“moliya” fanidan O’quv-uslubiy qo'llanma bilim sohalari


 Investorlar bilan o‘zaro munosabatlar


Download 3.16 Mb.
Pdf ko'rish
bet26/184
Sana20.10.2023
Hajmi3.16 Mb.
#1711042
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   184
Bog'liq
Moliya UMK

7. Investorlar bilan o‘zaro munosabatlar 
a) investorlar bilan aloqa o‘rnatish va ushlab turish; 
b) kompaniya aksiyadorlariga axborot yetkazish tizimini yo‘lga qo‘yish va 
ushlab turish;
v) moliyaviy tahlilchilar tavsiyalarini va umumiy tusga ega moliyaviy 
axborotlarni olish;
8. Baholash va konsalting 
a) moliyaviy siyosat, moliyaviy operatsiyalar masalalari hamda asosiy 
maqsadlar va ish qay darajada samaradorligini aniqlash bo‘yicha korpo-ratsiyaning 
boshqa rahbarlari bilan maslahatlashish va ularning tavsiya-larini olish.
 
9. Boshqaruvning axborot tizimlari 
a) ma’lumotlarni elektron qayta ishlash vositalarini yaratish va ulardan 
foydalanish;
b) boshqaruvning axborot tizimlarini yaratish va ulardan foyda-lanish;
v) tegishli tizim va tartiblar yaratish va ulardan foydalanish. 
Moliya bo‘limining tashkiliy tuzilmasi va firmaning boshqa bo‘lim-lari bilan 
o‘zaro aloqalari turli firmalarda turlicha bo‘lishi mumkin. 3.4-rasmda zamonaviy 
yirik korporatsiyaning namunaviy tashkiliy tuzilmasi ko‘rsatilgan (keltirilgan).
3.4-rasm. Yirik korporatsiyaning tashkiliy tuzilmasi 
Direktorlar kengashi 
Ijrochi direktor 
Ishlab chiqarish 
bo’yicha vitse-
prezident 
Moliya bo’yicha bosh 
boshqaruvchi (birinchi 
vitse-prezident 
Marketing bo’yicha 
vitse-prezident 
G’aznachilik 
Moliyaviy rejalashtirish bo’limi 
Buxgalteriya 


31 
Tuzilmaning eng yuqori darajasida korporatsiyaning ijrochi direktori (chief 
executive officer (CEO) turadi. U, ko‘pincha, prezident deb ataladi. Moliya 
bo‘yicha bosh boshqaruvchi (chief financial officer (SFO) katta (birinchi)
vitse-prezident deyiladi. U firmaning butun moliyaviy faoliyati uchun mas’ul va 
bevosita prezidentga hisobot beradi. Shuningdek, ko‘p hollarda, firmada yana 
ikkita vitse-prezident faoliyat yuritishi mumkin. Ular marketing va ishlab chiqarish 
operatsiyalari uchun mas’uldirlar. Ba’zida yirik firmalar shtat
29
iga rahbar lavozimi 
kiritiladi. Rahbar kompaniya prezidenti strategiyasi amalga oshishi uchun mas’ul 
hisoblanadi.
Moliya bo‘yicha birinchi vitse-prezidentga uchta bo‘lim bo‘ysunadi: a) 
moliyaviy rejalashtirish bo‘limi; b) g‘aznachilik; v) buxgalteriya. Ularning har 
biriga vitse-prezident boshchilik qiladi. Moliyaviy rejalashtirish bo‘yicha vitse-
prezident uzoq muddatli kapital qo‘yilmalarning asosiy yo‘nalishlarini tahlil qilish 
uchun mas’ul, ya’ni firma faoliyat sohasini o‘zgartirishi lozimmi, yoki hozirgi 
biznesni davom ettirishi kerakmi, shularga baho beradi. Shuningdek, boshqa 
firmalarni qo‘shib olish va sotib olish hamda bosh firmadan yangi firmalar ajralib 
chiqishi imkoniyatlarini tahlil qilish ham uning vakolat doirasiga kiradi.
G‘aznachi (treasurer) joriy moliyaviy faoliyat va firmaning aylanma kapitalini 
boshqarish uchun mas’ul. Shuningdek, tashqi investorlar bilan munosabatlarni 
boshqarish, firmaga foiz va valyuta riskining ta’sirini baholash hamda soliq 
bo‘limini boshqarish ham uning vakolat doirasiga kiradi.
Korporatsiyaning bosh hisobchisi (controller) firmada buxgalterlik hisobi va 
ichki audit, xususan rejadagi va aslidagi xarajatlarni, korporatsiyaning turli xo‘jalik 
birliklari faoliyatidan olingan daromad va foydani taqqoslash uchun xizmat 
qiladigan ichki hisobotlar uchun mas’ul. Shuningdek, aksiyadorlar, kreditorlar va 
davlat boshqaruv (tartibga soluvchi) organlariga taqdim etish uchun moliyaviy 
hisobotlar tayyorlash ham uning vakolat doirasidadir. 

Download 3.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   184




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling