“moliya” fanidan O’quv-uslubiy qo'llanma bilim sohalari
Download 3.16 Mb. Pdf ko'rish
|
Moliya UMK
Moliyaviy tizim
moliyaviy xizmatlar taqdim etuvchi boshqa institutlar firma- lar vositachi- lar bozor- lar ...ni qamrab oladiki, ular yordamida davlat tashkilotlari xususiy kompaniyalar uy xo’jalik-lari o’zlari tomonidan qabul qilingan moliyaviy qarorlarni amalga oshiradilar (hayotga tadbiq etadilar) 33 yagona tarkibiy tuzilmaga birlashtiruvchi global kompyuter va telekommunikatsiya tarmoqlari bilan ifodalangan. Asosiy ishi moliyaviy xizmatlar taqdim etish va moliyaviy mahsu-lotlar savdosidan iborat bo‘lgan firmalar moliyaviy vositachilar deb ataladi. Ularning tarkibi, asosan, banklar, investitsion va sug‘urta kom-paniyalaridan iborat. Moliyaviy vositachilarning moliyaviy xizmatlari qatoriga hisobraqamlarni ochish, tijorat qarzlari va ipoteka 31 kredit-larini berish, sug‘urta shartnomalarining keng doirasiga hamda o‘zaro jam-g‘armalarda ishtirok etishga yo‘l ochish kiradi. Zamonaviy moliyaviy tizim global (dunyo miqyosidagi) xarakterga ega. Moliyaviy bozorlar va vositachilar bir-birlari bilan keng qamrovli xalqaro telekommunikatsiya tarmog‘i orqali o‘zaro bog‘liq bo‘lib, to‘lovlarni o‘tkazish va qimmatli qog‘ozlar savdosi aslida shu tarmoq tufayli kecha-yu-kunduz amalga oshirilmoqda. Shunday qilib, aytaylik, agar Germaniyada joylashgan yirik uyushma (korporatsiya) yangi loyihani moliyalashtirishga qaror qilmoqchi bo‘lsa, unda u sarmoyaga oid har qanday imkoniyatlarni, jumladan, aksiyalarni chiqarish va London yoki Nyu-York fond birjalarida sotish yoki biror-bir yapon pensiya fondidan qarz olish va hokazolarni ko‘rib chiqadi. Buning ustiga so‘ngi holatda qarz yevro, shu-ningdek, yapon iyenasi yoki AQSh dollarida ham taqdim etilishi mumkin. Download 3.16 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling