“moliya” fanidan O’quv-uslubiy qo'llanma bilim sohalari


Download 3.16 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/184
Sana20.10.2023
Hajmi3.16 Mb.
#1711042
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   184
Bog'liq
Moliya UMK

3-nazorat uchun savol 
Nima uchun korporatsiya menejerlari foydani maksimallashtirish qoidasiga 
emas, balki aksiyadorlar boyligini maksimallashtirish qoidasiga rioya qilishlari 
kerak? 
Albatta, menejerlar oldida turgan masala juda murakkab: o‘zlari qabul 
qiladigan qarorning firma aksiyalari qiymatiga ta’sirini baholash. Masalan, 
yuqorida keltirilgan misollarda, “A” va “B” yoki “A” va “V” loyihalaridan birini 
tanlashda menejerlar shu loyihalardan qaysi biri firmaning bozor bahosini eng ko‘p 
darajada oshirishini aniqlashlariga to‘g‘ri kelgan bo‘lardi. Bu oddiy emas, balki 
juda murakkab vazifadir. Shunday bo‘lishiga qaramasdan, bunday qarorni qabul 
qilish uchun aniq mezon qo‘llaniladi.
Shunday qilib, korporativ boshqaruvning asosiy vazifasi firma bahosini 
aksiyadorlar manfaatiga mos tarzda maksimallashtiradigan qaror qabul qilishdan 
iborat. Mazkur mezonni amalga oshirishda yuzaga keladigan asosiy muammo 
qabul qilingan qarorning firma bo‘lajak qiymati (baho-si)ga eng yuqori ta’siri 
ehtimoli qanday bo‘lishi mumkinligi to‘g‘risidagi ma’lumotni olishdan iborat. 
Agar menejer o‘z firmasi va boshqa kompa-niyalar aksiyalarining bozor bahosi 
o‘zgarishini kuzatib borish imkoniyatiga ega bo‘lsa, uning vazifasi ancha 
yengillashadi.
Darhaqiqat, bozordagi narx (baho)lar to‘g‘risida ma’lumotga ega bo‘lmay 
turib, bu mezon umuman qanday qilib amalga oshirilishi mumkinligini tasavvur 
qilib bo‘lmaydi. Albatta, yaxshi menejer o‘z firmasidagi ishlab chiqarish jarayonini 
har kimdan ham ko‘proq biladi deb faraz qilish maqsadga muvofiq bo‘lar edi, 
ammo bunday ichki (firma nuqtai nazaridan) ma’lumot samarali qaror qabul qilish 
20
“Kontekst” lotincha “contextus” – qo‘shilish, ulanish, bog‘lanish. Qarang: o‘sha manba. J.II. - B. 402. 


25 
uchun yetarli bo‘la olmaydi. Fond bozori bo‘lmagan taqdirda menejerlarga tashqi 
(firma uchun) ma’lumotlar, masalan mulkdorlarning boyligi, nimalarni xush 
ko‘rishlari va boshqa investitsion imkoniyatlari to‘g‘risida ma’lumot kerak bo‘ladi. 
Bunday ma’lumotni qo‘lga kiritish uchun esa katta mablag‘ sarflanishi mumkin 
(agar, umuman bunday ma’lumotni sotib olish mumkin bo‘lsa).
Shu sababdan, fond bozorining borligi (mavjudligi) menejerlarga to‘plash 
nisbatan oson bo‘lgan ma’lumotlar, xususan aksiya va obligatsiyalar bahosi 
to‘g‘risidagi ma’lumotlar hamda deyarli qo‘lga kiritib bo‘lmaydigan ma’lumotlar, 
ya’ni aksiyadorlarning boyligi, ular xush ko‘radigan narsalar va boshqa 
investitsion imkoniyatlari to‘g‘risida ma’lumotlarni to‘plash imkonini beradi. 
Shunday qilib, yaxshi rivojlangan fond bozorlarining mavjudligi firma mulkiga 
egalik huquqini uni boshqarishdan ajratishni samarali amalga oshirishga yordam 
beradi.
E’tibor bering, qaysidir ma’noda korporatsiyaning oliy rahbariyati va 
korporatsiya faoliyatini kuzatib boradigan tashqi moliyaviy tahlilchilar oldida 
turgan vazifa bitta. Ikkala guruhdagi mutaxassislar oxir oqibat bitta savolga javob 
berishlari kerak: qanday qilib boshqaruv xodim-larining qarorlari firma 
aksiyalarining bozor bahosiga ta’sir qilishi mumkin? Farqi esa shundaki, 
tahlilchilardan farqli o‘laroq, menejerlar bu qarorlarni qabul qiladilar va ularning 
amalga oshirilishi uchun javob beradi (mas’uldir)lar.
Biror korporatsiya oliy darajadagi boshqaruv xodimlarining asosiy 
vazifalarini bilib olish uchun boshqaruv aksiyadorlarga taqdim etadigan yillik 
hisobotga ko‘z tashlashning o‘zi kifoya. Odatda, bu hujjatga so‘zboshi sifatida 
korporatsiya ijrochi direktorining xati ilova qilinadi. Ushbu xatda boshqaruvning 
moliyaviy maqsadlari va ushbu maqsadga yetishish (erishish)ning umumiy 
strategik rejasi bayon etiladi.
Quyida Honeywell Corporation korporatsiyasining 2016 yil yakuni bo‘yicha 
o‘z aksiyadorlariga taqdim etgan yillik hisobotidan ko‘chirma keltiramiz.
Korporatsiya boshqaruvi raisi Maykl R.Bonsinor (Michael R.Bonsignore) 
aksiyadorlarga quyidagi yozma murojaatni yo‘llagan: “Daromadli biznesning 
o‘sishi. Qoniqish hosil qilgan iste’molchilar. Boshqaruv borasida dunyo miqyosida 
yetakchilik. Men va dunyoning turli mamlakatlarida Honeywell korporatsiyasida 
mehnat qiladigan barcha ishchi-xodimlar bizning korpo-ratsiya kelajagini aynan 
shunday tasavvur qilamiz, ya’ni biz shuni istaymiz. Aynan shu bilan bizning asosiy 
vazifalarimiz aniqlanadi va kompa-niyaning asosiy maqsadiga – kompaniya 
aksiyadorlarining manfaatlariga mos tarzda uning aksiyalari bozor bahosi o‘sishini 
ta’minlashga – erishish yo‘llari ko‘rsatib beriladi. 
Hozirgi paytda rompaniya o‘zining birinchi navbatdagi moliyaviy vazifasini 
bajarishni maqsad qilgan: aksiyadorlar bizning firma bilan taqqoslasa bo‘ladigan 
va shu kompaniyalar ro‘yxatining birinchi chorak bo‘lagidan o‘rin olgan firmalar 
ko‘rsatkichiga 
teng 
yillik 
umumiy 
daromad 
olishlarini 
ta’minlash. 
Aksiyadorlarimizning umumiy yillik daromad-lari aksiyalar kursi
21
o‘sishi va 
21
“Kurs” lotincha “sursus” so‘zidan olingan bo‘lib, so‘zma-so‘z “yugurish, poyga; harakat, yo‘l, yo‘nalish” deb 
tarjima qilinsa-da, bu yerda “aksiya, obligatsiya, veksel kabi qimmatli qog‘ozlar sotiladigan va xarib qilinadigan 


26 
korporatsiya aksiyalariga reinvestitsiya qilingan dividendlar umumiy summasiga 
teng miqdorda belgilanadi.
Bizning menejerlar ushbu maqsadga erishish uchun belgilangan yo‘ldan 
chetga og‘ishmay boradilar. Bizning qisqa muddatli kompensatsiya
22
dastu-rimizga 
muvofiq korporatsiya xodimlari kompaniya daromadida erishilgan yaxshi 
ko‘rsatkichlar uchun mukofotlanadilar. Biz kompleks
23
moliyaviy reja ishlab 
chiqdik va ushbu rejada sotuv, foyda, aylanma kapital, kapital qo‘yilmalar va 
soliqlar hajmi o‘sishi kabi aksiyador boyligiga ta’sir qilishi mumkin bo‘lgan har 
bir omildan foydalanish bo‘yicha murakkab topshiriqlar belgilab berilgan”. 

Download 3.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   184




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling