“moliya” fanidan O’quv-uslubiy qo'llanma bilim sohalari


Download 3.16 Mb.
Pdf ko'rish
bet39/184
Sana20.10.2023
Hajmi3.16 Mb.
#1711042
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   184
Bog'liq
Moliya UMK

7- nazorat uchun savol 
Tasavvur qilaylik, qandaydir bir bank potensial mijozlarga ularning qarzni 
to‘lay olish layoqatini tekshirmasdan qarz berishni va’da qiladi. Ushbu tasavvur 
qilingan holatga qarz oluvchilarning qaysi toifalari jalb qilinadi? Bunday bankning 
qarz bo‘yicha foiz stavkasi qarz oluvchining kredit tarixini tekshiradigan bankning 
stavkasidan farqlanadimi?
Stimul bilan bog‘liq bo‘lgan muammoning yana bir turi ko‘proq riskka 
asoslangan topshiriqlarni bajarish bo‘yicha vakolatning boshqa shaxslarga 
berilishida yuzaga keladi. Masalan, korporatsiya aksiyadorlari firmaning ishini 
44
“Stimul” va “rag‘bat” hamda “stimullashtirish” va “rag‘batlantirish”ning turlicha ekanligini tasdiqlovchi 
misollardan yana biri. 


48 
yuritish uchun menejerlarga vakolatni beradilar. O‘zaro jamg‘armalar investorlari 
esa, mablag‘larini qimmatli qog‘ozlarga investitsiya qilish tuzilmasini ishlab 
chiqish bo‘yicha vakolatni jamg‘armalarning qimmatli qog‘ozlar portfellarini 
boshqarish bo‘yicha menejerlariga taqdim etadilar. Bu qaror qabul qilish bilan 
bog‘liq bo‘lgan risk uchun javobgarlik olib boradigan odam yoki tashkilot, ushbu 
qarorlarni qabul qilish bo‘yicha o‘z vakolatini boshqa bir tashkilot yoki shaxsga 
berishini bildiradi. Shunday risk uchun javobgarlikni topshiradigan shaxslar (yoki 
tashkilotlar) komitentlar deb ataladi. Ushbu vakolatni qabul qiluvchilar esa 
komissionerlar deb ataladi. 
Komitentning komissioner bilan munosabati muammosi (principal-agent 
problem) shundaki, komissioner ko‘pincha komitent agar komissioner bilgan 
barcha bilimlarga egalik qilganida qabul qilgan qarorlaridan va o‘zi mustaqil qabul 
qilishi mumkin bo‘lgan qarorlaridan farqlanuvchi qaror-larni qabul qiladi. Buning 
natijasida komissionerlar va komitent-larning manfaatlari o‘rtasida ko‘pincha 
ziddiyatlar kelib chiqadi. Nostan-dart (noandozaviy) vaziyatlarda komissionerlar, 
hattoki, o‘zlarining komi-tentlari manfaatlariga qaramasdan harakat qilishlari 
mumkin. Bunday holat, masalan, fond brokeri «sutdan yog‘ olish» deb 
nomlanadigan ish bilan shug‘ullansa, ya’ni mijozga hech qanday foyda olib 
kelmaydigan, lekin brokerning komission summasini oshiradigan ko‘psonli 
bitimlarni mijozning hisobidan amalga oshirganida kelib chiqadi.
Buning yanada tushunarli bo‘lishi uchun e’tiboringizni quyidagi “qo‘lbola”, 
“jaydari” o‘zbekona misolga qaratmoqchimiz: ma’lumki, ko‘pka-riga (uloqqa) 
yaraydigan kuchli otga hamma chavandoz ham ega bo‘lavermaydi. Xuddi 
shuningdek, shunday kuchli otga ega bo‘lganlarning hammasi ham chavandoz 
bo‘lmasligi mumkin. Bunday sharoitda otning egasi o‘z otini kuchli chavandozga 
“chopish uchun” taqdim etishi, tabiiy. Shunga o‘xshash, chavan-dozning ham 
o‘zganing kuchli otidan ko‘pkari (uloq) davomida “chopishidan” o‘zga chorasi 
qolmaydi. Shu munosabat bilan, ko‘pkari (uloq)da qo‘lga kiritilgan yutuq 
(solim)lar chavandoz va otning egasi o‘rtasida, odatda, qanday taqsimlanishini 
bilasizmi? Hech joyda yozma ravishda qayd etilgan bo‘lishiga qaramasdan, azal-
azaldan, bu narsa (yutuq)ni taqsimlashda quyi-dagiga rioya qilinadi: pulli yutuqlar 
– chavandozniki, natural ko‘rinishdagi yutuqlar (uloq, gilam, tuya, ho‘kiz, mashina 
va h.k.lar) esa – otning egasiniki. Bunday sharoitda chavandoz bilan otning egasi 
o‘rtasidagi munosabatlarning qanchalik uzoq vaqt davom etishi yoki uning doimiy 
xarakterga ega bo‘lishi, boshqa sharoitlar teng bo‘lgan taqdirda, chavandozning 
xolisona xatti-harakatiga bog‘liq. Agar chavandoz har safar ko‘pkari (uloq)da 
o‘zaro manfaatlar mushtarakligiga intilib harakat qilsa – nur ustiga, a’lo nur – 
o‘zaro munosabatlar davom etadi. Aksincha, ko‘pkari (uloq) davomida solim pulli 
e’lon qilinganda har safar o‘zini o‘tga ursa-yu, natural ko‘rinishdagi solim e’lon 
qilinganda esa – to‘dadan chetga chiqib, oddiy tamoshabinga aylanib, ayyorlik 
qilsa – o‘sha zahotiyoq yoki navbatdagi ko‘pkari (uloq)da kuchli otdan umid 
qilmasa ham bo‘laveradi. Chunki bu yerda otning egasi va chavandoz manfaatlari 
o‘rtasida ziddiyatning kelib chiqqanligi shuni taqozo etadi. 


49 
Agar moliyaviy tizim to‘g‘ri faoliyat ko‘rsatsa, unda yuqorida qayd qilingan 
stimullashtirish muammolarini hal qilishga yordam beradi. Bu esa moliyaviy 
resurslarni birlashtirish imkoniyati, riskni taqsimlash va ixtisoslashtirish kabi 
ushbu tizimning afzalliklaridan yanada samara-liroq foydalanish imkoniyatini 
taqdim etadi. Jumladan, masalan, kredit faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan 
stimullashtirish muammolarini kamaytirish uchun, qarz oluvchi o‘zining 
majburiyatlarini bajarmaganda, qarz beruvchiga uning ish aktivlarini xatga olish 
(arest) huquqi berilishini o‘z ichiga oluvchi qarzni ta’minlash (collateralization) 
prinsipidan keng foydala-niladi. Shunday yondashuv tufayli, kreditorning qarz 
oluvchining faoliyati ustidan nazorat bo‘yicha xarajatlari sezilarli darajada 
kamayadi. Bu holatda unga faqat, qarzni ta’minlash sifatida taqdim qilingan aktiv-
larning bozor qiymati qarzning asosiy summasi va uning foizini to‘lashga yetarli 
bo‘lishining tashvishini qilish qoladi, xolos.
Texnologiyalar rivojlanib borgan sari qarzning ta’minlanishi uchun xizmat 
qiladigan turli xil ish aktivlari (masalan, qarz oluvchining tovar-moddiy zahirasiga 
kiruvchi tovarlar)ni baholashga, shuningdek, ular ustidan nazoratga ketadigan 
xarajatlar doimiy ravishda kamayib bormoqda. Buning natijasida bu kabi 
kelishuvlardan foydalanish sohasi kengay-moqda. 
Yo‘lga qo‘yilgan moliyaviy tizim tufayli komitent va komissioner 
o‘rtasidagi muammolarni ham yumshatish mumkin. Jumladan, agar perso-nal
45
ni 
boshqarish ishi uchun mukofotlash firma aksiyalarining bozor bahosi 
ko‘rsatkichiga bog‘liq bo‘lsa, menejerlar va aksionerlar manfa-atlarini aniqroq 
muvofiqlikka keltirish mumkin. Shuningdek, masalan, kredit shartnomasiga 
kreditorning huquqini qo‘shimcha sug‘urtalovchi ("equity kicker") alohida bandni 
kiritish imkoniyatini ham ko‘rib chiqamiz. Bu esa korporatsiya aksiyadorlari va 
kreditorlari manfaatlari o‘rtasida zid-diyatlar kelib chiqishi riskini kamaytirish 
imkonini beradi. Bu maqsadga erishishga kreditorga aksiyadorlar o‘rtasida 
taqsimlash uchun hisob-lanadigan foydalarda ishtirok etishiga yo‘l beradigan 
kredit keli-shuvining har qanday tartibi (alohida band) yordam beradi. Mazkur 
turdagi kengroq qo‘llaniladigan uslublardan biri, qarz to‘lanmagan holatda 
kreditorlar o‘rtasida foydadan ma’lum bir foizning taqsimlanishini o‘z ichiga oladi; 
boshqasi – kreditor o‘zining qarz summasini korporatsiya aksiyalarining oldindan 
kelishib olingan soniga konvertatsiya qilish huquqiga egaligidir.
Boshqaruv personali firmaning aksiyadorlari tomonidan saylani-shini hisobga 
olish kerak. Bu shunga olib keladiki, aksiyadorlar va kreditorlar manfaatlarining 
ziddiyatlari yuzaga kelgan holatda mene-jerlar odatda, aksiyadorlar manfaatlarini 
qondirish uchun mumkin bo‘lguncha harakat qiladilar, va ko‘pincha buni firma 
kreditorlari hisobidan amalga oshiradilar. Bunday holatlarda yuzaga keladigan 
ma’naviy risk muammosi boshqa sharoitlarda ikki tomonlama foyda keltiradigan 
qarz kelishuvining tuzilishiga xalaqit berishi mumkin. Kelishuvga qo‘shimcha 
qilib, "equity kicker" bandini kiritib, bu muammoni yumshatish yoki hatto butkul 
hal qilish mumkin. Buning natijasida firmaning aksiya-dorlari ham, uning 
45 
“Personal” lotincha “personalis” – shaxsiy. Korxona, muassasa xodimlari yoki ularning ixtisosiga ko‘ra bir 
guruhi. Qarang: o‘sha manba. J.III. - B.247. 


50 
kreditorlari ham yutadilar, xolos. Axir o‘zbeklarda “Qars” ikki qo‘ldan chiqadi”, 
“Sizdan – ugina, bizdan – bugina”, “Six ham kuymasin, kabob ham”, deb 
bekordan-bekorga aytilmagan. 

Download 3.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   184




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling