“moliya” fanidan O’quv-uslubiy qo'llanma bilim sohalari


Download 3.16 Mb.
Pdf ko'rish
bet42/184
Sana20.10.2023
Hajmi3.16 Mb.
#1711042
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   184
Bog'liq
Moliya UMK

2. Moliyaviy bozorlar 
 
Zamonaviy moliyaviy bozorning eng umumiy ko‘rinishini quyidagi tarkibiy 
qismlar birligi sifatida tasavvur qilish mumkin (6.1-rasm). 
51
«Federal» lotincha «federalis» - ittifoq, uyushmaga oid. Qarang: o‘sha manba. J. IV. –B.338. 


54 
6.1-rasm. Zamonaviy moliyaviy bozorning eng umumiy ko‘rinishi 
Eng sodda tarzda aytiladigan bo‘lsa, moliyaviy bozorda moliyaviy aktivlar 
sotiladi va sotib olinadi. O‘z navbatida, qarz majburiyatlari (debt), aksiyalar 
(equity) va hosila qimmatli qog‘ozlar (derivatives) moliyaviy aktivlarning asosiy 
turlaridan bo‘lib hisoblanadi. Qarz instrumentlari pulni qarzga oluvchi hamma – 
firmalar, hukumatlar va uy xo‘jaliklari – tomonidan chiqariladi. Tegishli ravishda, 
qarz majburiyatlari bozorida korporativ va davlat obligatsiyalari, uy-joy va tijorat 
garovlari, shuningdek iste’mol qarzlari kabi aktivlar bilan savdo qilinadi. Qarz 
instrumentlarini yana qayd qilingan daromad instrumenti (fixed-income 
instruments) deb ham atashadi. Zero, ular bo‘yicha kelgusida qayd qilingan 
summani to‘lash va’da qilinadi. Ularni yana qattiq foizli qimmatli qog‘ozlar deb 
atash ham mumkin.  
Qarz instrumentlari, shuningdek, qarzni uzish muddati (maturity) asosida 
ham klassifikatsiyalanadi. Qisqa muddatli (qarz uzish muddati bir yildan kam 
bo‘lgan) qarz majburiyatlari bozori pul bozori (money market) nomiga ega. Uzoq 
muddatli qarz majburiyatlari va aksiyalar bozori esa kapital bozori (capital 
market) deb nomlanadi. 
Pul bozorida, asosan, yo xususiy sektorning ishonchli qarz oluvchilari 
tomonidan (veksellar va yirik korxonalarning boshqa tijorat qog‘ozlari) yoki davlat 
tomonidan (masalan, g‘aznachilik vekseli) chiqarilgan foizli qimmatli qog‘ozlar 
kabi instrumentlar aylanadi. 
Zamonaviy pul bozorlari uchun global integratsiya
52
va likvidlik (liquidity) 
o‘ziga xos xarakterga ega. Aktivning likvidlik darajasi uni pulga konvertatsiya 
qilinish jarayonining oddiyligi, xarajatlari
va tezligiga bog‘liq holda aniqlanadi. 
Aksiya – bu firma mulkdorlari tomonidan uning aktivlari qismiga 
qo‘yiladigan talabdir. Korporatsiya kapitali ulushiga egalik qilishdan dalolat 
beradigan qimmatli qog‘ozlar AQShda oddiy aksiyalar (common stocks), Buyuk 
Britaniyada aksiyalar (shares) deb ataladi. Aksiyani sotib olish va sotish fond 
bozorida (stock market) amalga oshiriladi. Har bir oddiy aksiya boshqa 
aksiyadorlar bilan firmaning mulkidagi qismda (yoki ulushda) baravarligini 
bildiradi. 
52
«Integratsiya» lotincha «integratio» - tiklash, qaytadan boshlash, to‘ldirish. 1. Ayrim qismlarning, 
elementlarning bog‘liqlik holatini, ularni qo‘shib birlashtirishni ifodalovchi tushuncha. 2. Yaqinlashish va o‘zaro 
bog‘lanish jarayoni. 3. Ikki yoki undan ortiq davlatlarning iqtisodiyotini o‘zaro muvofiqlashtirish va birlashtirish. 
Qarang: o‘sha manba. J.II. - B.216. 
Moliyaviy bozorlar 
Pul 
bozori 
Kapital bozori 
Fond 
bozori 
Valyuta 
bozori


55 
Oddiy vaziyatlarda har bir aksiyaga bir xil miqdordagi foyda va 
korporatsiyani boshqarish masalalari bo‘yicha qaror qabul qilish uchun bitta ovoz 
berish huquqi to‘g‘ri keladi. Biroq, ayrim korporatsiyalar muomalaga oddiy 
aksiyalarning ikki toifasini chiqaradilar. Ulardan biri aksiyadorga ovoz berish 
huquqini beradi, boshqasi esa bermaydi.
Oddiy aksiyalar korporatsiya aktivlariga qoldiq talablarni (residual claim) 
ifodalaydi. Bunday aksiya egalari firmaning, u tomonidan barcha qolgan moliyaviy 
majburiyatlarni bajarganidan so‘ng qolgan istalgan aktivlariga huquqi bor. 
Masalan, agar firma biznesni to‘xtatishga qaror qilsa va o‘zining barcha aktivlarini 
sotayotgan bo‘lsa, u holda oddiy aksiya-larga egalik qiluvchi barcha aksiyadorlar, 
barcha kreditorlarga tegishli bo‘lgan summalar to‘lab bo‘lingandan keyin nima 
qolsa (yoki nimadir qolsa) hammasini o‘zaro bo‘lishib oladilar. 
Oddiy aksiyalar unga egalik qiluvchining cheklangan mas’uliyati (limited 
liability) bilan tavsiflanadi. Bu, agar firma yopilayotgan bo‘lsa, va uning aktivlarini 
sotishdan tushgan daromad uning hamma qarzlarini yopishga yetmayotgan bo‘lsa, 
unda kreditorlar aksionerlardan qarz majbu-riyatlari bilan to‘liq hisob-kitob qilish 
uchun qo‘shimcha mablag‘ talab qilish huquqiga ega emasliklarini anglatadi. Bu 
yerda kreditorlarning korpo-ratsiyaga talablari uning aktivlariga bo‘lgan talablari 
bilan cheklanib qoladi. 

Download 3.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   184




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling