“moliya” fanidan O’quv-uslubiy qo'llanma bilim sohalari


Download 3.16 Mb.
Pdf ko'rish
bet38/184
Sana20.10.2023
Hajmi3.16 Mb.
#1711042
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   184
Bog'liq
Moliya UMK

6- nazorat uchun savol 
Ma’naviy risk muammosi Sizga rejalashtirilgan biznes-loyihangizni amalga 
oshirish uchun mablag‘ olishingizga halaqit berishi mumkin bo‘lgan vaziyatni 
misol keltiring. Ushbu muammoni bartaraf etish usullari qanday?
Bitim tomonlarida axborotning bab-baravar bo‘linmagan hajmi nati-jasida 
ham yuzaga keladigan yana bitta muammo mavjud. Bu nomuvofiq (noqulay) 
tanlov muammosidir (adverse selection). Bu shu bilan xarak-terlanadiki, unga 
ko‘ra riskning u yoki bu shaklidan sug‘urtani sotib oluvchi odamlar, odatda, ushbu 
riskga butun boshli aholiga qaraganda ancha kuchliroq duchor bo‘ladilar.
Bu vaziyatni umrbod renta (life annuities) misolida ko‘rib chiqamiz. 
Umrbod renta sug‘urtalangan odamga uning pensiyaga chiqishidan boshlab 
umrining oxirigacha qayd qilingan summani oyma-oy to‘lashni ko‘zda tutgan 
shartnomani ifodalaydi. Bunday rentalarni sotuvchi firma, ularni sotib oluvchi 
43
“Bu misol ham “stimul”ning faqat “rag‘bat”dan iborat emasligini yana bir karra tasdiqlaydi. 


47 
odamlar butun aholiday kutilayotgan uzoq umr ko‘rishlari taxmi-nidan kelib chiqa 
olmaydi. 
Masalan, tasavvur qilaylik, qandaydir bir firma pensiyaga chiqayotgan 
(ya’ni, masalan, 55-60 yoshdagi) odamlarga umrbod rentalarni sotmoqda. Odatda, 
butun aholi o‘rtasida bunday odamlarni uchta guruhga bo‘lishadi (yana har bir 
guruhdagilarning soni taxminan bir xil): “A” guruh umrining davomiyligi 10 yilni, 
“B” guruhniki 15 yil, “V” guruhniki esa 20 yilni tashkil etadi. 60 yoshga to‘lgan 
odamlar o‘rtacha 15 yil yashaydilar. Biroq, agar firma, ushbu umr davomiyligining 
prognoz (bashorat) ko‘rsatkichlariga muvofiq polis narxini o‘zgartirsa, u rentani 
sotib olayotgan odamlar ko‘proq “A” yoki “V” shakliga tegishli ekanligiga ishonch 
hosil qiladi. Birinchi guruhga kiruvchi pensionerlar uchun bu kabi bitim 
foydasizdir va ular bunday polisni sotib olmaydilar. 
Agar umrbod rentani sotuvchi firma u yoki bu mijoz qaysi guruhga (“A”, 
“B”, yoki “V”) tegishli ekanligini bilganda va har bir odam umrining kutilayotgan 
davomiyligidan kelib chiqib narxni o‘zgartira olganda edi, unda hech qanday 
nomuvofiq (noqulay) tanlov muammosi mavjud bo‘lmagan bo‘lar edi. Biroq, bu 
firmalar, o‘z mijozlari umrining kutilayotgan davo-miyligi to‘g‘risida axborotlar 
sonini oxirgilari egalik qilganidek yig‘a olmaydilar. 
Modomiki, sug‘urtachi har bir mijoz umrining kutilayotgan davo-miyligini 
aniq aks ettiruvchi narxni belgilashga qodir emas ekan, unda ko‘p sonli rentalar 
nomutanosib ravishda hali ancha uzoq yashashni reja-lashtirayotgan sog‘lom 
odamlar tomonidan sotib olinadi. Bizning misolda, o‘rtacha bashorat
qilinayotgan 
umrning davomiyligi 17,5 yilni tashkil etadi. Bu mazkur ko‘rsatkichning butun 
aholi uchun belgilanganidan 2,5 yilga ko‘proqdir. 
Shunday qilib, agar renta sotuvchi firma, narxni butun aholi uchun umrning 
kutilayotgan davomiyligi ko‘rsatkichlari asosida belgilagan bo‘lsa va nomuvofiq 
(noqulay) tanlov muammolarini tartibga solish maqsadida narxni oshirmagan 
bo‘lsa, ziyonga uchraydi. Shu sababli firmalar umrbod rentalarga umrning 
kutilayotgan o‘rtacha davomiyligi bo‘lgan odamlarni o‘ziga jalb qilmaydigan 
narxlarni belgilaydilar. Bu shunga olib keladiki, ushbu moliyaviy mahsulot 
sotiladigan bozor, agar nomuvofiq (noqulay) tanlov muammosi mavjud 
bo‘lmaganda, mumkin bo‘ladigan holatdan ancha kamroq bo‘ladi
44
.

Download 3.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   184




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling