“moliya” fanidan O’quv-uslubiy qo'llanma bilim sohalari
Download 3.16 Mb. Pdf ko'rish
|
Moliya UMK
2-nazorat uchun savol
Moliyaviy tizim yordamida riskni ko‘chirishga misol keltiring. 3. Moliyaviy tizim yordamida hisob-kitob-to‘lovlarni amalga oshirish. Moliyaviy tizim kliring operatsiyalarini amalga oshirish hamda tovarlar, xizmatlar va aktivlar almashinuvini rag‘batlantiruvchi usullar bilan to‘lovlarni amalga oshirishga imkon (yordam) beradi. Moliyaviy tizimning eng muhim funksiyalaridan biri odamlar va firmalarni tovar va xizmatlarni sotib olish jarayonida to‘lovlarni amalga oshirishning samarali usuli bilan ta’minlanishini o‘z ichiga oladi. Faraz qilaylik, Siz AQShda yashaysiz. Dunyo bo‘ylab turistik sayohatni reja-lashtiryapsiz va bunda 5000 dollar barcha turistik xarajatlarni qoplash uchun yetarli bo‘ladi, deb hisoblayapsiz. Pulni o‘zingiz bilan qaysi shaklda olishingiz lozim? Siz boshqa mamlakatlarda tovarlar va xizmatlarga to‘lovni qay tarzda amalga oshirasiz? Ko‘pgina xorijiy mehmonxonalar, yoshlar yotoqxonalari va restoranlar, lekin hammasi ham emas, to‘lov vositasi sifatida AQSh dollarini qabul qiladilar. Bu o‘rinda, albatta, kredit kartochkasidan foydalanish mumkin. Biroq, jahondagi Siz borib ko‘rgingiz kelgan ayrim mamlakatlarda ularni qabul qilishmaydi. Sizga yo‘l cheklarini sotib olish kerakmi? Agar kerak bo‘lsa, unda qaysi valyutada? Ushbu barcha savollarga javob berishga uringan holda, Siz balki, barcha mamlakatlardagi hamma sotuvchilar bir xil to‘lov vositalaridan foydalanganlarida juda qulay bo‘lishini qayta-qayta o‘ylashingiz (istashingiz), tabiiy. Endi yuqorida tasvirlangan vaziyatning o‘rniga quyidagilarni tasav-vur qiling: Siz hukumati o‘zining fuqarolariga xorijiy valyuta operatsiya-larini cheklab qo‘yuvchi davlatda yashovchi boy odamsiz va Siz ham dunyo bo‘ylab sayohat qilishga qaror qildingiz. Bunda Siz o‘z mamlakatingizda milliy valyutadan foydalangan holda xohlagan narsangizni sotib oli-shingiz mumkin. Biroq uning tashqarisida uni (Sizning milliy valyu-tangizni) to‘lov vositasi sifatida hech kim qabul qilmaydi. Sizning davlatingizdagi xorijiy valyutaning defitsitli ekanligi hukumatni o‘zining fuqarolariga xorijiy valyutani sotib olish yoki xorijdan qarz olishini ta’qiqlab qo‘yishiga majbur qiladi. Bunday vaziyatda Siz nima qilgan bo‘lardingiz? 41 Bunday vaziyatda qo‘llanilishi lozim bo‘lgan imkoniyatlardan biri, u qanchalik noqulay bo‘lmasin, quyidagicha: vataningizda qimmatbaho va tashishga qulay bo‘lgan tovarlar sotib oling. Ularni o‘rab-chirmab, o‘zingiz bilan olib chiqib keting va xorijda ovqat sotib olish va yashash uchun ishlatishga harakat qiling. Boshqacha qilib aytganda, barter, ya’ni pul mablag‘laridan foydalanmagan holda tovar ayirboshlashdan foydalaning. Bu o‘rinda dunyoni ko‘rish uchun bu eng qulay usul emasligini aytishning hojati ham yo‘q. Zero, Siz o‘zingiz bilan katta bagaj olib yurishga hamda bor vaqtingiz va kuchingizni muzey va teatrlarni tomosha qilishga emas, balki mehmonxona yoki tushlik uchun to‘lov sifatida Siz tomoningizdan taqdim etiladigan ayrim qimmatbaho narsalarni qabul qilishga rozi bo‘ladigan restoran yoki mehmonxonani qidirishga sarflashingiz aniq. Ushbu misoldan ko‘rinib turibdiki, moliyaviy tizimning muhim funksiyalaridan biri uy xo‘jaligi va firmalarga u yoki bu tovar va xizmatlarni sotib olishga ortiqcha ko‘p vaqt sarflashga yo‘l qo‘ymaydigan samarali to‘lov tizimi faoliyatini ta’minlash hisoblanadi. To‘lov vositasi bo‘lgan oltinni qog‘oz pullarga almashtirish to‘lov tizimi samaradorligini oshirish misollaridan biri bo‘lib xizmat qilishi mumkin. Bizning davrda oltin tibbiyotda va zargarlik ishlarida foydalaniladigan defitsit resurs bo‘lib, qog‘oz pullar esa asosiy to‘lov vositasi hisoblanadi. Oltinga nisbatan qog‘oz pulning haqiqiyligini tekshirish oson (ularni soxta-lashtirish qiyinroq) va ulardan turmushda foydalanish, masalan, cho‘ntakda olib yurish ancha qulay. Bundan tashqari, pulni bosmadan chiqarish (nashr etish) – bu qazib olish, qayta eritish va oltin tangani zarb qilishdan anchagina arzon jarayon. To‘lovlarni amalga oshirishning alternativ 36 vositalari: cheklar, kredit yoki plastik kartochkalari va elektron to‘lov tizimlari paydo bo‘lishi natijasida hisob- kitobni amalga oshirishning samaradorligi yanada oshdi. Download 3.16 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling