“moliya” fanidan O’quv-uslubiy qo'llanma bilim sohalari


Hosilaviy qimmatli qog‘ozlar


Download 3.16 Mb.
Pdf ko'rish
bet43/184
Sana20.10.2023
Hajmi3.16 Mb.
#1711042
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   184
Bog'liq
Moliya UMK

Hosilaviy qimmatli qog‘ozlar deb, bahosi boshqa aktivlar, masalan, 
aksiyalar, qayd qilingan daromadga ega qimmatli qog‘ozlar, xorijiy valyuta yoki 
qandaydir mahsulotlar bahosiga bog‘liq bo‘lgan moliyaviy vositalarga aytiladi. 
Ularning asosiy funksiyasi ular hosila hisoblangan aktivlarga qo‘yilmalarning risk 
darajasini boshqarish uchun vosita sifatida xizmat qilishdan iborat. 
Hosilaviy qimmatli qog‘ozlarning kengroq tarqalgan turlari opsi-onlar va 
forvard kontrakt
53
lari hisoblanadi. Sotib olishga opsion, yoki «koll» opsion (call 
option) – bu egasiga ma’lum bir miqdordagi aktivlarni belgilangan narxda opsion 
amal qilish muddatining o‘tib ketishi yoki tugaguniga qadar istalgan paytda sotib 
olish huquqini beradigan vositadir. Sotishga opsion, yoki «put»opsion (put 
option) – bu, egasiga opsion amal qilish muddatining o‘tib ketishi yoki tugaguniga 
qadar xohlagan paytda kontrakt bo‘yicha o‘rnatilgan narxda ma’lum bir 
miqdordagi aktivlarni sotish huquqini beradigan vositadir. Aktiv egasi ushbu 
aktivni sotish uchun opsion sotib olar ekan, o‘zini uning narxi kontraktda 
ko‘rsatilganidan kamayib ketish xavfidan samarali sug‘urta qiladi. 
Forvard kontraktlar (forward contracts) deb, kontraktda ko‘rsatilgan narx 
va vaqt bo‘yicha ma’lum bir aktivlarni bir tomon sotib olish majburiyatini
ikkinchi tomon esa sotish majburiyatini oluvchi vositalarga aytiladi. Bu xil 
kontraktlar sotuvchiga va xarid qiluvchiga ushbu aktivlarning kelgusida sotiladigan 
narxining noaniqligiga bog‘lanib qolmaslik imkonini beradi.
53
«Kontrakt» lotincha «contractus» - bay, bitim, kelishuv. Tomonlarning huquq va majburiyatlari ko‘rsatilgan 
holda tuzilgan ikki yoki ko‘p tomonlama shartnoma, bitim. Qarang: o‘sha manba. J.II. - B.403. 


56 

Download 3.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   184




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling