari va yig’imlari, ma-halliy soliqlar va yig’imlar, bojxona bojlari, boj yig’imlari va boshqa boj to’lovlari, davlat boji, penya va jarimalardan iborat.
To’g’ri (bevosita) soliqlar - haqiqiy va huquqiy to’lovchilari bir xil bo’lgan soliq turlari (yuridik shaxs-larning foydasidan olinadigan soliq; savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari uchun yagona soliq to’lovidan Davlat byudjetiga aj-ratmalar; yagona soliq to’lovidan (mikrofirmalar va kichik korxo-nalar bilan birgalikda) Davlat byudjetiga ajratmalar; jismoniy shaxslarning daromadidan olinadigan soliq va tadbirkorlik fao-liyati bilan shug’ullanayotgan yuridik va jismoniy shaxslarning daro-madidan olinadigan qat’iy soliq)
Egri (bilvosita) soliqlar - huquqiy to’lovchisi yuridik shaxslar va haqiqiy to’lovchilari iste’molchilar bo’lgan soliq turlari (QQS, aktsizlar; bojxona bojlari; jismoniy shaxslar-dan olinadigan yagona boj to’lovi; transport vositalari uchun benzin, dizel yoqilg’isi va gaz iste’moliga jismoniy shaxslardan oli-nadigan soliq)

Download 1.36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   85




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling