“moliya” fanidan O’quv-uslubiy qo'llanma bilim sohalari


Download 3.16 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/184
Sana20.10.2023
Hajmi3.16 Mb.
#1711042
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   184
Bog'liq
Moliya UMK

Uchinchidan, iqtisodiy jarayonlarga xos bo‘lgan mavhum (noaniq)lik 
sharoitida investor
12
lar mablag‘larni turli firmalarga tikish (joylash-tirish) orqali 
riskni taqsimlashga intiladilar. Mablag‘larni optimal diversifikatsiya qilish uchun 
investor portfelida turli qimmatli qog‘ozlar oz-oz miqdorda bo‘lishi kerak. 
Kompaniya mulkiga egalik huquqini uni boshqarishdan ajratmasdan turib, bunday 
taqsimotni amalga oshirish-ning iloji yo‘q. 
Faraz qilaylik, investor ko‘ngil ochish sohasidagi ma’lum firmalar bir necha 
yil davomida daromad keltirishi mumkin degan xulosaga keldi va ularning 
aksiyalariga diversifikatsiyalangan kapital kiritishga ahd qildi. Agar, shu bilan 
birga, u aksiyalarini sotib olgan kompaniyalarni o‘zi boshqa-rishga ham qaror 
qiladigan bo‘lsa, u o‘z mablag‘larini ko‘plab kompaniyalar o‘rtasida taqsimlay 
olmaydi. Shunday qilib, aytish mumkinki, biznesni korporatsiya shaklida tashkil 
etish mulkdor investor o‘z mablag‘larini diversifikatsiya qilishi uchun ko‘proq mos 
keladi, chunki korporatsiya turli firmalar kapitalida nisbatan katta bo‘lmagan 
ulushga egalik qilish imkonini beradi.
To‘rtinchidan, mulkka egalik huquqini boshqarishdan ajratish axborot 
olishga ketadigan xarajatlarni tejash imkonini beradi. Odatda, menejer-lar 
firmaning ishlab chiqarish texnologiyalari, ishlab chiqarish resurslari bahosi 
(qiymati) va mahsulotga bo‘lgan talab to‘g‘risida juda aniq va atroflicha ma’lumot 
to‘play oladilar. Kompaniya egalariga esa ishlab chiqarish texnologiyalari, firma 
faoliyatining samaradorlik darajasi va uning mahsulotiga talabning qandayligi 
to‘g‘risida umumiy yoki yuzaki tasavvurga ega bo‘lishning o‘zi kifoya.
Ko‘ngil ochish industriya
13
si bilan bog‘liq bo‘lgan yana bir misolni ko‘rib 
chiqamiz. Kinofilmlar ishlab chiqarish va ularning prokat
14
i bilan shug‘ullanish 
uchun juda keng ma’lumot to‘plash kerak bo‘ladi. Avvalo, yangi filmda ishtirok 
12
“Investor” inglizcha “investor”, lotincha “investire” – kiyintirmoq. Investitsiya faoliyatini amalga oshiruvchi 
shaxs, tashkilot yoki davlat. Qarang: o‘sha manba. J.II.–B. 207. 
13
“Industriya” lotincha “industria” – mehnatsevarlik, tirishqoqlik. Sanoat; milliy xo‘jalikning jamiyat iqtisodiy 
rivojlanishiga hal qiluvchi ta’sir ko‘rsatadigan muhim tarmog‘i. Qarang: o‘sha manba. J.II. –B.209. 
14
“Prokat” ruscha “prokat” – ijara (kira)ga berish yoki olish. U yoki bu narsani ma’lum miqdordagi haq evaziga 
vaqtincha foydalanish uchun berib yoki olib turish. Qarang: o‘sha manba. J.III. – B.312. 


20 
etishga yollanishi mumkin bo‘lgan taniqli aktyorlar va rejissyorlar to‘g‘risida 
ma’lumotni ortiqcha sarf-xarajatlarsiz qo‘lga kiritish mumkin. Ammo kinofilm 
ishlab chiqarish va uning prokatiga zarur boshqa resurslar to‘g‘risida so‘z 
boradigan bo‘lsa, buning uchun ko‘plab mablag‘ talab etilishi, tabiiy. Aktyorlar 
tanlash bo‘yicha mutaxassislar bilan aloqa o‘rnatish juda qimmatbaho jarayon va 
bu vazifani shu kasbga ixtisoslashgan professional ma’murlar hammadan a’lo 
darajada baja-radilar.

Download 3.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   184




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling