“moliya” fanidan O’quv-uslubiy qo'llanma bilim sohalari


Download 3.16 Mb.
Pdf ko'rish
bet46/184
Sana20.10.2023
Hajmi3.16 Mb.
#1711042
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   184
Bog'liq
Moliya UMK

1-nazorat uchun savol 
Yuqoridagi keltirilgan misol asosida, yaponiyalik investor Birlashgan Qirollik 
obligatsiyalariga iyenda kapital qo‘yish orqali yillik 3% ishlashi uchun valyuta 
kursi bir yildan so‘ng qanday o‘zgarishi kerakligini tushun-tirib bering. 
Foiz stavkasiga to‘lov muddatining ta’siri. Foiz stavkasiga to‘lov 
muddatining qanday ta’sirini yaqqol ko‘rish uchun navbatdagi betdagi 1-rasmga 
qarang. Unda AQSh G‘aznachilik veksellarining 20xx yil x iyun holatiga 
daromadlilik egri chizig‘i (yield curve) tasvirlangan. Daro-madlilik egri chizig‘i 
AQSh G‘aznachiligi tomonidan muomalaga chiqarilgan veksellarning belgilangan 
daromad bo‘yicha foiz stavkalari miqdorlari (daromadlilik) va ularni qaytarish 
muddatlarining o‘zaro nisbatini aks ettiradi.
7.1-rasm da biz bir yillik g‘aznachilik majburiyatlarning daromadi hisobi 
yiliga 5,25%ni tashkil etganini, bu ko‘rsatkich qaytarish muddati o‘sgan sari ortib 
borishini va qaytarish muddati 30 yil bo‘lganda 6%ni tashkil etganini ko‘ramiz. 
1-rasmda bu yaqqol ko‘rinmasa ham, daromaddorlik egri chizig‘ining
shakli 
va darajasi vaqt o‘tishi bilan juda o‘zgaradi. O‘tmishda, qisqa muddatli foizli 
stavkalar uzoq muddatlinikidan yuqori bo‘lgan, shuning


59 
7.1-rasmAQSh G‘aznachilik qimmatli qog‘ozlari daromadlilik egri 
chizig‘i 
uchun daromaddorlik egri chizig‘i pastdan yuqoriga emas, balki yuqoridan pastga 
tushgan.
2-nazorat uchun savol 
Oxirgi gazetalarning moliyaviy axborotlari bo‘lgan betlarini ko‘ring. 
Bugungi kunda AQSh G‘aznachiligi qimmatli qog‘ozlarining daromaddorlik egri 
chizig‘i qanday darajada va shaklda ekanligini tekshiring. Ularni Yaponiya 
G‘aznachiligi qimmatli qog‘ozlarining daromaddorlik egri chizig‘i bilan 
solishtiring. 

Download 3.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   184




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling